Мавзуни танланишини асосномаси


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 64.5 Kb.
bet2/3
Sana26.12.2022
Hajmi64.5 Kb.
#1067163
1   2   3
Bog'liq
N.G. Ismatullayeva. Asosnoma 2021 y.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Jahon tajribasida gʼovak toʼldiruvchili energiya samarador yengil betonlardan foydalanishning ilmiy asoslari I.N.Аxverdov, А.А. Аrakelyan, Yu.M. Bajenov, G.А. Bujevich, А.I.Vaganov, G.I. Gorchakov, B.V. Gusev, Yu.P. Gorlov, V.G. Dovjik, I.А. Ivanov, S.M. Itskovich, L.I. Karpikova, N.А. Kornev, L.P. Kurasova, R.L. Mailyan, Yu.D. Natsievskiy, N.А. Popov, M.Z. Simonovlar kabi xorijiy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan, ular ushbu sohadagi izlanishlarga ulkan hissa qoʼshganlar. Yurtimiz olimlari А.B. Аshrabov, А.А. Аshrabov, B.А. Аskarov, X.А. Аkramov, А.I. Odilxoʼjaev, L.M. Botvina, U.А. Gaziev, E.Kasimov, I.E.Kasimov, N.А. Samigov, А.А. Tulaganov, C.А. Xodjaev, Ye.V. Щipacheva, X.X. Kamilov, V.M. Soy, Sh.R. Nizamov, G.I. Stupakov, G.V. Samsonova, Sh.Sh.Shadjalilov, R.R. Yusupov, Z.M. Sattorov va boshqalar koʼp yillar davomida yengil betonning xossalari, tuzilishi va xususiyatlarini yaxshilash borasida izlanishlar olib borishgan va qurilish materiallari va buyumlarini oʼrganish sohasiga ulkan hissa qoʼshib, aniq yutuqlar va muhim ilmiy natijalarga erishganlar. Bu tadqiqotlar natijasida turli gʼovak toʼldiruvchili yengil betonlar nazariyasi va texnologiyasini rivojlantirishga katta hissa qoʼshilgan. Mamlakatimizdagi olib borilgan izlanishlar yengil beton xossalarini oʼrganishga va texnologiyasini takomillashtirishga bagʼishlangan. Yengil beton asosan monolit uy-joy qurilishida toʼsiq devorlarni qurish uchun yirik panelli bir va ikki qatlamli devor panellari uchun ishlatiladi.
Tadqiqotning maqsadi. Yengil betonlar uchun to’ldiruvchi olishning yangi energiya tejamkor usulini ishlab chiqish va toʼsiq konstruktsiyalar uchun gʼovak toʼldiruvchili yengil betonlarning xossalari va texnologik xususiyatlarini yaxshilash va energiya tejamkor turar-joy binolarida qoʼllashdan iborat. Ma'lumki, O'zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa davlatlar singari, suv resurslarining ma'lum bir tanqisligini boshdan kechirmoqda. Shuning uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish nafaqat dolzarb, balki juda muhimdir. Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir nechta texnalogik usullar orqali g’ovakligini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Qurilish materiallaridan keng miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bino va inshootlar qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling