Mavzu: Zargarlik sanoatini rivojlantirishining asosiy istiqbollari


Download 6.36 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi6.36 Kb.
#1377823

Mavzu: Zargarlik sanoatini rivojlantirishining asosiy istiqbollari

20.115 guruh talabasi

Umarova Dilnavoz


Reja:
1. Zargarlik sanoati va uning O`zbekistondagi o`rni.
2. Yurtimizda zargarlik sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar.
3. Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida Prezident qarori.
Zargarlik sanoati - yuksak badiiy ishlov berish yoʻli bilan nodir metallar va qimmatbaho toshlardan, shuningdek, boshqa metallardan buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar (platina, oltin, kumush va boshqalar), ularning qotishmalari, qimmatbaqo va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, aqiq, zumrad, yoqut), tabiiy toshlar, plastmassa, suyak, emal, shisha va boshqalar ishlatiladi.
Oʻzbekistonda Zargarlik sanoati korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi huzuridagi "Fonon" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida. Ularning yiriklari: "1-Toshkent zargarlik korxonasi", "2-sonli zargarlik zavodi", "Hyp" davlat badiiy zargarlik markazi, "3-sonli zargarlik zavodi", "Kumush" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi, "EyshnReyz" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi (Toshkent sh.), Shaxrisabz zargarlik korxonasi (Shahrisabz sh.), Burchmulla zargarlik zdi (Burchmulla qishlogʻi). 1992-yilda ishga tushgan Zarafshon shahridagi Navoiy zargarlik zdi (avvalgi "Zarispark" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi) respublikadagi yetakchi zargarlik korxonasi hisoblanadi
Bu korxonalar 585 va 750 asillik darajali (probali) tilla qotishmasi, 925 asillik darajali kumush qotishmasidan turli xildagi zargarlik buyumlari (sirgʻa, uzuk, zargarlik zanjirlari, sovgʻabop mahsulotlar, kumushdan yasalgan oshxona anjomlari, yuqori badiiy sifatga ega boʻlgan zargarlik buyumlari, yakka buyurtmalar, yangi zargarlik buyumlarining modellari)ni ishlab chiqaradi. Shaxrisabz va Burchmulla zargarlik korxonalarida zargarlik buyumlarini i.ch. bilan birga qimmatbaho va qimmatbaho boʻlmagan toshlarga qirrali ishlov beriladi. "Fonon" IIB ilmiy-texnika labolatoriyalarida zargarlik sohasida ishlatiladigan turli rangdagi sunʼiy kristallar oʻstiriladi.
Zargarlik sanoati korxonalari bilan bir qatorda Respublikada buyurtmachining ashyosidan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi zargarlik ustaxonalari va yakka tartibda ishlovchi zargarlar ham faoliyat koʻrsatmoqda). Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan Zargarlik sanoati mahsulotlari sifati va asillik darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-fevraldagi farmoni bilan tashkil qilingan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nazorat qiladi. 2001-yil 7-dekabrda "Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1999-yilning 4-iyunida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Asillik darajasi palatalarining Yevropa uyushmasiga toʻla huquqli aʼzo boʻldi.
Jahon bozorida oltinning 50 foizidan ortig‘i, yaʼni 2200 tonnadan ziyodi hamda kumushning 20 foizidan ko‘prog‘i, yaʼni 6500 tonnadan ortig‘i zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga ishlatiladi. Dunyoning zargarlik sanoati rivojlangan mamlakatlari qatoriga Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Qayd etib o‘tilsinki, ushbu yilda respublikada qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar natijasida mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi va muayyan tartib joriy etildi, zargarlik buyumlarini sotishda chakana savdo tarmog‘i hamda ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi.
Xulosa:
Zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatdoshligini ta’minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish muhim bo’lmoqda.
 
Foydalanilgan internet saytlar: 
1. uz.wikipedia.org/wiki/Zargarlik_sanoati
2. mineconomy.uz/uz/info/2708
3. lex.uz/docs/-3411027
4.https://fayllar.org/mavzu-zargarlik-sanoatini-rivojlantirishining-asosiy-istiqboll.html
Download 6.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling