Mavzularni o‘qitishda innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Download 28.04 Kb.
|
Abdumalikova I 1-22 Jakbarov A
MAVZULARNI O‘QITISHDA INNAVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.Abdumalikova Irodaxon Davronbek qizi -1-22 guruh o‘quvchisi Ilmiy rahbar: Jakbarov Abduqodir Abdug‘opporovich – Farg‘ona soliq texnikumi o‘qituvchisi Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo‘lgan, yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etib borilmoqda. Istiqlol bizlarga juda katta ne’mat ato etdi, deya baralla ayta olamiz. Bu borada yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar buning yaqqol misolidir. Shu bois, yoshlarni ta’lim olishlari uchun ta’lim sifatini oshirishga bo‘lgan mas’uliyatni shakllantirish biz kabi pedagoglarning asosiy vazifasidir. Bugungi kunda o‘qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko‘nikmani shakllan-tirish bilan chegaralanmasdan, o‘quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o‘rgatishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi (muxandis-pedagog) turli zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. O‘qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo‘ladi: dars mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari; bayon etiladigan o‘quv materialining tavsifi; talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi; o‘quv jarayonining mazkur bosqichida o‘rganilayotgan fan metodlari; o‘quv muassasasida o‘qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta’minlanganligi; o‘qituvchining pedagogik maxorati, uning darsga tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi, dars berishning zamonaviy metod va texnologiya-larini bilishi. Metod tanlash nafaqat o‘quv maqsadidan, balki o‘quv materiali mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari metodlarni tanlash o‘quvchilarning soni, ularning o‘quv imkoniyatlari, ta’limning davomiyligi, o‘quv-moddiy sharoitlar va o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samardorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim vositalari (matnli, audio, video, yordamchi, modelli, real) bilan qay darajada ta’minlanganligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila olishni bilishi kerak. Ta’lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta’rif berilgan predmetli vositalar hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko‘rgazmali qilishga, o‘quv materialining o‘zlashtirilishini yengillashtirilishiga va o‘quvchilarning mativatsiya-sini oshirishga xizmat kiladi. Ko‘rgazmalilik, tushunarlilik namunalardan foydala-nish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati o‘qituvchi o‘quvchilarda bilimlarni ko‘rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishidadir. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir. Pedagogik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, o‘quvchi-talabalarning bilish jarayonidagi faolligini oshiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metod interfaol metod deb ataladi. O‘qitishning interfaol metodi ikki ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Talabalarning o‘quv materialini kompyuter yordamida mustaqil o‘zlashtiri-shini ta’minlash. Bunda talaba kompyuterda tovush, animatsiya, grafika va boshqa imkoniyatlari (interaktiv muhit)dan keng foydalangan holda, o‘qituvchi (o‘rgatuvchi) dastur bo‘yicha o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtiradi. U internet tarmog‘idan ham kerakli axborotni olib o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarini faollashtirish. Bunda odatdagi, o‘qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, talabalarning mustaqil (ijodiy) fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi strategiyalardan foydalanish, o‘qituvchi-talabaning mashg‘ulotdagi xukmronligidan voz kechib, uni o‘quvchi-talabalarning mustaqil o‘zlashtirishlariga yordam va maslahat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi, maqsadga yo‘llovchi shaxs bo‘lishiga erishish nazarda tutiladi. Chunki, ilmiy tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Biz oliy va professional ta’lim o‘quv yurtlari uchun eng xarakterli bo‘lgan ayrim strategiyalarni esga olib, ularning ba’zi birlariga to‘xtalib o‘tamiz. Download 28.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling