Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Ta’lim sohasida internet texnologiyalari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1567770
1   2
Bog'liq
nPMldb2kKbybpCIV5u73yrZWX7sxMqG0atz7Y2dK

2-topshiriq. T-sxema bo‘yicha internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy 
tomonlarini yoriting.
Internet
Salbiy tomonlari 
Ijobiy tomonlari 
 
 
 
 
 
 
3-topshiriq. Darslik va jurnaldan yoqtirgan faningizga oid matnni tanlab, 
ixchamlashtiring. So‘ng matnni qisqa tarkibiy qismlarga ajrating va har biriga 
mos ravihda sarlavha toping. Iqtibos keltiring. 
4-topshiriq.
Kitob haqida qiziqarli faktlar 
— Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 
zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida 
bo‘lib chiqqan. 
— Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar. 
— Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan 
kishilar sotib oladilar. 


— Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi. 
— Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan 
marafon 224 soat kechgan. 
— Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») 
bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga 
keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 
34519 betdan iborat. 
— Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. 
Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr 
etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi. 
— Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid 
geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir. 
— Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar 
sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi. 
— Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi 
kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. 
— Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz 
anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi. 
— Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni 
yo‘qotadilar. 
— Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. 
Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi. 
— Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan 
ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 
1994-yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan. 
— Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya 
universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya 


parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib 
chiqish uchun 6 yil ketadi. 
— Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350 
yili yozilgan.Ushbu qo‘lyozma uni 1839 yili Fivadan topgan Yemil Priss sharafiga 
shunday nomlangan.Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U 
yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan. 
— Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» 
deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat.Uni 9 oy 
davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi 
savdo markazida saqlanadi. 
Matn yuzasidan topshiriqlar: 
1. Matnni o‘qing. Kalit so‘zlarni aniqlang. 
2. Matndagi sizni qiziqtirgan yangi ma’lumotlarni daftaringizga yozing. 
3. Matndagi ma’lumotlar yuzasidan munozara qiling. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling