Mavzuga doir takrorlash testlari. Umar Rasulov


Download 28.63 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi28.63 Kb.
#1748317
Bog'liq
5-dars. Test 1


Mavzuga doir takrorlash testlari. Umar Rasulov



TEST 1


Tennis koptokchasi 180 cm balandlikdan yerga tushdi va yerdan qaytib koʻtarilayotganida,
5 dm balandlikda tutib olindi. Koptokchaning koʻchishini toping.
A) 175cm B) 150 cm C) 130 cm D) 12 dm


Harakat tezligi 19 cm/s boʻlgan lentali transportyordagi yuk lentada 57 m surilguncha qancha vaqt oʻtadi (min)?
A) 8 B) 7 C) 9 D) 5


270 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezd 3 daqiqada qancha masofani bosib oʻtadi (km)? A) 5,4 B) 9 C) 27 D) 13,5


Reaktiv samolyot 20 s davomida tezligini 360 dan 900 km/soat gacha oshirdi. U qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlangan?
A) 5 B) 7,5 C) 10 D) 15


Jism tinchlik holatidan tekis tezlanuvchan harakatlanib, uchinchi sekundda 15 m yoʻl oʻtdi. U toʻrtinchi sekundda qanday yoʻl (m) oʻtadi? A) 18 B) 21 C) 24 D) 30


Ikkita samolyot bir-biriga tomon 900 km/h va 300 m/s tezlik bilan uchmoqda. Ularning bir-biriga nisbatan tezligi qanday (m/s)?
A) 550 B) 50 C) 600 D) 200


Qayiq daryo oqimi boʻylab 3 m/s tezlik bilan, oqimga qarshi esa 2 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Daryoning oqish tezligi qanday (m/s). A) 0,25 B) 0,5 C) 1 D) 1,5


Moddiy nuqta aylana boʻylab 12 m/s chiziqli tezlik va 20 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanmoqda. U harakatlanayotgan aylananing radiusi qanday (m)?
A) 0,2 B) 0,6 C) 1 D) 1,2


Qaysi javobda vektor kattalik berilmagan?
A) koʻchish B) tezlik C) tezlanish D) yoʻl


Velosipedchi doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi va 2 s davomida tezligini 10 m/s ga yetkazib, 16 m yoʻl oʻtdi. ni aniqlang (m/s).
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8


Jism 5 m/s tezlik va 10 m/s2 markazga intilma tezlanish bilan aylana boʻylab tekis harakatlanyapti. Bu aylananing radiusi qanday(m)? A) 2,5 B) 2 C) 1,5 D) 1




Ikki parallel temir yoʻldan uzunligi 80 m, tezligi 15 m/s boʻlgan yuk poyezdi va uzunligi 0,14 km, tezligi 25 m/s boʻlgan passajir poezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Passajir poezdi yuk poezdini qancha vaqtda (s) quvib oʻtadi?
A) 10 B) 12,5 C) 15 D) 22


Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 2 minutda 480 m yoʻl oʻtib, tezligini 3 marta oshirdi. Jismning shu yoʻl oxiridagi tezligini toping (m/s). A) 4 B) 6 C) 12 D) 240


216 km/soat + 40 m/s = ? (m/s)
A) 80 B) 90 C) 100 D) 120


Jism radiusi 1 m boʻlgan aylana boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanish davrining yarmida jism oʻtgan yoʻlni va koʻchishini toping (m).
A) 6,28; 0 B) 3,14; 0 C) 6,28; 2 D) 3,14; 2


Quyidagi hollarning qaysilarida jismlarni moddiy nuqta deb hisoblab boʻlmaydi?
1) Yer quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilyapti. 2) Poyezd koʻprik ustidan oʻtmoqda.
3) Tokar stanogida detal yasalmoqda.
4) Toshkent – Moskva reysi boʻyicha samolyot uchmoqda. 5) Yer oʻz oʻqi atrofida aylanyapti
A) 1,5 B) 1,4 C) 2,3 D) 2,3,5


Jism 3 m radiusli aylana boʻylab harakatlan-moqda. Agar jism aylanani yarmini bosib oʻtsa, uning koʻchishini toping (m).
A) 2 B) 3 C) 4 D) 6


Vertolyot 12 m/s tezlik bilan shimol tomon uchmoqda. Gʻarb tomondan 18 km/h tezlik bilan shamol essa, vertolyot qanday (m/s) tezlik bilan uchadi?
A) 17 B) 13 C) 24 D) 20


Jismning 7 sekundlik harakati davomida tezligini 2 m/s dan 8 m/s gacha oshirsa, uning bosib oʻtgan yoʻlini toping (m).
A) 60 B) 70 C) 50 D) 35


Moddiy nuqtaning aylanish chastotasi 8 Hz boʻlsa, 4 marta toʻliq aylanshiga qancha vaqt ketadi (s)? A) 0,5 B) 2 C) 4 D) 1




Download 28.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling