Mavzu yuzasidan savollar
Download 21.05 Kb.
|
O`zbek folkloridan nazorat savollari
Mavzu yuzasidan savollar Folklorning sinkretik xususiyati haqida tushuncha bering. Folklorning og‘zakilik va jamoaviylik xususiyatlari haqida ma’lumot bering. Folklorda an’anaviylik deganda nimani tushunasiz? Anonimlik xususiyatiga xos belgilarni izohlang. Yagona syujetdagi asarning turli variantlarda yaratilishiga sabab nimada? Xalq og‘zaki ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati haqida so‘zlang. Folklorshunoslik fani nimani o‘rgatadi? Mahmud Qoshg‘ariyning folklorshunos sifatidagi faoliyati haqida tushuncha bering. XIX asrda folklorshunoslik sohasida qanday ishlar amalga oshirilgan. XX asrning 20-yillaridan boshlangan folklorshunoslik sohasidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot bering. H.Zarifovning o‘zbek folklorshunosligi asoschisi sifatidagi xizmatlari nimalardan iborat? O‘zbek xalq ertaklari tadqiqotchilari haqida ma’lumot bering. O‘zbek xalq dostonlari tadqiqotchilari haqida ma’lumot bering. Istiqlol davrida folklorshunoslik sohasida qanday muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Qadimda O‘rta Osiyo xalqlari yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? Qadimgi folklor namunalari bizni nimalardan xabardor qiladi? Animistik qarashlar haqida ma’lumot bering. Totemistik qarashlarni qanday izohlaysiz? Qadimgi miflar va mifologik obrazlar haqida ma’lumot bering. Miflarning g‘oyaviy asosini nimalar tashkil qiladi? Qahramonlik eposlari haqida ma’lumot bering. Bizgacha (to‘liq bo‘lmasa ham) yetib kelgan qahramonlik xarakteridagi afsona va rivoyatlarning ahamiyati nimada? Qadimgi qo‘shiqlar va ularga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Qadimgi davr folklorining ilmiy, ma’rifiy va ma’naviy ahamiyati haqida sizning fikringiz qanday? Folklor asarlari qanday tur va janrlarga bo‘linadi? Maxsus tur deganda qanday janrlar nazarda tutiladi? Folklor janrlaridagi g‘oyaviy-badiiy prinsiplar umumiyligi nimalardan iborat? Janrlarning o‘zaro munosabatlariga oid mushtaraklik deganda nimani tushunasiz? Janrlarning genetik aloqasi haqida tushuncha baring. Janrlar tarixiy taqdiridagi mushtaraklik haqida ma’lumot bering. O‘zbek xalq maqollarining asosiy mavzulari nimalardan iborat? Maqol xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi? Maqollarning g‘oyaviy-badiiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Ibratli fikrlarning maqolga aylanishi uchun qanday shartlar lozim? Xalq maqollarida qo‘llanadigan badiiy-tasviriy vositalar haqida ma’lumot bering. Maqollar xazinasini boyituvchi manbalar nimalardan iborat? Xalq maqollarining ma’rifiy-estetik ahamiyati haqida so‘zlang. O‘tmishda topishmoq janrining keng tarqalishiga sabab nimada deb o‘ylaysiz? Topishmoq va maqol o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘un va farqli jihatlarni izohlang. Topishmoqlarda variantlilik xususiyati bo‘ladimi? Nasriy va she’riy topishmoqlarga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat? Topishmoqlarning qanday ahamiyati bor? Duo va olqishlar nima sababdan paydo bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? Olqish va duoning bir-biridan farqi bormi? Olqishning qanday turlari bor? Qarg‘ishning o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat? Qarg‘ishning qanday turlari mavjud? Olqishlar ham, qarg‘ishlar ham hayotiy asosga ega ekanligini tushuntiring. Marosim deb nimaga aytiladi? Marosimlarning qanday turlari mavjud? Mavsumiy marosimlarga qanday marosimlar kiradi? Sizning qishlog‘ingizda mavsum bilan bog‘liq qanday marosimlar saqlanib qolgan? «Sust xotin» va «Choy momo» marosimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang. Oilaviy-maishiy marosimlarning qanday turlari bor? Siz yashaydigan hududda o‘tkaziladigan oilaviy-maishiy marosimlarning O‘ziga xosligi nimada? NavrO‘z bayrami bilan bog‘liq milliy an’analar haqida tushuncha bering. Bayram va hayitlarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati nimada? . «Devonu lug‘otit turk»dagi xalq qo‘shiqlarining o‘ziga xos jihatlari haqida qisqacha tushuncha bering. Xalq qo‘shiqlari haqida Alisher Navoiy fikrlaridan misollar keltiring. «Muxtasar» asarida xalq qo‘shiqlari haqida qanday fikr-mulohazalar bildirilgan? Mehnat qo‘shiqlarining qanday turlari mavjud? Mehnat qo‘shiqlariga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat? Xalq lirik qo‘shiqlari va yozma adabiyotdagi lirik she’rlar o‘rtasidagi mushtarak va farqli jihatlarni tushuntiring. Lirik qo‘shiqlar markazida turuvchi asosiy g‘oyalar nimalardan iborat? Lirik qo‘shiqlardagi parallelizm san’atiga misollar keltiring. Lirik qo‘shiqlarning badiiy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? Lirik qo‘shiqlarda qanday an’anaviy badiiy obrazlar mavjud? Tarixiy qo‘shiqlarga misollar keltiring. Termalarning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? Afsonalarga xos asosiy xususiyatlarni ayting. Afsonalarning turlari haqida tushuncha bering. «Nurli tosh tushgan joy» afsonasida qanday g‘oyalar ilgari surilgan? «Dev qal’a» afsonasining g‘oyaviy mazmunini so‘zlang. Rivoyat janriga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Tarixiy rivoyatlarga qanday rivoyatlar kiradi? Alisher Navoiy haqidagi rivoyatlarning g‘oyaviy mazmuni haqida gapiring. Afsona va rivoyatlar haqida tadqiqotlar yaratgan folklorshunos olimlar haqida ma’lumot bering. O‘zbek xalq ertaklarini to‘plash, nashr etish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlardan kimlarni bilasiz? Xalq ertaklarining asosiy xususiyatlari haqida tushuncha bering. Ertaklar qanday turlarga bo‘linadi? Hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Sehrli ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Maishiy ertaklarga qaysi ertaklar kiradi? Bu ertaklarda qanday g‘oyalar ilgari surilgan? Majoziy ertaklarning asosiy personajlari haqida gapiring. Ertaklardagi an’anaviy obrazlar haqida ma’lumot bering. Ertaklarning qanday ahamiyati bor? Xalq dostonlari folklorning boshqa janrlaridan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Xalq dostonlarining asosiy mavzusi nimalardan iborat? Baxshichilik san’ati haqida so‘zlang. Baxshilarning hammasiga ham shoir atamasini qo‘llash mumkinmi? Xalfachilik san’atiga xos xususiyatlar haqida tushuncha bering. Dostonchilik maktablari deganda nimani tushunasiz? Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi haqida ma’lumot bering. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li hayoti va ijodi haqida so‘zlang. Po‘lkan shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering. Narpay dostonchilik maktabiga xos xususiyatlar haqida so‘zlang. Xorazm dostonchilik maktabining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? O‘zbek xalq dostonlari qanday turlarga bo‘linadi? Qahramonlik dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalaridan iborat? Romanik dostonlarga qanday dostonlar kiradi? Tarixiy dostonlarning o‘ziga xos jihatlari nimada? «Alpomish» dostonining g‘oyaviy mazmunini tushuntiring. Dostonning olamshumul ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz? «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari qaysi xalqlar orasida tarqalgan? O‘zbek «Go‘ro‘g‘li»si ulardan nimasi bilan farq qiladi? «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlarida qanday g‘oyalar qo‘llangan? Dostonlarning ma’rifiy, axloqiy-estetik ahamiyati haqida gapiring. Mustaqillik yillarida nima uchun madaniy merosga bo‘lgan e’tibor kuchaydi? Latifalarga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat? Latifalarning shakllanishida boshqa janrlarning ta’siri bo‘lganmi? Afandi obraziga xos xususiyatlarni ayting. Latifalarda kulgi yaratish usullarini izohlang. Lof janriga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Mubolag‘a san’atining loflardagi o‘rniga baho bering. Lof va latifalarning mushtarak jihatlarini aniqlang. Xalq teatri deganda nimani tushunasiz? O‘tmishda xalq teatrining vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan? Qiziqchi va masxarabozlar repertuarida qanday asarlar bo‘lgan? Qo‘g‘irchoq teatri deganda nimani tushunasiz? Qо‘g‘irchoqbozlarning repertuarida qanday asarlar bo‘lgan? Download 21.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling