Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet42/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Nazorat uchun savollar:

1.Xirurgik infeksiya haqida nima bilasiz?.


2.Mahalliy yiringli xirurgik infeksiya kasalliklariga qaysi kasalliklar kiradi?.
3.Umumiy yiringli infeksiya,sepsis klinikasini ayting?
4.O‘tkir anaerob infeksiya: qoqshol, gazli gangrena. etiologiyasi, klinikasi, umumiy va mahalliy davolash,bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari, profilaktikasi qanday olib boriladi?
Tema: Tayanch-harakat apparatining xirurgik kasalliklarida
hamshiralik ishi
Reja:
1.Tayanch-harakat apparatining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
2. Shikastlar haqida tushuncha. Shikastlar tasnifi.Tekshirish va davolash usullari.
3.Yumshoq to‘qima shikastlari. Lat yeyishi, paylar cho‘zilishi, uzilishi.
4.Suyaklar sinishi. Suyaklar chiqishi.
5.Umurtqa, tos suyaklari shikastlari. Klinik belgilari, birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash va parvarishlash xususiyatlari.


Mazmuni:

Teri yoki shilliq pardalarning butunligining buzilishi jarohatlar deyiladi. Belgilari: og’riq, Qon oqishi va jarohatlangan to’qima tortilishi, uning chetlarini qochishi. Og’riqning kuchi: a) jaroqatning joylashgan o’rniga, b) jaroqatlagan asbobning turiga, v) to’qimalarni shikastlanishining tezligiga, g) jabrlanuvchini shahsiy hususiyatlari va ruhiy qolatiga boqliq.


Jaroqatlangan to’qima chetlarini qochishi, tortilishi, Ushbu to’qimaning qisqarishiga, undagi cho’ziluvchan-elastik tolalarga boqliq. Jaroqatlanish natijasida elastik tolalar ko’ndalangiga kesilgan bo’lsa, chetlari qochishi shuncha kattaroq bo’ladi va shuncha mikroblar tushishi bilan boqliq asorat ko’p bo’ladi.
Qon ketishi jaroqatning turiga, katta-kichikligiga, to’qimaning Qon bilan ta'minlangani, Qon bosimi va b. ga boqliq. Ko’p Qon yo’qotish o’tkir kamqonlik, karahtlik va b.ga sabab bo’ladi.
Jarohatning kelib chiqish sababiga ko’ra: beixtiyor va qasddan qilingan; infektsiyalanganiga ko’ra: aseptik, mikroblar bilan ifloslangan va infektsiyalangan bo’ladi.
Jaroqatlagan buyumning harakteriga ko’ra:
Kesilgan jarohat-o’tkir asboblar(skalpel,pichoq,lezviya) keltirib chiqaradi va jrohat chetlari tekis bo’lib ko’p Qon ketadi.
Yulingan jarohat-teri va teri osti to’qmasi ko’chadi va chetlari noto’qri, Qon oqishi kuproq.
Chopilgan- o’tkir va ogir asboblar bolta, tesha, kilich) yordamida hosil qilinadi va chuqurroqda joylashgan to’qimalar zararlanib, ko’ndalan chopilsa jarohatlangan to’qmaning tortilishi kuchayadi.
Lat egan- o’tmas, qattiq buyumlar (tosh, temir, yoqoch) yordamida yuzaga keladi va yumshoq to’qimalarning ezilishi kuchli va Qon oqishi kam bo’ladi.
Sanchilgan - o’tkir uchli asboblar nayza bigiz, mih) ta'sirida kelib chiqadi va jarohat juda chuqur bo’ladi.
Tishlangan–ko’pincha hayvonlar ta'sirida kelib chiqadi va mikroblar bilan zararlangan bo’ladi (asoratida quturishga olib kelishi mumkin).
Zaharlangan – ilon, chayon kabi zaharli hayvonlar chaqkanida va kimyoviy moddalar ta'sirida kelib chiqadi.
O’q tekkan –miltiq,to’pponcha kabi qurollar ta'sirida yuzaga keladi va tanani teshib o’tishi yoki o’tmasligi mumkin.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling