Zig’ir tolali gazlamadan ayollar sport uslubidagi jaketiga model tanlash va asoslash
1-rasm.Ayollar jaketi uchun tanlangan 1-model.Asosoy model
Ishlab chiqilgan eskiz modellar o‘rta yoshli ayollarning sport va dam olish uchun mo‘ljallangan mavsumiy kiyimlar to‘plamidan iborat. Eskiz model na’munalarini tikish uchun trikotaj matolari tavsiya etiladi.
1-model. Tanlangan va tavsiya etilayotgan ushbu model jaketining old bo‘lagi uchta detaldan iborat bo‘lib: old bo‘lak lif qismi, etak va yon detallardan iborat. Ort bo‘lagi ikki qismdan iborat bo‘lib: ort o‘rta va yon detallaridan iborat. Yengi bir chokdan iborat bo‘lib, uzun o‘tqazma. Ort bo‘lak o‘rta va old bo‘lak lif detallari siyohrang matodan, old bo‘lak etak, ort va ort bo‘laklar yon detallari, o‘tqazma yengi o‘xshash to‘qimali siyohrang matodan loyihalanadi.
2-rasm.Ayollar jaketi uchun tanlangan 2-model.
2- model. Murakkab bichimli bo‘lib, old bo’lagi ikki detaldan iborat. Ort bo’lagi ham bitta detaldan iboat bo’lib tikilgan. Kostyum yengi o’tkazma yengdan iborat. Gazlama rangi kulrangdan foydalanilgan. Old bo’lagida molniya tasmasidan foydalanilgan. Yeng va etak past qirqimlarida rezinaviy monjetdan foydalanilgan. Kostyum gazlamasi zig’ir tolali matodan bo’lib insonni erkin harakat qilishi uchun mo’ljallangan. Kostyum kopishonli bo’lib, yomg’irli kunlarda boshga kiyib olish uchun mo’ljallangan. Kopishon old bo’lagida bezak uchun rezina og’ichidan foydalangan.Trikosi tanaga yopishib turadigan bichimli bo‘lib, asosiy old va ort bo‘laklarini kulrangli, old bo‘lak qiyama cho‘ntagi og‘zini qora mag‘izli va cho‘ntak ko‘rinmasini zangori rangli matolardan loyihalanadi.
3-rasm.Ayollar jaketi uchun tanlangan 3-model
3-model. Tanlangan va tavsiya etilayotgan ushbu model kostyumining old bo‘lagi ikkita detaldan iborat. Ort bo’lagi bitta detaldan iborat.Kostyumni oldi bo’lagida listochkali qirqma cho’ntakdan iborat. O’tkazma yengli 2 ta detaldan iborat.Asosiy gazlama sifatida trikotaj matpsidan faydalanilgan. Olt bo’lak molniya tasmasidan foydalanilgan. Ayollar sport kostyumi ort detali qo’shimcha gazlamadan foydalanib kapyushonkasi biriktirib tikilgan. Kostyumni etak va yeng uchi qismlarida monjetdan fodalanilgan. Barcha ichki kochlari biriktrib tikilgan va mustaxkamligi oshirish maqsadidayo’malash mashinasidan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |