Mavzu;Muomala texnikasi va strategiyasi. Rahbarlik odobi va muomala madaniyati. Ki-11-17-guruh


Download 7.21 Kb.
bet2/2
Sana16.10.2023
Hajmi7.21 Kb.
#1704896
1   2
Bog'liq
Mavzu;Muomala texnikasi va strategiyasi. Rahbarlik odobi va muom

 Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo'lishga odatlanish, har bir insonning, ayniqsa, hayotimiz fayzi bo'lgan xotin-qizlarning, onalarning eng asosiy fazilati burchlaridir. Agar qiz bola go'zal bo'lsa-yu, muomalasi qo'pol, zardali yoki beandisha bo'lsa, bitta so'z bilan atrofdagilar dilini og'ritsa, shubhasiz, uni hech kim, hech qachon yaxshi inson safiga qo'shmaydi, hattoki undan insonlarning ko'ngli qoladi.


  •  Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo'lishga odatlanish, har bir insonning, ayniqsa, hayotimiz fayzi bo'lgan xotin-qizlarning, onalarning eng asosiy fazilati burchlaridir. Agar qiz bola go'zal bo'lsa-yu, muomalasi qo'pol, zardali yoki beandisha bo'lsa, bitta so'z bilan atrofdagilar dilini og'ritsa, shubhasiz, uni hech kim, hech qachon yaxshi inson safiga qo'shmaydi, hattoki undan insonlarning ko'ngli qoladi.

  • Darhaqiqat, hech narsa kishi aqlini muomalachalik namoyon etmaydi. Qizlar o'zlariga qanchalar oro bermasinlar, muomala madaniyatini, muomala san'atini bilmasalar, hech qachon o'zgalar hurmat-e'tiboriga sazovor bo'lolmaydilar.

  • Yoshlikdan noo'rin, qo'pol, ibosiz so'zlarni tilga olmaslikka odatlangan ma'qul. Chiroyli, ma'noli, kishi ruhini ko'taradigan so'zlar bilan fikrni izhor qilishga, deyarli hammaga sizlab gapirishga o'rgansangiz hayotda, mehnatda o‘z o‘rningizni topib ketasiz.

Muomalasi shirin ayolni "dilbar ayol", deyishadi. InshaAlloh shunday unvonli ayollar albatta baxtli bo'ladilar. Muomalani bilmaslik, tilni tiya olmaslik, o'ylamay-netmay so'zlash oqibatda yomon xatolarga, fojealarga olib kelishi mumkin. Buvilarimiz, onalarimiz bizlarga o'git aytganlarida: "Kelin baxti _ uning tilida", "Oldin o'yla _ keyin so'yla" kabi hikmatlarni ko‘p aytadilar. Muomala madaniyati, uni egallash zarurati haqida murabbiylar ko'p gapirishadi. Muomala ahillik, totuvlik, do'stlik manbaidir. Yaxshi muomala bilan ne-ne dillar qulfiga kalit topiladi, bir so'z bilan aytganda, orzularga yo'l ochiladi.


  • Muomalasi shirin ayolni "dilbar ayol", deyishadi. InshaAlloh shunday unvonli ayollar albatta baxtli bo'ladilar. Muomalani bilmaslik, tilni tiya olmaslik, o'ylamay-netmay so'zlash oqibatda yomon xatolarga, fojealarga olib kelishi mumkin. Buvilarimiz, onalarimiz bizlarga o'git aytganlarida: "Kelin baxti _ uning tilida", "Oldin o'yla _ keyin so'yla" kabi hikmatlarni ko‘p aytadilar. Muomala madaniyati, uni egallash zarurati haqida murabbiylar ko'p gapirishadi. Muomala ahillik, totuvlik, do'stlik manbaidir. Yaxshi muomala bilan ne-ne dillar qulfiga kalit topiladi, bir so'z bilan aytganda, orzularga yo'l ochiladi.

  • Lekin muomalada ham me'yordan chiqmaslik zarur. Haddan tashqari shirinso'zlilik, tilyog'lamalik, aytgan so'ziga avvalo o'zi amal qilmaslik har qanday odamni obro'sizlantirib qo'yadi. Fikringizni shoshmasdan, o'ylab, samimiyat bilan aytishni o'rganing. Jahlni yutib, aql ishlatadigan, yoki bir gapdan qoladigan, o'rni kelganda haq gapni aytishdan cho'chimaydigan odamlar lafzi halolligi, muomalasi yaxshiligi bilan obro'-e'tibor topadilar.

  • Bobomiz Abu Ali ibn Sino: "Inson har doim navqiron, bardam bo'lishi uchun boshqa odamlarni ranjitmasligi, dilini vayron qilmasligi, hamda o'zi go'zal muomalali bo'lmog'i lozim", degandilar.

  • Zero, yaxshi muomala _ baxtu saodatning kalitidir...


http://fayllar.org
Download 7.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling