Mavzuning dolzarbligi. O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev 9 sentyabr kuni "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror imzoladi
Download 19.11 Kb.
|
kirish dono
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 9 sentyabr kuni "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror imzoladi. Mazkur qarorda "O'tgan davr mobaynida sog'lom va har tomonlama rivojlangan o'sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta'minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta'lim tizimini tashkil qilish bo'yicha kompleks tashkiliy huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi va shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to'liq amalga oshirishga to'sqinlik qilmoqda" deyilgan va qaror matnida kamchiliklar birma bir sanab berilgan. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar bilan olib boriladigan yozgi ishlarni, sog'lomlashtirish davri deb nomlash qabul qilinishi mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasidir, chunki u o'z xususiyatiga egadir. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g'oyasi - milliy va umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy ezgulikka undaydigan olijanob g'oya sifatida ulug'langan. Mazkur g'oyani yosh avlod ongiga singdirishda o'qituvchi kadrlarning roli beqiyos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bo'lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati fuqarolarning birinchi navbatda, insonni aqliy va ma'naviy tarbiyalashga yo'naltirilgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida shakllanishini ko'zda tutadi. Bu esa, pedagogika fani oldiga yoshlarni axloqiy tarbiyalashning samarali shakl, vosita va metodlarini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish vazifasini qo'ymoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning sog'lomlashuvi jamiyat a'zolari tafakkurida tub ijobiy o'zgarishlar yasadi.
Respublikamiz birinchi Prezidenti 1.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Biz iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma'naviy o'nglash, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishni istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g'oyaviy-siyosiy e'tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo'lish lozimligini taqozo qilmoqda. Chunonchi, bu hol ta'lim tizimi va kasb-hunar ta'limi muassasalari yangilanayotgan, ta'lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o'quv-tarbiya jarayoniga o'zbekona urf-odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz bermoqda. Bu o'zgarishlar har bir o'qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma'naviy ma'rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo'lishga undaydi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonning intellektual va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'lik boʻlgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs. fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi. Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllanishiga olib keladi. Shunda biz o'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun hayotda aniq maqsadga ega boʻlgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo'lamiz.
zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan dadil, mustaqil tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis ayni paytda ichki insoniy sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlash maqsadini ko'zlaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori. "Qayd etib o'tilsinki, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash maqsadida songgi yilda qabul qilingan qat'iy chora-tadbirlar natijasida Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning joylardagi hududiy bo'linmalari tashkil qilindi. 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha dastur tasdiqlandi, uning doirasida maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash borasidagi ishlar boshlab yuborildi. Shu bilan birga o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish-ta'mirlash ishlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishini ta'minlash borasidagi vakolatli davlat organlarining faoliyati ayniqsa joylarda hamon past darajada qolmoqda.
"Biz mustaqillikka erishganimizdan so'ng sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o'zimiz uchun eng muhum, ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik" Zero, jamiyat taraqqiyotida eng avvalo uning kelajagi bo'lgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom va ilmli, o'z yurtini sevadigan, ota- bobolarining ma'naviy va axloqiy yuksak qadriyatlarini e'zozlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma'naviyat va ahloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o'mi Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik g'oyalari va qarashlarida o'z aksini topgan. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamos qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba'zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan>> YAn Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. YA.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga e'tiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan tasurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Go'dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo'yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A. Vallon, D.B.Elkonin, E.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.L.Fradkinalarning asarlari aloqida aqamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida
Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak- atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Jo'raev, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.I.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.O.Ortiqov, Sh.T.Xalilova, N.M.Egamberdieva, Sh.S.Shodmonova, Q.Quronov, Sh.Olimov, G.Maxmutova, N.N.Djamilova kabi olimlar ta'limning turli bosqichlarida yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarida ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilarining va oliy ta'lim muassasasi talabalarining ma'naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e'tiborga loyiqdir.
Lekin aynan katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish muammosi yetarlicha o'rganilmagan. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda biz bitiruv malakaviy
ishimiz mavzusini "Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish" deb belgiladik. Tadqiqot ishining maqsadi: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish mazmunini ishlab chiqish. orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish mazmuni, ish shakllari Tadqiqot ishining vazifalari:
Mavzuga oid pedagogik, psixologik va metodik ilmiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish; -Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yordam beradigan o'yin texnologiyalarini tanlash va mazmunini ishlab chiqish. -Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik
sifatlarini shakllantirish mazmuni, ish shakllarini belgilash. -Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Tadqiqot metodlar: -nazariy metodlar (mavzuga oid falsafiy, pedagogik va metodik
adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish); -emperik metodlar (pedagogik jarayonni kuzatish, maktabgacha ta'lim muassasalarining pedagogik ish hujjatlarni, dasturlarni o'rganish va tahlil qilish, suhbat, so'rovnoma, test, pedagogik tajriba);
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: Tadqiqot jarayonida tarbiyachi ish faoliyatidagi kamchiliklar va muammolar o'rganilib chiqildi. Ta'lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi ish faoliyati kuzatildi, tahlil qilindi va ularga uslubiy yordamlar berildi. Hamda ularni amaliyotda qo'llash yo'llari ishlab chiqildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o'yin faoliyati orqali tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish bo'yicha ilgari surilgan ilmiy-metodik tavsiyalar mutaxassis tayyorlaydigan ta'lim muassasalari o'qituvchilari, talabalari, shuningdek, malaka oshirish kurslaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog-tarbiyachilari, maktabgacha taʼlim fakultetining talabalar uchun metodik qo'llanma vazifasini bajaradi va dars samaradorligini oshirishda amaliy jihatdan yordam beradi.
Tadqiqotning metodologik asosini: Bilish nazariyasining asosiy tamoyillari, ta'lim va tarbiya jarayoniga va hodisalarga tarixiy va ob'ektiv yondashuv, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bolalarni yuksak ma'naviyatli, barkamol qilib shakllantirish to'g'risidagi fikrlari, Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, tarbiya qonuniyat va tamoyillari, tarbiyaga doir zamonaviy yondashuvlar, sotsiologik, pedagogik va psixologik yo'nalishlarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda ilgari surilgan g'oyalar tashkil etadi. Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling