KIMYOVIY BELGI VA FORMULALAR. MASSA ULUSH. -
KMnO4 ning tarkibidagi elementlarni massa ulushlarini (%) aniqlang. (J: K=24,7 Mn=34,8 O=40,5)
-
Al(H2PO4)3 dagi H, P, O, Al larning massa ulushlarini (%) aniqlang. (J: H=1,88 P=29,25 O=60,4 Al=8,5)
-
MgCO3∙CaCO3 va (CuOH)2CO3 tarkibidagi kislorod va uglerodning massa ulushlarini (%) yigʻndisini aniqlang. (J: O=88,17 C=18,4 )
-
Na2SO4∙10H2O natriy sulfat kristalogidratida necha foiz suv mavjud. (J: 56%)
-
Na2SO4∙10H2O natriy sulfat kristalogidratidagi kislorodning massa ulushlarini (%) aniqlang.
(J: 69,56%)
-
Tarkibida 27,27%-C, 72,73%-O boʻlgan moddaning oddiy formulasini toping. (J: CO2)
-
Tarkibida 50% S va 50% O boʻlgan moddaning oddiy formulasini toping. (J: SO2)
-
Tarkibida 89,54% Ba va 10,46% O boʻlgan moddaning oddiy formulasini toping. (J: BaO) 9. Tarkibida 65,31% Cu, 32,65% O, 2,04% H boʻlgan moddaning formulasini aniqlang.
(J: Cu(OH)2)
10. Tarkibida 34,61% Al, 61,34% O, 3,85% H
boʻlgan moddaning formulasini aniqlang.
(J: Al(OH)3)
11. Tarkibida 2,44 % H, 39,02 % S, 58,54 % O
boʻlgan moddaning formulasini toping.
(J: H2SO3)
-
I valentli metall oksidi tarkibida 53,3 % O boʻlsa, bu qaysi metall? (J: Li)
-
I valentli metall ftoridi tarkibida 45,24 % F borligi maʻlum boʻlsa, metallni aniqlang. (J: Na)
-
I valentli metall sulfidi tarkibida 29,1 % S borligi maʻlum boʻlsa metallni aniqlang. (J: K)
-
II valentli metal oksidi tarkibida 22,22 % O boʻlgan boʻlsa, metallni topig. (J: Fe)
-
II valentli metall xloridi tarkibida 64 % Cl borligi maʻlum boʻlsa, metallni aniqlang. (J: Ca)
-
II valentli metall fosfidi tarkibida 34 % P boʻlgan metallni aniqlang. (J: Ca)
-
VI valentli metall oksidi tarkibida 20,7 % O bor. Bu qaysi metal? (J: W)
-
V valentli metalmas oksidi tarkibida 56,34 % O bor. Bu qaysi metalmas? (J: P)
-
III valentli metall xloridi tarkibida 20,22 % metall boʻlsa bu qaysi metall. (J: Al)
-
III valentli metall oksidi tarkibida 47,06 % O boʻlsa, bu qaysi metal? (J: Al)
-
III valentli element gidridi tarkibida 17,65 % H boʻlsa, gidridning formulasini aniqlang. (J: N)
-
Na2SO4∙xH2O natriy sulfat kristal gidratidagi tarkibida natriyning massa ulushi 17,2 % boʻlsa x ni aniqlang. (J: x=7)
-
Na2SO4∙xH2O natriy sulfat kristal gidratidagi tarkibida oltingugurtning massa ulushi 11,2 % boʻlsa x ni aniqlang. (J: x=8)
-
Na2SO4∙xH2O natriy sulfat kristal gidratidagi tarkibida natriy va oltingugurtning massa ulushlari 24,2 % boʻlsa x ni aniqlang. (J: x=10)
-
Na2SO4∙xH2O natriy sulfat kristal gidratidagi tarkibida kislorodning massa ulushlari 69,6 % boʻlsa x ni aniqlang. (J: x=10)
-
Do'stlaringiz bilan baham: |