Mavzuning dolzarbligi: Vertikal planirovka qilish loyihasi general
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuzani niyelirlash bo\'yicha kurs loyiha namunasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parallel chiziqlar usuli.
- Magistrallar usuli.
- Kvadratlar bo‘yicha nivelirlash.
- 4 - I-BOB. YUZANI NIVELIRLASH USULLARI 1.1. Parallellar, magistrallar va kvadratlar bo‘yicha nivelirlash Yuzani nivelirlash har qanday muhandislik inshootlarini qurish uchun mo‘ljallangan erning batafsil tasvirini olish uchun amalga oshiriladi. Loyihalanayotgan joyning relef shakliga va maydoniga qarab yuza nivelirlashni quyidagi usullaridan biri qo‘llanilishi mumkin: parallel chiziqlar, magistrallar va kvadratlar bo‘yicha Parallel chiziqlar usuli. Parallel chiziqlar usuli nisbatan relefi tekisroq bo‘lgan o‘rmon yoki butalar o‘sgan maydonlarda olib boriladi. Parallel chiziqlar usulida nivelirlashda jurnalni yuritish xuddi injener texnik nivelirlashdagi kabi olib boriladi. 1.1.1-shakl. Parallel chiziqlar usulida yuzani nivelirlash chizmasi Abrisda relef nuqtalaridan tashqari parallel chiziqlarni o‘rmon va butazorlar bilan kesishgan joylari ham belgilanadi. - 5 - Magistrallar usuli. Parallel chiziqlar usulida nivelirlashda jurnalni yuritish xuddi injener texnik nivelirlashdagi kabi olib boriladi. Maydon bo‘ylab geodezik balandlik tarmog‘iga bog‘langan holda magistral nivelir yo‘li o‘tkaziladi. Magistral yo‘l teng bo‘laklarga bo‘linadi, undan esa magistral yo‘lga perpendikulyar qilib parallel nivelir yo‘llari o‘tkaziladi. 1.1.2-shakl. Magistrallar usulida yuzani nivelirlash chizmasi Kvadratlar bo‘yicha nivelirlash. Bu usul ko‘pincha ochiq maydonlarda tekis relefli joylarni s’yomka qilishda qo‘llaniladi. Nivelirlash s’yomka qilinadigan hududda qurilgan kvadratlar to‘rlari bo‘yicha bajariladi. Buning uchun maydon markazidan ikkita perpendikulyar ya’ni X va U chiziqlar o‘tkaziladi. Qulaylik yaratish maqsadida X chizig‘ini o‘q meridianga parallel ravishda o‘tkaziladi. Ayrim hollarda bu chiziq qurilayotgan bino va inshootning o‘qi bo‘ylab joylashadi. X va U o‘qlar bo‘ylab 10 dan 100 metrgacha bo‘lgan bo‘laklar belgilanadi. Teodolit yordamida o‘qning chekka nuqtasidan X o‘qiga perpendikulyarlar o‘tkaziladi. Shuningdek perpendikulyarlar X va U o‘qlar bo‘yicha teng masofalarda belgilangan nuqtalardan ham o‘tkaziladi. Keyinchalik 90 80 - 6 - butun maydon bo‘ylab o‘lchov ruletkasi yordamida kvadratlar to‘ri hosil qilinadi. Kvadrat tomonlari kattaligi relefning xarakteriga va uni tasvirlash darajasiga qarab tanlanadi. Relef shakli qanchalik kichik bo‘lsa kvadrat tomonlari shunchalik qisqa bo‘ladi. 1 Kvadrat tomonlarini joyga ko‘chirish bilan birga undagi joy konturlari bilan kesishgan joylar ham aniqlanadi bu esa ushbu konturlarni planga tushirishni osonlashtiradi. Hamda abris s’yomkasi tuziladi. Kvadrat tomonlari joyda belgilangandan va abris tuzilgandan keyin nivelirlash ishlari boshlanadi. 1.1.3-shakl. Kvadratlar usulida yuzani nivelirlash chizmasi Kvadrat tomonlarini katta –kichikligiga qarab nivelirlash ikki usulda olib borilishi mumukin. Agar kvadrat tomonlari 50 metrdan katta yoki unga teng bo‘lsa, unda kvadrat uchlari kvadrat markazida joylashgan bekatdan turib nivelirlanadi. Balandliklarni hisoblash uchun kvadrat to‘rining bitta uchining balandligini bilish 1 Т. Қўзибоев. Техникавий нивелирлаш . - Т.:” Ўқитувчи”, 1971. - 7 - kerak. Bunday balandliklarni aniqlash geodezik tayanch tarmog‘i punktlariga bog‘lashgacha olib boriladi. Agar kvadrat tomonlari 50 metrdan kichik bo‘lsa, unda bir nechta kvadratlarni nivelirlashni bitta bekatdan olib borish mumkin bo‘ladi. Dastlab kvadratlar to‘ri yopiq nivelir yo‘liga bog‘lanadi, bunda ikkita va undan ortiq nuqtalar kvadratlar uchlariga to‘g‘ri kelsin. Yo‘l nuqtalarini va bog‘lovchi nuqtalarni nivelirlash xuddi bo‘ylama profildagi kabi olib boriladi. Har bir kvadrat uchlari uchun nisbiy balandliklar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi. Hi = ai – bi., bunda ai – orqadagi reyka bo‘yicha sanoq, bi –oldingi reyka bo‘yicha sanoq. YOpiq yo‘l nisbiy barcha balandliklari nazariy yig‘indisi nolga teng. YOpiq yo‘l nisbiy balandliklari yig‘indisini noldan farq qiluvchi qiymatiga yo‘lning xatoligi deb ataladi. fh =Δ h. CHekli xatolik quyidagi formula bo‘yicha topiladi: ƒhchek. = ±10 mm. √n Xatolik yopiq yo‘lning barcha nuqtalariga teng qiymatda 1 mmgacha yaxlitlab tarqatiladi. Nisbiy balandliklarni tenglangan qiymatiga ishonch hosil qilib, ya’ni ular yig‘indisi nolga teng bo‘lsa nuqtalarni mutloq balandliklarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topamiz. Hi = Hi-1 + h, bu erda Hi – yo‘l nuqtasining mutloq balandligi, Ni-1 – yo‘l oldingi nuqtasi balandligi, h – nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar. Kvadrat uchlarini nivelirlash, bog‘lovchi nuqtalar nivelirlangan bekatlardan olib boriladi. Yopiq yo‘lni tenglab , har bir bekatda asbob gorizontini hisoblagandan keyin kvadrat uchi balandliklarini hisoblashga o‘tiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Hi =AG – ai, bu erda Hi – kvadrat uchi mutloq balandligi, ai – kvadrat uchiga o‘rnatilgan reykadan olingan sanoq. Masalan: Kvadrat tomonlari uzunligi 40 metr (2sm. 1:2000) bo‘lgan 16 ta kvadratdan iborat maydonni ko‘rib chiqamiz. Maydon ichkarisiga soat miliga teskari yo‘nalishda yopiq nivelir yo‘li o‘tkazilgan. Yo‘l l, G1 va D3 nuqtalar - 8 - oralig‘ida o‘tkazilgan bo‘lib bu bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Qolgan nuqtalar №1 va №3 bekatlardan oraliq nuqta sifatida nivelirlangan. Nivelir №1 bekatga o‘rnatiladi va I hamda G1 nuqtalardan reykaning qora va qizil tomonlaridan sanoq olinadi. Bunda l nuqta –orqadagi, G1 nuqta esa oldingi hisoblanadi. 1.1.4-shakl. 1-Bekatdan turib nivelirlash chizmasi Maydonni bitta bekatdan turib nivelirlashning iloji bo‘lmasa, bunday maydonning barcha kvadratlarining uchlari nivelirlanadigan qilib bir necha bekatlar belgilanadi. Bunda kvadrat uchlari bog‘lovchi va oraliq nuqtalarga bo‘linadi. Har bir bekatda turib, dastavval, shu bekatdagi nuqtalarga o‘rnatilgan reykalarning qora qizil tomonlaridan sanoqlar, keyin oraliq nuqtalarga o‘rnatilgan reykalarning qora tomonidan sanoqlar olinadi. - 9 - 1.1.5-shakl. 3 ta bekatdan turib nivelirlash chizmasi Bu sanoqlar nivelirlash sxemasiga yoki jurnalga yoziladi. Bog‘lovchi nuqtalarning balandliklari nisbiy balandliklar usulida, oraliq nuqtalarning balandligi esa asbob gorizonti usulida hisoblanadi. 2 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling