Mavzu: Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlarning o'rni: moxiyati, klasifikatsiyasi, xususiyatlari Kirish
Download 236 Kb.
|
kkk6
Asosiy qism
Nazariy bilimlar qancha puxta va mustahkam bo`lsa, ularning amaliyot uchun tegadigan nafi ham shuncha yuqori bo`ladi. Bu narsa, ayniqsa, iqtisodiy bilimlarga taalluqlidir, desak mubolag`a bo`lmas. Iqtisodiy bilimlar odamlar uchun hamma zamonlarda ham muhim ahamiyat kasb etgan, chunki iqtisodiyot bilan har xil darajada bo`lsa-da, hamma shug`ullanadi. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak bilan ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu kun hodisalarini tushuntirish bilan cheklanmaydi. Uning muhim vazifasi kelajakni anglash, bashorat qilish va iqtisodiy taraqqiyotning eng maqbul va oqilona yo`llarini ishlab chiqishdir. 1.1-rasm. Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi Iqtisodiy bilimlar odamlarning iqtisodiy tafakkurini belgilab beradi. Iqtisodiy tafakkur shaxsning iqtisodiy voqelik va jarayonlarga munosabatini ifodalaydigan qarashlar, g`oya va tasavvurlar majmuidir. Hozirgi yoshlardan zamonaviy iqtisodiyot fani kategoriyalari bilan fikrlash va uning yutuqlarini amaliyotda samarali qo`llash talab qilinmoqda. Ular oqilona xo`jalik yuritish va o`z ishini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatining siru sinoatlarini o`rganishlari zarur. Davlatning iqtisodiy qudratini kuchaytirishda faol va ijodiy ravishda ishtirok etish ularning vatanparvarlik burchidir. Iqtisodiy tafakkur iqtisodiy bilimlarga asoslanadi, bu bilimlar esa o`z navbatida ishonchli bo`lishi, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda yuz berayotgan haqiqiy jarayonlarni aks ettirishi kerak. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, jamiyat a`zolarining turmush farovonligi va darajasi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy tafakkuriga bog`liq deb aytish mumkin. Zero, ularning xo`jalikni oqilona yurita olish qobiliyati va tejamkorlik xislatlari xo`jalik faoliyatining samaradorligini belgilab beradi. Jamiyat a`zolarining iqtisodiy savodxonligini shakllantirish va oshirish ularning doimo ortib boruvchi ehtiyojlarini qondirish zarurligidan kelib chiqadi. Iqtisodiy bilimlarni ko`proq va chuqurroq o`zlashtirgan va bu bilimlarga tayangan holda fikrlay oluvchi odamning mehnat va tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi hamisha yuqori bo`ladi. Bunday odamlarning jamiyat, millat taraqqiyotiga qo`shadigan hissasi ham hamisha yuqoridir. Hayot va iqtisodiyot bir-biri bilan shu darajada chambarchas bog`liqki, bu bog`liqlikni quyidagi fikrdan ham yaqqol ko`rish mumkin. Har bir insonning moddiy va ma`naviy jihatdan boyu badavlat turmush kechirishiga erishish har qanday jamiyatning ezgu orzu va maqsadidir. Biroq bu orzuning ro`yobga chiqishi uchun, avvalambor, moddiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish kerak. Shuning uchun moddiy ne`matlar ishlab chiqarishni eng oqilona va samarali yo`llarini amalga oshirish iqtisodiyot fanining, iqtisodchilarning, qolaversa, har bir insonning muqaddas vazifasidir. Lo`nda qilib aytganda, iqtisodiyot ilmini jamiyat a`zolarining yo`lini yorituvchi, ertangi kunni bugundan farovonroq qilishni ta`minlovchi fan sifatida talqin qilish mumkin. Download 236 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling