Mavzuning dolzarbligi. Turizm inson faoliyatining va zamonaviy iqtisodiy


Download 182 Kb.
bet4/8
Sana11.11.2023
Hajmi182 Kb.
#1767428
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turizm

Siyosiy omil. Mamlakatda barqaror siyosiy vaziyat – bu turistik biznesning harakat qilish shart-sharoitlaridan biridir. Bundan tashqari, u yoki bu mamlakatlarda turizm rivojlanishi uchun xalqaro munosabatlarning xususiyatlari, vujudga kelgan savdo holati, mamlakat to’lov balansi, uning hamkorligi, jahondagi xalqaro vaziyat va alohida hududiy tinchlik juda zarurligidir.
Iqtisodiy omil. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi aholi daromadlarining ko’payishi bu mamlakatlar aholisining sayohatga ko’proq pul mablag’larini xarajat qilishlariga olib keladi. Ayrim Yevropa mamlakatlari turistlari daromadlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, barcha mamlakatlar turistik oqimida o’rtacha sinfning ulushi ko’proqdir (masalan, Niderlandiyada-40 %, Italiyada-59 %). Shu bilan birgalikda yuqori daromad oluvchi shaxslar (Niderlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) joylashish, oziq-ovqat va boshqa xizmat ko’rsatish turlariga katta talab qo’yadilar.
Iqtisodiy-demografik omil. Turizm industriyasi taraqqiyotiga ayniqsa shahar aholisining o’sishi katta ta’sir etadi. Psixolog-mutaxassislar fikricha odamga bo’lgan ruhiy zarba, his-hayajon, noaniqlik, hayotida kishilar bilan aloqa yo’qligi tabiatdan uzoqlashish kabi hodisalar tufayli shahar aholisi o’z muvozanatini saqlash uchun turizmga qarab harakat qiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida ish vaqti va bo’sh vaqti o’rtasidagi nisbat o’zgarib turishi tendensiyasiga ega. Ish vaqtining qisqartirilishi va bir vaqtda mehnat intensivligini qayta tiklash va uni ushlab turishning birdan-bir yo’li turizmdir. Odamlar bo’sh vaqti miqdorining ko’payishi va sayohatni qisqa vaqt ichida bo’lishi, ya’ni turistik sayohat kam vaqt davom etib, tez-tez takrorlanib turishi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari jamiyat qarishi, uylanishning kechga surilishi, yakka kishilar sonining ko’payishi, ishlovchi xotin-qizlar miqdorining oshishi, bola tug’ilishini kechiktirish harakatlari, oila juftligi bolasizlik miqdorini ko’paytirishi turizm rivojiga ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha yashash vaqtini uzaytirish va tug’ilishni kamaytirish, qari odamlarning ko’payishiga olib keladi. Ayrim hisoblarga qaraganda 2016 yilda 700 mln. ga yaqin turistlar qari yoshdagi insonlar bo’lgan. Bu turistik bozor bo’g’ini turizm industriyasini tashkil etish uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti «Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.
Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi, Meditsina xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida ayollarni mehnat jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning miqdori oshib bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni tayyorlashni tashkil etganlar.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling