Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy


Boshqa kerakli faylni diskdan ekranga chaqirish


Download 180.23 Kb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi180.23 Kb.
#1538690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

Boshqa kerakli faylni diskdan ekranga chaqirish.


Bu ishni klaviatura rejimida: [Ctrl]+[O] (bu yerda O – lotin harfi) klavishlar birikmasi orqali, menyu rejimida: “Файл” menyusining “Открыть” bandini ochish orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkin. 10. Matn qismini qirqib olish va boshqa joyga qo‘yish.
Bu ishni klaviatura rejimida: [Shift]+[Del] klavishlar birikmasi orqali, menyu rejimida: “Правка” menyusining “Вырезать” bandi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkin. Faqat buning uchun avval matnning kerakli qismi ajratib olinishi kerak. Qirqib olingan matn bo‘lagini boshqa joyga qo‘yish uchun avval sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga o‘rnatiladi va klaviatura rejimida: [Shift]+[Insert] klavishlar birikmasi orqali, menyu rejimida: “Правка” menyusining “Вставить” bandi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. 11. Matn bo‘lagining nusxasini olish va boshqa joyga qo‘yish.
Bu ishni klaviatura rejimida: [Ctrl]+[Insert] klavishlar birikmasi orqali, menyu rejimida: “Правка” menyusining “Копировать” bandi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshirish mumkin. Faqat buning uchun avval matnning kerakli qismi ajratib olinishi kerak.
Nusxasi olingan matn bo‘lagini boshqa joyga qo‘yish uchun xuddi yuqoridagidek, avval sichqoncha ko‘rsatkichi kerakli joyga o‘rnatiladi va klaviatura rejimida: [Shift]+[Insert] klavishlar birikmasi orqali, menyu rejimida: “Правка” menyusining “Вставить” bandi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. 12. Matnni o‘ngga, chapga va o‘rtaga surish.
Matnni o‘ngga surish (yoki o‘ng tomonini tekislash) klaviatura rejimida: [Ctrl]+[R] klavishlar birikmasi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Faqat buning uchun avval matnning satrga nisbatan kerakli qismi ajratib olinishi kerak. Matnni chapga surish (yoki chap tomonini tekislash) klaviatura rejimida: [Ctrl]+[Q] klavishlar birikmasi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Faqat buning uchun avval matnning satrga nisbatan kerakli qismi ajratib olinishi kerak. Matnni o‘rtaga surish (yoki markazlashtirish deyish mumkin) klaviatura rejimida: [Ctrl]+[E] (bu yerda E lotin harfi) klavishlar birikmasi orqali, vositalar panelida: belgiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Faqat buning uchun avval matnning satr bo‘yicha kerakli qismi ajratib
olinishi kerak.

  1. Download 180.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling