Komp`yuter va san`at
Komp`yuterning san`atga qanday aloqasi bor? Komp`yuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San`at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham komp`yuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda komp`yuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichiq royal yoki elektroorgan yordamida komp`yuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib ko’rishi ham mumkin.
Komp`yuterlar rassomlarga ham xo`b yoqib qolgan. Komp`yuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar komp`yuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televidenieni ham komp`yuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |