Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Ta’lim sohasida internet texnologiyalari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqnPMldb2kKbybpCIV5u73yrZWX7sxMqG0atz7Y2dK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq. Kitob haqida qiziqarli faktlar
2-topshiriq. T-sxema bo‘yicha internetdan foydalanishning salbiy va ijobiy
tomonlarini yoriting. Internet Salbiy tomonlari Ijobiy tomonlari 3-topshiriq. Darslik va jurnaldan yoqtirgan faningizga oid matnni tanlab, ixchamlashtiring. So‘ng matnni qisqa tarkibiy qismlarga ajrating va har biriga mos ravihda sarlavha toping. Iqtibos keltiring. 4-topshiriq. Kitob haqida qiziqarli faktlar — Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan. — Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar. — Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar. — Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi. — Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan. — Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854 yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971 yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat. — Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi. — Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir. — Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi. — Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan. — Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi. — Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar. — Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt — 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi. — Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Maykrosoft» asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan. — Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972 yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi. — Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350 yili yozilgan.Ushbu qo‘lyozma uni 1839 yili Fivadan topgan Yemil Priss sharafiga shunday nomlangan.Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan. — Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — «Bu — Muhammad (s.a.v.)» deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat.Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi. Matn yuzasidan topshiriqlar: 1. Matnni o‘qing. Kalit so‘zlarni aniqlang. 2. Matndagi sizni qiziqtirgan yangi ma’lumotlarni daftaringizga yozing. 3. Matndagi ma’lumotlar yuzasidan munozara qiling. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling