SLAYDLARNI UCHIRIB TASHLASH.
SHABLON PREZENTATSII bo’limidagi DIZAYN PREZENTATSIY ustunida joylashgan prezentasiya shablonlarini tanlab ularni ishga tushirsak ekranda bitta slayddan iborat bo’lgan prezentasiya hosil bo’ladi. Ushbu prezentasiyadagi slaydga kiritiladigan ma’lumotlarimiz sig’masa kushimcha slayd o’rnatish kerak bo’ladi. Prezentasiyaga yangi kushimcha slayd o’rnatish menyu satridagi Vstavka ustunida joylashgan SOZDAT SLAYD buyrug’i yordamida amalga oshiriladi
YaNGI SLAYD O’RNATISH
YaRATILGAN SLAYDNI NUS’HALASH
18.4.1.rasm
Ba’zi holatlarda prezentasiyadagi slaydni nus’halash zarur bo’lib qolsa kerakli slayd belgilab olinadi va VSTAVKA ustunida joylashgan DUBLIROVAT SLAYD buyrug’i yordamida nus’ha olinib slayd yoniga o’rnatiladi. Ushbu buyruklarni bajarish yukoridagi rasmda keltirilgan.
Yaratilgan taqdimotda belgilab olingan keraksiz slayd olib tashlash menyu satrining Pravka ustunida joylashgan Udalit slayd buyrug’i yordamida amalga oshiriladi.
Ekranga o’rnatilgan slaydni ko’rinish maketini o’zgartirish uchun menyu satri FORMAT ustunida joylashgan RAZMETKA SLAYDA bo’limi yordamida amalga oshiriladi. RAZMETKA SLAYDA bo’limi ishga tushgan holati quyida rasmda keltirilgan.
O’rnatilgan prezentasiya shablonini o’zgartirish uchun menyu satri FORMAT ustunida joylashgan PRIMENIT OFORMLENIE bo’limi orkali amalga oshiriladi
Ushbu bo’lim yordamida kerakli shablonni tanlab prezentasiya shablonini o’zgartirish mumkin.
Prezentasiya foni yoki prezentasiyaga o’rnatilgan slayd fonini o’zgartirish uchun Format ustunida joylashgan Primenit oformlenie (prezentasiya shablonini o’zgartiradi), Fon, Svetovaya sxema slayda (slayd yoki bo’tun prezentasiya fonini o’zgartiradi.) bo’limlari yordamida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |