Mavzu: Zarar tushunchasi va korxonalarning bankrot bo’lish sabablari
Download 1.34 Mb.
|
Zarar tushunchasi va korxonalarning bankrot bo’lish sabablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankrotlik taomillarining turlari va tarkibi
- Lekin aslida ham shundaymi
- Bankrotlik alomatlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SBXA-92/21 Asadullayev Muxriddin MAVZU: Zarar tushunchasi va korxonalarning bankrot bo’lish sabablari.Reja: 1.Bankrotlik tamoyillarining turlari va tarkibi 2.Bankrotlik(iqtisodiy nochorlik) 3.Bankrotlik tamoyillariZarar (huquqda) — bir shaxsga ikkinchi bir shaxsning huquqbuzarligi tufayli yetkazilgan pul shaklidagi ziyon. 3. deganda, birinchidan, kreditorning sarfharajati, ikkinchidan, uning molmulkining yoʻqolishi yoki unga shikayet yetkazilishi va uchinchidan, qarzdor majburiyatnch lozim darajada bajarganida olishi mumkin boʻlgan daromad (olinmagan foyda) tushuniladi. 3. moddiy va maʼnaviy koʻrinishda boʻladi, Moddiy 3. — shaxsning molmulkiga, maʼnaviy 3. esa — shaxsga, uning hayoti va sogʻligʻiga, ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishdan iborat. Qonunchilikda Z.ni toʻla hajmda qoplash tamoyili amal qiladi. Odatda, qarzdorning aybi boʻlgan hollardagina 3. undiriladi. Konun ayrim turdagi majburiyatlar boʻyicha qarzdorning javobgarligini cheklashi mumkin Bankrotlik taomillarining turlari va tarkibiAvvalambor bankrotlik va uning taomillari haqida so‘z yuritishdan oldin bankrotlik va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha atamalar o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rib chiqish muhim. Iqtisodiy fanlarda iqtisodiy nochorlik, moliyaviy nobarqarorlik, to‘lovga noqodirlik, bankrotlik kabi so‘zlar bir xil mazmun beruvchi atamalar kabi ishlatilib kelinadi. Lekin aslida ham shundaymi? 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunini xuquqiy xujjat sifatida keltirish mumkin. Qonunning 3-moddasida bankrotlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan Bankrotlik(iqtisodiy nochorlik) – xo‘jalik subyektlari tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul munosabatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir. Butun dunyoda bankrotlik bo‘yicha ta’rif va tushuntirishlar, har qaysi davlatning mavjud xuquqiy me’yor va amliy xujjatlarida ham bankrotlik turli usullar yordamida ta’riflanagan bo‘lsada butun jahon olimlari tomonidan uni e’tirof etiladigan bitta mohiyati mavjud, u ham bo‘lsa: bankrotlik – bu korxona o‘z aktivlari yuzasidan majburiyatlarini kompensatsiya qila olmasligi natijasida uning to‘lov qobiliyatini pasayib ketishidir. Boshqa ta’riflarning barchasi mazkur tushunchaga asoslanadi. Bundan tashqari bankrotlik alomatlari deb nomlanadigan qonunning 4-moddasida ham bankrotlik alomatlari bo‘lishi uchn korxonani boshqa korxonalar bilan kreditorlik aloqadari qay tarzda bo‘lishi qonunan ifodalab berilgan. Unga ko‘ra: Bankrotlik alomatlari - Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuning sharhidan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik va bnkrotlik alomatlari korxona to‘lovga qodirlik darajasi bilangina emas, o‘z qarzdorligining muddati bilan aniqlanmoqda. Iqtisodiy nochorlik va moliyaviy nobarqarorlik tushunchalari esa bankrotlikdan tushunchasidan farqli ravishda korxona faoliyati tahlil(monitoring) qilinayotganda qo‘llaniladi. Unda hisob-kitob qilinayotgan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochorlik aniqlanadi. Masalan to‘lovga qodirlik darajasi normal bo‘lishi uchun 1.25 dan katta bo‘lishi kerak bo‘lsa, lekin natija 1.1 koeffitsientni tashkil qilsa, demak korxona aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochor deb yuritiladi va bu holat ham korxonanin ito‘liq iqtisodiy nochor deyilishiga sabab bo‘lmaydi. Bunday xulosaga kelish uchun korxona boshqa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha normal shartdan past natijani ko‘rsatishi kerak. Agar ma’lum ko‘rsatkichlar pastroq qolganlari normal shartdan balandroq natijani bersa, u holda korxonani tarmoq xususiyati, shartlari va o‘ganilayotgan holatning premeti va obyektiga qarab, bundan tashqari koeffitsientni ko‘rsatkichlar tizimida tutgan o‘rniga qarab nochor yoki barqaror degan xulosa berish mumkin. Iqtisodiy inqiroz tushunchasi esa yuqoridagi barcha tushunchalardan farq qilib faqatgina korxonagan iqtisodiy jihatdan tahdid mavjudligini ko‘rsatib berish bilan kifoyalanadi. Chunki, iqtisodiy inqiroz degani bankrot degani emas, faqatgina shuni ehtimolini mavjudligidan dalolat beradi xolos. Iqtisodiy nochorlik ko‘rsatkichlarni normal shartni qanoatlantirishga qarab topilsa, aynan ishu tahlilni xulosasi iqtisodiy inqiroz tahdidi mavjudiligini ko‘rsatib beradi. Yuqoridagi tushunchalarni izohidan shuni aniqlash mumkinki, bankrotlik “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuninng 4-moddasi asosida aniqlansa, iqtisodiy nochorlik biznes diagnostikasi yordamida aniqlanadi va har qanday nochor korxona ham bankrot bo‘lavermaydi. Iqtisodiy inqiroz esa tahdid hisoblanib diagnostikaning xulosasi asosida belgilanadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling