Mavzular matni
Qon oqishini vaqtincha to‘xtatish usullari
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq-qo‘lni bo‘g‘imidan bukish
- Jarohatni tarang tamponlash.
- Tomir bo‘ylab bosib turish.
Qon oqishini vaqtincha to‘xtatish usullari. Qon oqishini vaqtincha to'xtatishning bir qancha usullari mavjud.
Bosib turuvchi bog‘lam. Qo'l-oyoqni bosib turuvchi bog'lami, vena va kichikroq arteriyalardan qon oqishini vaqtincha to'xtatishda samarali vosita hisoblanadi. Bunda jarohatga steril doka bir necha qavat qilib qo'yiladi va ustiga yana steril doka qatlami qo'yilib, uning ustidan mahkam o'rab bintlanadi yoki jgut qo'yiladi . Oyoq-qo‘lni bo‘g‘imidan bukish. Taqim,chov, son, yelka arteriyasi, chov bo'g'imidagi son arteriyalari jarohatlanganda yuz beradigan qon oqishini ba’zan oyoq-qo'lni maksimal bukish yoki bog'lab tortib qo'yish yo'li bilan to'xtatish mumkin. Jarohatda tomirni bosib turish. Qo'lga steril qo'lqop kiyiladi va u spirt, yod bilan artiladi. Ko'rsatkich barmoq jarohatga kiritilib, sizib chiqayotgan qon tomiri bosilib qon ketishi to'xtatiladi. Jarohatni tarang tamponlash. Buning uchun tampon olinib, uni kornsang bilan jarohatni birin-ketin va tarang qilib to'ldirish orqali qon to'xtatiladi. Odatda, bu usul burun shikastlanganda qo'llaniladi. Qonab turgan tomirga qisqich qo‘yish. Oyoq-qo'l, chanoq, qorin bo'shlig'ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni to'xtatish imkoni bo'lmaganda qo'llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib qonayotgan qon tomiri qisilib qon to'xtatiladi. Qo‘l va oyoqni bukish orqali qon ketishini to'xtatish. Tomir bo‘ylab bosib turish. Bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni to‘xtatishga tomirni o‘sha tomir yaqinida joylashgan nuqtalar orqali suyakka bosish yo‘li bilan amalga oshiriladi a) o‘mrovosti arteriyasini o'mrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi birinchi qovurg'aga, imo-ishora mushagi to‘sh suyagi dastasiga yopishish joyi tashqarisidan bosiladi; b) uyqu arteriyasini barmoq bilan 6- bo'yin umurtqasining ko‘ndalang o'simtasiga (bu imo-ishora muskuli ichki tomoni uzunligining o‘rta nuqtasiga mos keladi) bosish mumkin; d) son arteriyasini pupart boylamidan pastroqda qov suyagining gorizontal tarmog‘iga bosiladi; e) taqim arteriyasi yarim bukilgan tizza bo‘g‘imi chuqurchasidan bosiladi; pastki jag‘ arteriyasini jag' suyagiga; g) chakka arteriyasini chakka suyagiga; h) bilak arteriyasini yelka suyagiga; i) yelka arteriyasini qo'ltiq ostini bosib turish bilan qon ketish vaqtinchalik to'xtatiladi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling