Mavzu: Yuzani nivelirlash Reja: Kirish I. Bob nivelirlash haqida 1 Nivelirlash nima
Download 0.6 Mb.
|
Yuzani nivelirlash kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyixaviy balandlik
- 1.3 Yuzani nivelirlash
Nivelirlarga oid ma`lumotlar
Loyixaviy balandlik belgilarni aniqlash Ko’pincha texnikaviy sharoitlar va inshoatning vazifasiga qarab, qabul qilingani loyixaviy balandlik belgi bo’yicha (yoki joy relefining o’rtacha balandlik belgisi bo’yicha yer ishlar xajmi, ya'ni qazish va tuproq solish ishlarining xajmi topiladi. Loyixaviy balandlik belgi sifatida, ko’pincha, yer sirti nuqtalarning o’rtacha balandlik belgisi qabul qilinadi va hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi: Loyixaviy balandlik belgini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanishi mumkin: Bunda: - ichki kvadrat burchak uchlari balandlik belgilarining yig’indisi; - chetki kvadratlardagi chetki burchak uchlari balandlik belgilarning yiqindisi - to’rt burchaklik uchlarining balandlik belgilari yiqindisi, - kvadratlar turidagi kvadratlar soni = 120 60+119,24-120,23+119,09=479,16 Shundayqilib: Ko’pincha, loyixaviy balandlik belgini aniqlash uchun har qaysi kvadrat uchlarning balandlik belgilari bo’yicha shu kvadratlarning o’rtacha balandlik belgisi topiladi va kvadrat o’rtasiga yoziladi. Keyin topilgan o’rtacha balandlik belgilarning o’rta arifmetik qiymati annqlanadi va bu balandlik belgi loyixaviy balandlik belgi deyiladi. Loyixa balandlik belgi aniqlangandan keyin ishchi balandlik belgilar aniqlanadi. 1.3 Yuzani nivelirlash Yer tekislash ishlari hajmi, ya‟ni qancha tuproq to„kilishi va kavlab olinishi maydonni nivelirlash natijasida aniqlanadi. Maydonni nivelirlash yer tekislash va qurish uchun ajratilgan relefi kuchsiz ifodalangan joylarning yirik miqiyosli topografik planini tuzishda qo„llaniladi. Ixtiyoriy maydon yuzasini nivelirlab, uni qo„ozda gorizontallar bilan tasvirlash yuzani nivelirlash deyiladi. Yerlarni an'anaviy usulda tekislash Eng ko'p ishlatiladigan yerni tekislash uskunasi - bu traktorga o'rnatilgan, baland joydan erning pastiga qarab tuproq yuzasini ko'chirib tekislashga moslashgan mexanizm. Bu texnika ishlatilgandan keyin yer juda tekis ko'rinishi mumkin, ammo uning topografik notekisligi su‟orishlar davrida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ushbu uslubning qo'llanilishi oqibatida hosil bo'ladigan notekis yuza ishlab chiqarish harajatlarini yanada oshiradi, chunki su‟orish suvidan foydalanish samaradorligi dalaning topografiyasiga bo„liq. Masalan, dala topografiyasining eng baland nuqtasi eng pastkiga nisbatan 10sm ga farq qiladi deylik. Bundadalaning eng baland nuqtasini yetarlicha namlantirish uchun 1 gektar maydonga qo'shimcha ravishda 1000 m suv etkazilishi lozim. Shu bilan birgalikda, dala notekisligi sababli fermerlar eng baland nuqtalarni su‟orish uchun me'yoridan ko'proq suv yetkazib berganlarida, dalaning past joylarida ortiqcha suv to'planish holatlari kuzatiladi. Bu esa O'zbekistonda ko'p uchraydigan jiddiy muammo xisoblanadi. Shuningdek, dalada suvning notekis taqsimlanishi natijasida, bitta maydon xududidagi tuproq turli darajadagi sho'rlanishga ega bo'ladi. An'anaviy yerni tekislashda tuproq asosan bir yo'nalishda ko'chiriladi, natijada vaqt o'tishi bilan yer yuzasi yanada notekis holatga keladi. Yuzasi notekis bo'lgan maydonlarda ekinlar durkun rivojlanmaydi, dalada begona o'tlar ko'payadi va hosil notekis yetilib pishadi - bularning barchasi hosildorlikni kamayishiga olib keladi. O'zbekistonda yerni tekislash ishlari juda keng miqyosda olib boriladi. Fermerlar erlarni tekislash texnikasini ishlatmasliklariga asosiy sabab-uskunaning yo'qligi, ortiqcha sarf-xarajatlar mavjudligi va shu bilan birgalikda malakali ishchi kuchi yetishmasligidadir. Shuning uchun hozirgi kunga kelib ko'pchilik fermer va dehqonlar, xatto bu salbiy oqibatlarga olib kelishini bilsalar ham, tekislash ishlari hajmini kamaytirdilar. Bugungi kunda su‟oriladigan maydonning 60 foizidan ko'proq qismi turli darajada sho'rlangan. Dala maydonlarida notekis suv taqsimoti va kuchli filtratsiya natijasida yer osti suvlarining sathi ko'tarilgan. Bunday degradatsiya jarayoni ekinlar hosildorligi pasayishining sabablaridan biridir. Yerlarni lazer niveliri yordamida tekislash. Yerlarni lazer niveliri yordamida tekislash deganda tupro„ni bir joydan ikkinchisiga ko'chirish emas, balki suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni tejash tushuniladi. Lazer nurlari yordamida boshqariladigan yerni tekislash uskunasi mukammal sinalgan va bu texnologiya suvni tejash, suv taqsimotini yaxshilash va su‟orish suvidan samarali foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Ushbu texnopogiyani to'plash natijasida ekinparning hosildorligi oshadi va qishloq xo'jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishi yanada ortadi. Yetarlicha mabla‟ajratilsa va fermerlar uchun o'quv mash‟ulotlari tashkil qilinsa, lazer tekislash texnologiyasi O'zbekistonning barcha hududlarida tadbir qilinishi mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling