Mavzu: zamonaviy matn muharrirlari. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana28.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1305232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 laboratoriya ishi

Topshiriqlar
1. Excel dasturini ishga tushirish.  
Asosiy menyu orqali [Пуск] [Программы] [Microsoft Excel] buyruqlar ketma ketligi 
amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat qilish ham 
mumkin. Natijada Excelning 1-rasmdagi ish stoli (ishchi oynasi) hosil bo‘ladi.
2. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish.  
Jadvalga asosan uch turdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli, sonli, va formula.
Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot 
kiritilishi kerak bo‘lsa, kursor o‘sha yacheykada turishi kerak.
Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo‘lmasa, qolgan barcha 
hollarda kiritilgan ma’lumotlar matnli deb tushuniladi. Masalan, Talabalar stipendiyasi 
qaydnomasi yoki a1+a2;
Sonlar. Agar kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma ketligidan iborat bo‘lsa, u holda 
bu sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan, 444; -4,8; 11,11 va hk.
Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblash ishlarini bajarishga 
ham to‘g‘ri kelib qoladi. Bu vaqtda formulalardan foydalaniladi. Excel yacheykasida boshqa 
ma’lumotlardan farqli o‘laroq, formulalarning yozilishi faqat “=” (tenglik) belgisi bilan 
boshlanadi. “=” belgisidan keyin arifmetik amal belgilari bilan o‘zaro bog‘langan ifodalar yoziladi. 
Masalan, agar D2 yacheykasida =B2+4*C2 formula yozilgan bo‘lsa, bu shuni bildiradiki, C2 
yacheykasidagi sonli qiymat 4 ga ko‘paytirilib, B2 yacheykadagi songa qo‘shiladi va natija D2 
yacheykaga yoziladi (2-rasm). Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari: “+”
(qo‘shish), “ ” (ayirish), “*” (ko‘paytirish), “/ ” (bo‘lish).


2-rasm. Jadvalda formuladan foydalanish.
  
3. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish.  
Ba’zan aniq bir shaklga asoslangan hujjatli ma’lumotni tayyorlash bilan bog‘liq amaliy ish 
jarayonida ustun eni va satr balandligini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu amalni menyudan 
foydalanib, quyidagicha bajarish mumkin: [Формат] [Столбец] [Ширина]. Hosil bo‘lgan 
kichik muloqot panelining yozuv maydoniga ustun kengligi uchun 0 dan 255 gacha bo‘lgan 
sonlarni kiritish mumkin. Bizning misolda bu 20 ga teng (3-rasm).
3-rasm. Ustun kengligini “Формат” menyusidan foydalanib o‘rnatish.
Ustun kengligini sichqoncha yordamida ham osongina o‘zgartirish mumkin. Masalan, A 
ustun kengligini kattalashtirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi A va B ustun boshqaruv tugmalari 
orasiga keltiriladi, ko‘rsatkich 
shaklga kelgach, sichqoncha chap tugmasini bosib, uni qo‘yib 
yubormasdan o‘ng tomonga siljitish kerak (4-rasm).
4-rasm.
Ustun kengligini o‘zgartirishning yana bir usuli kontekst menyu orqali. Masalan, B ustun 
kengligini o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi B ustun boshqaruv tugmasi ustiga keltirilib, 
o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Ширина столбца buyrug‘i tanlanadi 
(5-rasm).


5-rasm. Ustun kengligini kontekst menyudan foydalanib o‘rnatish.
Satr balandligini ham xuddi shu yuqorida ko‘rsatilgan uchta usuldan biri orqali o‘zgartirish 
mumkin.
4. Bir yacheykada yozilgan ma’lumotni boshqa yacheykalarga ham nusxalash.  
Vaqtni tejash va ishni osonlashtirish maqsadida bir xil ma’lumotni har bir yacheykada 
yozib o‘tirmasdan, bitta yacheykada yozib, qolganlariga nusxalab qo‘ya qolish ham mumkin. 
Buning uchun ma’lumot kiritilgan yacheykaning pastki o‘ng burchagi sichqoncha ko‘rsatkichi 
bilan ilintirilib, (sichqoncha chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormagan holda) belgilangan 
manzilgacha sirpantiriladi va qo‘yib yuboriladi.
Misol. C1 yacheykadan boshlab C2, …,C5 yacheykalarga mos ravishda 1,3,5,… kabi toq 
sonlarni yozish talab qilinsin.
Buning uchun dastlab C1ga 1 sonini kiritib, C2 da: “=C1+2” formulani yozamiz va bu formulani 
yuqoridagi usul bilan C5 ga qadar ko‘chiramiz (6-rasm).
6-rasm

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling