Mavzu yuzasidan


Download 172.61 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi172.61 Kb.
#1390778
  1   2   3
Bog'liq
Topshiriqlar akadeymik


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq.
Aloqa tarixi muzeyi

Har yilning 18- mayi Xalqaro muzeylar kuni sifatida dunyo miqyosida nishonlanishi muzeylarning hayotimizda o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati borligidan dalolatdir. Haqiqatdan ham, muzeylar o‘tmishni hozirgi kun va kelajak bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik sifatida muhim o‘rin tutadi. Muzeyga yig‘ilgan osori atiqalarni tomosha qilar ekan, har bir inson ajdodlarimiz qay tarzda hayot kechirganlari, taraqqiyot qay holatda rivojlanib borgani, bu yo‘lda kimlar o‘zining munosib hissasini qo‘shganligiga guvoh bo‘ladi.
Shuning uchun ham muzeylarga odamlar, ayniqsa, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg’usinikuchaytiruvchi vosita sifatida qaraladi va katta ahamiyat beriladi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlarida sohaga oid muzey tashkil etish fikrining paydo bo‘lishida ham ana shu maqsad mujassam edi.
Muzey qurilishi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tashabbusi bilan aloqa sohasi korxonalari hisobiga qurildi. Bir yil muddat ichida zamonaviy uch qavatli bino bunyod etildi, unda milliy axborot-
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlar va rivojlanish bosqichlari keng ekspozitsiyasi joylashtirildi.

Muzey kolleksiyasini to‘plashda o‘zi uchun qimmatli tarixiy buyumlarni

xolisona taqdim etib jamoatchilik ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Shunday qilib, Toshkent shahrida mamlakatimizda telekommunikatsiya

sohasi tashkil etilishi va rivojlanishi yo‘lini namoyish etuvchi, 400 dan ortiq turli eksponatlardan jamlangan Aloqa tarixi muzeyi o‘z faoliyatini boshladi.


Uch qavatli muzey turli ekspozitsiyalarga boy: misol uchun yuqorida tasvirlangan, bir necha yuz yillar davomida foydalanilgan pochta aravasi maketi birinchi qavatda joylashtirilgan. Maket
doimo o‘z ishining ustalari deb



hisoblangan tomonidan
tayyorlangan.
Qo‘qonlik haqiqiy
Bundan
hunarmandlar kattaligida
tashqari,


muzeyning shu qavatida mutaxassislar, olimlar, tashrif buyuruvchilar o‘rtasida
muloqot va norasmiy uchrashuvlar hamda munozaralar o‘tkazish joyi tashkil etilgan.

Download 172.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling