Mavzuga oid topshiriqlar (1) 1-topshiriq


Download 27.81 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi27.81 Kb.
#143240
Bog'liq
Mavzu bo'yicha topshiriqlar (1) Yoqubjonov.D



Mavzuga oid topshiriqlar (1)

1-topshiriq.

Agar til bo’lmay,har bir kishining tirikligi uning o’z tajribasiga asoslangan bo’lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy , ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo’lar edi. Til –millat ruhi. U sabab millat yuksaladi inson onggi shakllanadi.Insonlar o’rtasidagi munosabatda ham turli ehtiyojlarni ifodalashda ham tilning ahamiyati kattadir. masalan do’st bo’lishda ,munosabat o’rnatishda ham yoki turli korxona, firmalarda yuridik ishlarni olib borish, chet ellik hamkorlar bilan ishlashda ham til juda zarurdir.Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki , til til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo’lgan bilim ommalashib ,uning ko’pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi.inson o’z tilini mukammal o’rganar ekan, o’z tarixiga bo’lgan qiziqish yanada ortadi. Ajdodlari qoldirgan qo’lyozmalardan foydalanish uchun ham uni o’rganishda ham u o’sha tilni bilishi unga foyda beradi.Til tufayli hattoki ko’z bilan ko’rib bo’lmas qo’l bilan ushlab bo’lmas narsalarni ham ifodalashimiz munkun. Ya’ni qalbimizdagi tuyg’ular, ongimizdagi o’ylarimiz ,qarashlarimiz bunga misoldir.

2-topshiriq

Til ijtimoiy hodisadir .uning jamiyatdagi o’rni juda beqiyos. Til jamiyatning aloqa- aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy bog’liq . Chunki jamiyatda ro’y bergan har bir o’zgarish shu jamiyatning tilida o’zining ma’lum izini qoldiradi. Til ijtimoiy xarakterga ega ,chunki u jamiyat taraqqiyoti,mehnatfaoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda,odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy quroldir.Tilning taqdiri,uning yashashi,rivojlanishifaqat shu tilde gaplashuvchi jamiyatga bog’liq.

3-topshiriq

1Nechunki har bir insonning jonidan aziz narsa din va millatidir. Ul din va millatning muhofazati ham har afrod insonga vojibdur. Oni (millatni) muhofazati ona tilining muhofazati bilan bo‘lur. Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, u muqaddas dinini va millatini ham yo‘qotur (Ashurali Zohiriy). 2. Har bir millatning dunѐda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiѐtidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur (Abdulla Avloniy). 3. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinai bebaho (Mirtemir). 4.Til millatning birinchi haqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa, demak, millat o‘zini o‘zi o‘ksitib kelgandir (I.G’ofurov). 5. O’z vataningga bo‘lgan chinakam muhabbatingni o‘z tilingga bo‘lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas.
Har bir inson uchun eng aziz bo’lgan narsa uning dini va millatidir. O’z millati va dinini himoya qilish har bir insonning burchidir.Millat muhofazasi til muhofazasi bilan bo’ladi .Agar millat o’z tilini yo’qotsa demak u o’z muqaddas dini va millatini ham yo’qotibdi .Har bir millat ona tili va adabiyoti bilan dunyoda o’z o’rnini topadi. Millat o’z tilini yo’qotar ekan, bu millat ruhini ham yo’qolishiga olib keladi. Til ajdodlardan avlodlarga o’tuvchi bebaxo xazinadir. Millatning o’z ona tiliga bolgan muhabbat bilan namoyon boladi.

1.Til va madaniyat tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlik nimadan iborat?


Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydii.
2.”Til robitai vositai olamiyondur” (Avaz O’tar) jumlasini izohlang?
Til inson va olamni bog’lab turuvchi vosita, ko’prikdir. Insonlar o’z ehtiyojlari va qiziqishlarini butun borliq bilan bog’liq bo’lgan barcha amallarni til orqali amalga oshirishadi . masalan kichik bolalarga tarbiya berishda ham til muhim rol oynaydi salom berishu minnatdorchilik bildirishni orgatish ham ularni olam bilan tanishtirishda ham va yana tadbirkorlar ortasidagi hamkorlikda ham tilni o’rni beqiyosligini Avaz O’tar mana shu jumlasida ifodalagan.
3.bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi?
Bilim olishda tilning ahamiyati kattadir. Masalan agar siz tarixni organmoqchi bolsangiz ham turkiy qadimiy tilni bilsangiz qadimiy qolyozmalardan foydalanib bilimingizni yanada oshirishingiz munkun. Turli hil chet tillarini organib esa dunyo kezishingiz yo chet ellarda taqsil olib kelib oz yurtingizni gullab yashnatishingiz munkun.
4. Fikrlash bilan so’zlash o’rtasidagi bog’liqlik va farqni tushuntiring?
Fikrlash inson tafakkuri mahsuli . inson o’z fikrlari qarashlarini so’zlash orqali ifodalab beradi boshqa insonlarni ehtiyo

Jlarini anglashda ham sozlar muhim rol oynaydi. Donolarimiz aytgandek avval oyla keyin so’yla.So’zlashda inson hayolidagi qalbidagi barcha hislarini sozlar orqali ifodalashi munkun , ammo uni tushunish uchun esa fikrlash zarurdiir.




Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling