Xulosa - Xulosa
- Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa malumotlar binolar va inshootlar xo`jalik maqomining asosini tashkil еtadi. Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), еgallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to`g`risidagi va boshqa texnik malumotlar binolar va inshootlarning arxitektura- qurilish maqomi hisoblanadi. 18. Kadastr malumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi boshqa malumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi. 19. Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo`yiladi. 20. Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki to`ldirishga yo`l qo`yilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan malumotlarni o`zgartirish yoki to`ldirish zaruriyati paydo bo`lsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va obekt to`g`risidagi yangi malumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to`ldiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |