Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 26.11 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi26.11 Kb.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 
1. G‘oya nima? Foyalarning qanday turlari mavjud? Bunyodkor g’oyalar va vayronkor g’oyalarga misollar keltiring.

2. Mafkura nima? Mafkuralarning qanday tarixiy shakllari bo’lgan? 3. Davlatlar va millatlarning yuksalishi yoki tanazzulga uchrashida mafkuraning ahamiyati qanday? 4. Mafkurasiz millat va g’oyasiz inson bo’lishi mumkinmi? 5.” Kuchli-davlatdan kuchli-fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining ahamiyati nimada? 



3-MAVZUNING QISQACHA BAYONI 
Mafkuraviy muammolar, ma`naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi. 
3.1.Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari. 
«II jahon urushiga yurtimizdan 1 million 433230 kishi safarbar bo’lgan. 1941 yilda O’zbekiston aholisi bor-yo’g’i 6,5 million kishi bo’lgan. Agar aholining yarmini bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olsak, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi urushga ketgani ayon bo’ladi. Ulardan 263005 kishi halok bo’lgan. 132670 kishi bedarak yo’qolgan. 60452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib qaytgan»1.

Hozirgi dunyoda mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi ikki yo’nalishda bormoqda: 1) insoniyat tsivilizatsiyasi tarixida erishilgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Ya’ni milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuvi kuzatilmoqda; 2) millatlar va davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi notekis rivojlanish, o’z manfaatlarini mutlaqlashtirish o’zlarining kelajagiga xavf tug’dirayotgan zararli g’oyalarning globallashuviga olib kelmoqda (xalqaro terrorizm, narkoagressiya, diniy ekstremizm va h.k.).

Umuman, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilovchi omillar quyidagilar:

-ikki qutbli dunyoning barham topishi;

-mislsiz ilmiy kashfiyotlar;

-ulkan texnikaviy imkoniyatlar;

-universial texnologiyalar;

-axborot tarqatishning globallashuvi;

-kommunikatsiya jarayonlarining kengayishi;

-keng miqyosli integratsiya jarayonlari va h.k.

Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ma’naviyatni rivojlanti-rishda asosiy yondashuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham bu jarayon milliy istiqlol g’oyasining xususiyatlari bilan bog’liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo’lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. CHunki globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta’sir va tahdidning yo’qligi esa milliy g’oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi. 

Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g’oya yoki mafkurani mablag’, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o’z foydasi yo’lida boshqarib turadigan g’oyaviy markazga aytiladi.

Hozirgi dunyoda inson ongi va qalbi uchun qaysi mafkuraviy kontseptsiyalar kurash olib bormoqda, deb tinglovchilarga murojaat qilinadi. So’ngra ularning fikrlari umumlashtirib, I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ko’rsatib berilgan tahdidlarga to’xtalib o’tiladi. Ular mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik munosabatlari va ekologik muammolardan iborat.

SHovinizmning mohiyati, uning paydo bo’lish sabablarini bayon qilishdan avval «shovinizm» so’zi tinglovchilarda qanday tasavvur hosil qilishiga e’tibor qaratish mumkin: ya’ni aqliy hujum usuli qo’llaniladi. 

Masalan, shovinizm - bu . . .

So’ngra, bu fikrlar umumlashtirilib, buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy harakterga egaligi, u o’z mohiyatiga ko’ra milliy tengsizlikni oqlashning o’ziga xos shakli ekanligi haqidagi mulohazalar bilan ishtirokchilar fikrini to’ldiriladi. Odatda, hudud jihatidan kichik bo’lgan va eng asosiysi - iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday da’volarga nishon bo’ladi.

Afsuski, bizning o’lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining falokatli ta’siridan chetda qolmadi. «U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g’oyalarining butun jafolarini tortib keldi. O’zbekiston Rossiya imperiyasi, so’ngra esa Sovet imperiyasi tarkibida ushlab turilgan murakkab davrni boshidan kechirdi»1.

XVII asr boshlarida ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari jihatdan ancha ilgarilab ketgan yirik G’arb mamlakatlari, farovonligini saqlab qolishning birdan bir chorasi o’laroq, SHarq mamlakatlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma’naviyat asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo’ldi. Tamaddunlararo munosabat rishtalari uzildi. SHarq bilan G’arb o’rtasidagi ming-ming yillik hamkorlik va aloqalar o’rnini o’zaro dushmanlik mafkurasi va siyosati egalladi.

XIX asr nemis faylasufi G.Gesse ta’biri bilan aytganda, «insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb – SHarq va G’arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi»1.

G’arbda SHarqqa nisbatan ustuvor Ovrupotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi mustamlakachilik, hududiy-mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik sari intilish bilan bog’liq g’oyaviy-siyosiy amaliyot ko’rinishlari shakllandi.

Pirovardida har ikki tsivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o’rtasidagi ma’rifiy munosabat zaiflashdi. Nisbatan qoloq xalqlar, mamlakatlarni mulkidan, aqliy salohiyati va ma’naviyatidan judo etishning uslub-yo’llari ketma-ket ishlab chiqildi.

O’sha davrlarda G’arb geosiyosatida biron bir makonni bo’ysindirish, qaramlikka solish uchun u avvalo ikkinchi platsdarm deb e’lon qilindi. Ming yillarki SHarqu G’arbning hayotiy ehtiyojlari, tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib kelgan Buyuk ipak yo’li qon kechgan lashkarlar oyog’i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan Turkiston ham juda ko’p zarar ko’rdi.

SHunday qilib XVII-XIX asrlarda hududimiz jahon geosiyosatining chekka, ikkinchi darajali ob’ektiga aylandi, siyosiy-ma’muriy tizim sifatidagi nufuzidan mosuvo bo’ldi. Natijada Turkiston Rossiyaning mustamlakasiga aylanib, batamom yot manfaatlar uchun xizmat qila boshladi.

Qariyb uch asr davom etgan loqaydlik, birodarkushlik oqibatida salkam bir yuz o’ttiz yillik siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qaramlikka duchor bo’ldik.2

Bu ma’lumotlarni keltirish orqali ma’ruzachi bugungi ozod va erkin hayot qadri o’tmishga bo’lgan ongli ma’rifiy munosabat bilan belgilanishini uqtirib o’tadi. Zero yurtboshimiz «Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari xushyorlikka o’rgatadi, xalq irodasini mustahkamlaydi», degan edi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi deganda quyidagi xavflar nazarda tutilishi Prezident I.Karimov tomonidan «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko’rsatib berildi.



«Birinchidan. Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish; 

Ikkinchidan. Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish; 

Uchinchidan. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo’lmagan sharoitga qo’yishga urinish; 

To’rtinchidan. Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga intilish. 

Beshinchidan. Agar buyuk davlatchilik shovinizmi bilan ekstremistik millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda tutiladigan bo’lsa, u holda millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish; 

Oltinchidan. Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi»3.

Bu tahdidlar ma’ruzachi tomonidan qayd qilib o’tilgach, buyuk davlatchilik shovinizmining bugungi kunda pansovetizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib ketayotganligi haqidagi fikrlar aytiladi.

Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurash keskinlashayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy.

Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilib bo’layotgan hatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.

Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir.

SHu o’rinda «Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi.



Diniy aqidaparastlik - bu: Islomni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib, odamlarni bir-biriga qarshi qo’yib, qon to’kishni tashkil qilayotgan, amalda o’zining huzur-halovatini o’ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar deb ataydilar.

«Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari, avvalambor o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir»1.

Islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog’i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham ta’kidlash zarur.

Mas’uliyatli davrda, istiqlolimiz uchun kurash jarayonida yoshlarimizni axloqiy yetuk inson sifatida tarbiyalashda din barcha illatlardan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni tiklashga ko’maklashadi.

Din yimon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, yoshlarni zamonaviy dunyoviy fanlar asosida tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak.

Prezidentimiz «O’zbekiston buyuk kelajak sari» asarida «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz, lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. CHunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz», degan edi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish zarurki, aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy tarbiya tizimini izchil ravishda yo’lga qo’yish davr talabidir. SHu o’rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman.

Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. CHunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi»2.

Mashg’ulot jarayonida g’arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy ta’sir omillariga to’xtalib o’tiladi. Ulardan biri «bo’lib tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilga asoslangan urinishdir. Bu tamoyilni ro’yobga chiqarish yo’llari quyidagilar:

1. Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish; 2. Mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish; 3. Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. 



3-masala. Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar, hozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash haqida gapirganda quyidagi tushunchalarning mazmun-mohiyatini yoritish zarur:

1. Mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.

2. Mafkuraviy bo’shliq - g’oyaviy tarbiya olib borilmaslik, e’tibordan chetda qolish natijasida vujudga keladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati.

3. Mafkuraviy profilaktika - zararli g’oyalarning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.

4. Mafkuraviy tarbiya tizimi - tarbiyaning alohida tizimi bo’lib, milliy g’oyaning aholi, ayniqsa yoshlar ongi va qalbiga chuqur singdirish mexanizmini nazarda tutadi.

Prezident I.Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri bilan suhbatda jahon falsafa fanida yangi iborani olib kirib, begona g’oyalar o’z ta’sirini o’tkaza olmaydigan, unga qarshi kurasha oladigan immunitet zarurligi haqida to’xtaldi: «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, kuchaytirishimiz zarur»,1 deb ta’kidladi yurtboshimiz.

Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bir so’z bilan aytganda, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.

XX asrning so’nggida jahon siyosiy xaritasida amalga oshgan serqirra jarayonlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mintaqamizda ro’y berayotgan g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar ana shu o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.

Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida jahon, Markaziy Osiyo mintaqasi va respublikamizda qaysi omillar xavfsizlikka qanday tahdid solayotgani aniq ko’rsatib berilgan.

Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid muammolar to’planib qolgan. Bu joydagi yalpi xavfsizlikka mintaqaviy, milliy, mahalliy mojarolar, diniy ekstremizm va jangari separatizm tahdid solmoqda. Bunday qarama-qarshiliklarda chetdagi ayrim yirik mamlakatlarning o’z manfaatlarini va ta’sir doiralarini saqlab qolish, kuchlar muvozanatini o’z foydalariga o’zgartirish uchun olib borayotgan harakatlari ham o’z o’rniga ega.

Tahdid tug’diruvchi sabablardan yana biri mintaqa o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan hududda joylashganligi bilan bog’liq.

Butun dunyo, Yevropa va Osiyo kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan energiya, gaz va neftga boy konlar Markaziy Osiyoda joylashgan. Buning ustiga biz SHarq va G’arb mamlakatlarining manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan mintaqaning bir qismimiz. Bizning hududimizdan ko’pgina qudratli mamlakatlar ham o’z manfaatlarini izlaydi.

Yana bir tahdid manbai - O’zbekistonni etnik, demokratik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan ba’zi mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg’oniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.

Xullas, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar siyosiy ekstremizm, shu jumladan diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy mahdudlikni, etnik, millatlararo, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik asosidagi ziddiyatlarni, korruptsiya va jinoyatchilikni, ekologik muammolarini o’z ichiga oladi. Ular garchi turlicha namoyon bo’lsa-da, har birimizni hushyor va ogoh bo’lishga undaydi.



«Geosiyosat» tushunchasi o’zida («geo» - «er», «siyosat» esa «davlat» va «ijtimoiy ish») ma’nolarini anglatadi. «Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, ularning ko’rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, unga bo’lgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo’lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o’z ifodasini topadi.

«Geosiyosat» uzoq tarixga ega bo’lsada, u tushuncha sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. Bu atama R.CHellen tomonidan muomalaga kiritilgan bo’lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida, falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo’llanilmoqda. Geosiyosat ko’p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o’zida mujassam etadi. Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko’proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Ana shu sababdan ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo’lib qolganligini alohida ta’kidlaganlar.

Yadro poligonlarini qaerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadga yo’nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo, yovuz, yot mafkuraviy maqsadlar qaerdan va qanday yo’llar bilan va qaysi insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo’lmaydi.

Bugun «ikki qutbli mafkura» o’rtasidagi kurashga barham berilgan bo’lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to’xtab qolgani yo’q. Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga urinishlar turli yo’llar bilan sodir bo’lmoqda. Masalan, O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan keyin mafkura sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan yot va begona g’oyalar kirib kelishga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni mamlakatimizda belgilangan ulug’ maqsadlarni amalga oshirishga qarama-qarshi qo’yishga urinishlar bo’lganligining guvohimiz. Bunday harakatlarning tarafdorlari o’zlarini «do’st», «millatdosh», «vatandosh», «dindosh» etib ko’rsatish niqobi bilan o’z g’oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada, haqiqiy qadriyatlarimizga zid bo’lgan turli xil oqimlar aholi, ayniqsa yoshlar ongini egallashga harakat qildi.

Hozirgi kunlarda ham bizning tanlagan yo’limizga shubha tug’dirish, kechagi davrni ko’rmagan, tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarni yo’ldan ozdirishga, istiqlolimizning ma’no mazmunini soxtalashtirishga, bizni yana eski qolip va tobelikka qaytarishga urinadigan kuchlar va harakatlar kam emas. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar quyidagilardan iborat:

-islom bayrog’i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirish;

-dinni qurol qilib olib, mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darish va diniy davlatni qaror toptirish;

-sobiq imperiyani qayta tiklash, yosh mustaqil davlatlarni kommunistik tuzum ostida qaytadan birlashtirish;

-xalqimizning tarixini, ma’naviy merosini soxtalashtirishga urinishlar;

-milliy va diniy qadriyatlarimizni mensimaslik, g’ayriaxloqiy unsurlarni yoyish;

-mintaqaviy davlatlararo va millatlararo mojarolar keltirib chiqarish uchun urinishlar.

Bunday mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo’llari esa quyidagilardan iborat:

-yoshlarning iymon-e’tiqodini kuchaytirish;

-irodasini baquvvat qilish;

-mustaqil fikrga ega bo’lish;

-barkamol insonlar qilib tarbiyalash;

-o’zligini unutmaslik;

-g’urur va iftixor bilan yashashlariga erishish;

-ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish;

-«Turkiston - umumiy uyimiz» shiorini hayotiy haqiqatga aylantirish;

-xalqlar o’rtasida do’stlik, hamkorlik munosabatlarini kuchaytirish va h.k.

Milliy ruhiyatni shakllantirishda: «milliy g’urur», «milliy iftixor», «milliy his», «milliy xarakter» kabi tushunchalar ham muhim o’rin tutadi.



Milliy g’urur - shaxs g’ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o’z yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi, ota-ona farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog’bon so’lim bog’idan faxrlanadi va hokazo. O’zligicha qola bilgan odamning g’ururi - bu butundir. 

Milliy iftixor - millat ma’naviy kamolotining barcha jihat-larini, merosi va bugungi qadriyatlarini o’z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko’paygan sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi - milliy his shunchalik ko’payib boraveradi. 

Milliy his - bu millat manfaati bilan yashash, o’zi kimligini tanimoq. O’zligini tanimagan insonda milliy iftixor so’nadi. Milliylik, millatga mansublik - bu umumjahon taraqqiyotining qonuniyatidir, milliy g’urursiz hech bir millat millat sifatida shakllanmaydi. 

Milliy harakter - o’zbek xarakteri, milliy ruhiyati, milliy o’ziga xos tomonlari asrlar davomida shakllangan hamda asta-sekin ularning qoniga va joniga joylashib ketgan.

Milliy o’zlikni anglash deganda:

1) Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib yetish.

2) Milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiqlik.

3) Milliy manfaatlarni tushunish.

4) Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.

5) Vatanparvarlik.

Millatning milliy o’zligini anglash shaxsning milliy o’zligini anglash bilan ham chambarchas bog’liqdir:

1) Millat (etnos)ga mansublikni anglash.

2) Mazkur millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini tushunib yetish.

3) Milliy qadriyatlarga sodiqlik.

4) Millatning ehtiyojlari va manfaatlarini angalsh, uning rivojlanish yo’llarini bilish.

Milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirish va e’tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

1. Tarbiya yo’li bilan.

2. Yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash.

3. Mas’uliyatni his qilish, fuqarolik mas’uliyatini oshirish.

4. Iymon-e’tiqodga aylantirish.

5. Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muhiti orqali.

6. Siyosiy ong va huquqiy madaniyatni o’stirish yo’li bilan.

7. Yoshlarning bilim darajasi.

8. Yangicha ilg’or fikrlashga o’tish

9.Ota-onalar savodxonligini oshirish bilan.



Hayotimizga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar 


Ularga qarshi kurash yo’llari va vositalari 



Birlashgan Millatlar tashkilotining teng huquqli a’zosi sifatida O’zbekiston yer yuzidagi barcha taraqqiyoparvar xalqlar va davlatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» mustaqil mamlakatimizning barcha sohalarda rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olishiga kafolatdir.

Taniqli olim, akademik Leonid Levitin «O’zbekiston sobiq kommunistik davlatlar orasida iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo’yadigan, oddiy inson sari yuz burgan juda kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi... O’zbek xalqi o’zining ham ko’hna, ham yangi siyosiy qiyofasini dunyoga ko’rsatishi kerak», deganda batamom haqlidir.Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. SHundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat kiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizni demokratik tamoyilar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyayaar asosida modernizatsiya qlish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o’zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo’yganmiz». Bu fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda. Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan diniy bayramlar - Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur. 



Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o’rganish ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Birinchidan, diniy ekstremistik guruhlar o’z saflariga yetarli hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yoshlarni tobora ko’proq jalb qilmokdalar.Ikkinchidan, ekstremistlar faoliyati borgan sari kengroq jug’rofiy xududni qamrab olmokda.Uchinchidan, mintaqada jinoiy harakat olib borayotgan diniy-ekstremistik guruhlarning faoliyati tobora radikallashib borayotgani, hususan, asosiy terrorchilik usuli sifatida terrorchi-xudkush (kamikadze)lardan foydalanish va ko’proq qurbonlar bo’lishi nazarda tutilgan jangarilik harakatlari amalga oshirilayottanini ta’kidlash lozim.To’rtinchidan, ekstremist guruhlar faoliyatida rasmiy harakat yurituvchi siyosiy qanotni shakllaitirish va aholi ichida o’z tarafdorlarini ko’paytirish uchun xayriya ishlariga e’tibor berishmoqda. Beshinchidan, ularning shiorlari, qo’poruvchilik uchun nishon tanlash va amalga oshirish vaqgi va uslublari xalqaro terrorchilik tizimiga qo’shilganlaridan dalolat bermokda. 

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling