Mavzuli xaritalarda kartografik generalizatsiyani o’rganish Reja. Generalizatsiyani mohiyati va omillari


Download 9.64 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi9.64 Kb.
#1780524
  1   2   3
Bog'liq
Hamdullayev Jaloliddin


Mavzuli xaritalarda kartografik generalizatsiyani o’rganish
Reja.
1.Generalizatsiyani mohiyati va omillari
2.Generalizatsiyani turlari
3.Har xil joylashgan voqea va hodisalami (obyektlami) generalizatsiya qilish
Generalizatsiyani mohiyati va omillari
Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik xaritalarni eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki xatto to‘liq Yer shari miqyosida bevosita ko‘zdan kechirish va o‘rganish imkoniyatiga egaligidadir. Bu masshtabdan foydalanishga va xaritaga tushirilayotgan hodisalami umumlashtirilgan ko‘rinishda berishga asoslangan
Xaritani mavzusi va tipi Xaritani mavzusi va tipi xaritada qaysi elementlami ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada . umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Shunday, geologik yoki tuproq xaritasida gidrografik to‘mi aniq tasvirlash muhim, lekin yo‘llami va aheli punktlarini, kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy chegaralami esa butunlay tushirib qoldirish mumkin. Lekin, iqtisodiy mavzudagi xaritada buni teskarisi aholi punktlarini, aloqa yo‘llarini va ma’muriy boUinishni mufassal ko‘rsatish zarur. Xuddi o‘sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo‘lgan daryolarni saqlab qolib qolgan gidrografik to‘mi esa generalizatsiya qilib ko‘rsatsa bo'ladi.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: xaritada tasvirlanayotgan obyektlarni xaritani maqsadi va masshtabi hamda xaritaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlash (saralash) va umumlashtirish kartografik generalizatsiya deyiladi. Generalizatsiyani asosiy ma’nosi - borliqni xaritaga olinayotgan qismini o'ziga xos bo'lgan asosiy tipik tomonlarini va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Generalizatsiyani ta’rifini o‘zida, uni mohiyatini aniqlaydigan asosiy omiilar ko‘rsatilgan, chunonchi xaritani maqsadi, uning masshtabi va xaritaga olinayotgan borliqni (voqelikni) o‘ziga xos xususiyatlari. Yuqoridagilarga yana xaritani mavzusini va xaritaga olish obyektlarini o‘rganilganlik darajasini (manbalarni sifatini) qo‘shish kerak.
Xaritalarni maqsadi. Xaritalarda faqat ularni maqsadiga mos keladigan obyektlargina ko‘rsatiladi. Xaritani maqsadiga javob bennaydigan boshqa obyektlarni tasvirlash xaritani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o‘quv ma’muriy xarita auditoriyada (xonada) namoyish etish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ularni ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko‘rinishda tasvirlanadi.
Obyektni o‘rganilganligi ham generalizatsiyaga ta’sir etadi. Obyekt yetarli darajada o‘rganilganda tasvirlash maksimal darajada toMiq (xaritani ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bo‘lishi mumkin, material etishmaganda esa u muqarrar ancha umumlashgan, sxematik bo‘lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to'liq bo'lmagan manblar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik xaritalar ancha umumlashgan bo‘ladi, chunki bunda obyekt hali to'liq o‘rganilmagan uni tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo‘ladi.

Download 9.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling