Mavzu;Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlash, taqdimotlar muharriri bilan ishlash


Download 1.07 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1346404
Bog'liq
202MTM Muhtoraliyeva Dilnoza AT 2


6.12.2021
Labaratoriya ishi
Mavzu;Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlash , taqdimotlar muharriri bilan ishlash.
Kerakli jihozla ; Kompyutyer, klavitura, sichqoncha,
Ishning maqsadi; Talabalarga Word dasturida ishlashni o’rgatish , matnlar tuzish, ularni tahrirlash. Power point dasturida ishlashni o’rgatish , taqdimotlarni turli dizaynda yaratishni o’rgatish, bu dasturlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish.
Ishning borishi; Dastlab kompyuterni yoqamiz, Word va Power point dasturlarida ish bajaramiz.
Xulosa; Yuqoridagi dasturlar bo’yicha barcha ma’lumotlarga ega bo’lish.
Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri , ish sohasi va ma’lumotlar satri.
Word dasturida matnlar yozish , ularni tahrirlash, va yuqoridagi menyular yordamida turli xildagi dizyn matnlar yaratish mumkin. Ularga oid bo’lgan rasmlar qo’yish , jadvallar tuzish kabi qulayliklarga ega dastur hsoblanadi. Word - yordamida ixtiyoriy korinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda bajarishi mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, yani ularni qoshish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni tayorlash olib kochirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar. bilan Word- matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin WORD - ayrim kamchiliklar dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi. Shunday qilib, WORD matn muharriri ko’magida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli malumotlarni zudlikda tayorlash va chop qilish mumkin.



POWER POINT DASTURI BILAN ISHLASHNI O’RGANISH;


Taqdimot muharrirlarining maqsadi turli jarayonlar uchun taqdimotlar yaratishdan iborat. Bu maqsadda MicroSoft firmasi foydalanuvchilarga Power Point dasturini yaratgan. Slaydlar yaratishning usullarini Power Point 2016 varianti orqali tanishamiz. Power so‛zining ma’nosi “biror bir narsaga jon bag‛ishlash” yoki “qurilmalarni yoqish” kabi ma’nolarni anglatadi.
Point so‛zining ma’nosi esa “nuqta” degani. Demak, Power Point so‛zining ma’nosi “nuqtani ishlatish”, “nuqtaga jon kiritish” ma’nolari bilan mos keladi. Power Point taqdimot yaratish dasturlari ichida eng yaxshisi va qulay dastur hisoblanadi. Sababi WORD, Excel dasturlari bilan ishlashni o‛rgangan foydalanuvchilar uni tez o‛zlashtiradilar. Ma’ruzachi biror axborotni tinglovchiga yetkazishda namoyish materiallaridan foydalanadi.
Namoyish materiallari qog‘oz, elektron, plyonka, va prospektlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Power Point ushbu ko‘rinishdagi namoyish materiallarini tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy dastur hisoblanadi. Power Point dasturida inson faoliyatidagi (biror sohada) namoyish uchun to‘plangan materiallarni slaydlarga joylashtirish, ularni multimedia (matn, audio, video, animatsiya va grafik ob’yekt)lardan foydalanib shakllantirish, masalan: matn mazmunini rasm ko‘rinishida tasvirlash, maxsus effektlar yordamida bezash orqali tezkor taqdimotlar yaratishni ta’minlaydi. Power Point dasturi vа uning ish оynаsi Power Point dasturida ikkita asosiy tushuncha mavjud, slayd - multimedia tizimlarini ko‘rsatuvchi sahifa va taqdimot - slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, u bitta faylda saqlanadi. Power Point boshqa dasturlar bilan chambarchas bog‘langan. Power Point taqdimotlarini yaratishda Word matnlarini, Excel elektron jadvallarini va grafikani bog‘lash mumkin.
Power point dasturininh ham o’zining menyulari mavjud . Ushbu darsturda taqdimot tayyorlash juda qulay va oson . Taqdimotga Matnlar kiritish , rasmlar qo’yish , shakllar va figuralar qo’yish, bundan tashqari stikerlar qo’yish ham mukin. Bunda taqdimotning har bir sahifasiga o’tishda turli dizaynlar qo’llash mumkin . Harflar ham turli ranglarda va dizaynda bo’ladi.
Mavzuni yoritib beruvchi diagrammalar va jadvallar ham qo’yish mumkin.




Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling