Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish


Download 24.29 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi24.29 Kb.
#1196083
1   2
Bog'liq
manbashunoslik kirish xulosa

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishda Shayboniylar sulolasi davrida Xiva xonligi boshqaruvida Oliy davlat hokimiyati organlari va ularning vakolatlari, markaziy boshqaruv (ijroiya) organlari tizimi va mahalliy davlat hokimiyati tartibi va faoliyati o‘rganiladi va tegishli xulosa, fikr va mulohzalar beriladi.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. Shayboniylar sulolasi boshqaruvi davrida Xiva xonligi mavzusi birinchi marta alohida ilmiy mavzu sifatida tahqiq etildi. Ishda Xiva xonligi boshqaruv tizimiga doir barcha ma’lumotlar jamlanib, tahlil etildi.
Ishning amaliy ahamiyati. Tadqiq etilgan mavzu natijalari va xulosalaridan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarining o‘quvchilari, Oliy o‘quv yurti talabalariga ta’lim berishda foydalanish mumkin. Ishda bayon etilgan ilmiy xulosalar va ularning natijalaridan O‘zbekiston tarixining tadqiq etilayotgan davri bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishda ham foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish,asasiy qisim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

Xulosa
Xulosa sifatida aytganda, Xiva xonligida mahalliy boshqaruv tizimi izchil amal qilgan. XVI asrda mahalliy davlat apparatlari markazdan mustaqil faoliyat yuritgan. Mamlakat umumiy boshqaruvi nuqtai nazaridan markaz va hududlar o'rtasidagi munosabatlar kelishuv va kengashlar asosida olib borilgan. Markazlashgan davlat boshqaruvi joriy etilgach, mahalliy boshqaruv tizimi xon tomonidan shakllantirilgan. Joylarda mahalliy mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan. Muhim ahamiyatga ega sohalar bo'yicha faoliyat yurituvchi mahalliy amaldorlar bevosita xon tomonidan lavozimga tayinlangan.
Shunday qilib, davlat oliy hokimiyati xon va Oliy kengash tomonidan amalga oshirilgan. Sulolaviy boshqaruv tizimi davridagi xon vakolatlari va kengash tarkibi, oilaviy an'ana amal qilgan davrga kelib o'zgargan. Bu holat mamlakatning markazlashuvi holati bilan bog'liq holda kechgan. Xonlar o'z vakolati doirasida oliy yuridik kuchga ega hujjatlarni chiqarib kelgan. O'z vakolatidan kelib chiqib, butun mamlakat boshqaruvini yuritgan. Oliy kengashning davlat boshqaruvidagi ahamiyati muhim bo'lgan. Rus podsholigi mustamlakasi davriga kelib esa, davlatchilik an'analarining cheklanishi kuzatiladi. Xususan, oliy hokimiyat rus hukumati bilan ikki tomonlama kelishuv asosida shakllantirilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytib mumkinki, rasman xonlik sifatida XVI asrda tashkil topgan Xiva xonligi boshqaruv tizimi ko’chmanchi o’zbeklar shayboniylar boshqaruv tizimidan unchalik farq qilmagan. Xiva xonligi dastlabki davrda tarqoq holda, ya’ni uluslarga, kichik birliklarga bo’lib boshqarilgan. Ushbu hududiy birliklarni boshqarish xonga qarindoshlik darajasiga va da’vogar shaxsning yoshiga qarab taqsimlangan. Keyinchalik yirik yer va mukllarga ega bo’lgan sulolalarning mavqeyi ortib borishi bilan, hokimyat ham ular qo’lida to’plangan. Bu esa mamlakatning markazlashuviga sabab bo’lgan omillardan hisoblanadi.
Xiva xonligining davlat tuzilishi o'zining mukammalligi jihatidan o'z davrining ba'zi bir G'arbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida bo'lmasa-da, biroq ma'lum idora qilish tizimi mavjud bo'lib, yetarli darajada tartibli edi. Shunga binoan, yuqorida eslatganimizdek, davlat mansablari saroy-ma'muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo'linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Sanab o'tilgan turli-tuman amaldorlar va xizmatkorlarning mavjudligi Xiva xonligida juda katta boshqaruv apparati bo'lganligi, mukammal boshqaruv siyosati yuritilganligini tasdiqlaydi.


1 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ //Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. б – 232–254.



2Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. – 192 б. Муҳаммад Юсуф Баёний. Шажарайи Хоразмшоҳий. ― Тошкент: Ғафур Ғулом, 1994. б – 104; Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол .- Тошкент, 2010. Б-91

3Муравъев Н.Н. Путешествие въ Туркмению и Хиву въ 1819 и 1822 годахъ. Ч.2. – М., 1822; Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – Москва, 2003..; Иванин М.И. Хива и река Аму-Дарыя. – CПб., 1873..

4 Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 1959.; Бобожон
Тарроҳ Азизов – Ходим. Хоразм навозандалари. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1994. ; Мирпанжий И. Асирликдаги хотиралар. – Урганч, 1997. б – 17.



Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling