Mavzu;Injenerlik inshootlari loyhasi geofizik ishlar
Download 290.88 Kb.
|
Injenerlik inshootlari loyhasi .geofizik ishlar
Binolar va inshootlar davlat kadastrida malumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo`yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo`lishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va to`xtatilishi) to`g`risidagi, shuningdek obektni tavsiflovchi boshqa malumotlar qayd еtiladi. Maxfiylik rejimiga еga bo`lgan binolar va inshootlar to`g`risidagi malumotlar maxsus kadastr daftarida qayd еtiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur obektlarni ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha malumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi. 17. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xo`jalik va arxitektura, qurilish maqomi to`g`risidagi malumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi. Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo`lish asoslari va muddatlari, ularning to`xtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to`g`risidagi malumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to`g`risidagi malumotlar hisoblanadi.
Download 290.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling