Mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishi Reja


Download 142 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi142 Kb.
#213062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu

Axborot tеxnologiyalari - axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari — bu, kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning (dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishiga asoslangan texnologiyalardir.

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo`jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin.

Axborot texnologiyalari, shu jumladan, komp`yuterlar keng qo`llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko’rib chiqamiz.
Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol` o`ynashi mumkin.

Masalan:


  • biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;

  • kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda;

  • kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o`tkazishda;

  • reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;

  • mijozlar haqidagi ma`lumotlar ro’yxatini tayyorlash, saqlash va u bilan ishlashda;

  • boshqa firmalar, potensial ta`minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda;

  • mijozlar va ta`minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda.

Bank sohasi


Bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega.



Masalan:

  • yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma`lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to`lash imkoniyatini yaratish;

  • mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish;

  • kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo`lga qo’yish va boshqalar.



Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling