Mavzuning dolzarbligi


Download 0.49 Mb.
bet1/7
Sana14.01.2020
Hajmi0.49 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

Kirish

Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillik yillarida sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish borasida ulkan yutuqlarga erishdi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiyotni, xususan, savdo sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tobora mukammallashtirish talab etilishi tabiiy. Xususan, amaldagi qonun hujjatlaridan ulgurji savdodan chakana savdoning qanday farqi bor degan oddiy savolga javob topish oson emas. Bu ikki tushunchaga iqtisodiy lug’atda quyidagicha ta’rif beriladi:

Ulgurji savdo-tashkilotlararo, tashkilotlar va tadbirkorlar o’rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlararo amalga oshiriladigan savdodir. Ya’ni, bu shunday savdoki, tovar pirovard foydalanish uchun emas, balki biznes ehtiyojlari (qaytadan sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish) uchun sotiladi. Bunda xaridor identifikatsiyalanadi.

Chakana savdo- bu pirovard iste’molchilarga tovarlarni sotish demakdir. Ulgurji savdodan farqli o’laroq, chakana savdo tizimida sotib olingan Tovar keyinchalik qayta sotishga emas, balki pirovard iste’molchi tomonidan bilvosita foydalanishga mo’ljallangan. Uahbu ta’riflar nazariy ta’riflardir. Amaliyotda ulgurji va chakana savdo o’rtasidagi chegarani belgilash oson kechmaydi. Bu esa muayyan muammolarni, shu jumladan mavjud faoliyatga soliq solishda ham muammolarni yuzaga keltiradi. Ko’pgina davlatlarda ushbu savdo faoliyati uchun turlicha soliqlar belgilangan. Ko’rib turganimizdek, bugungi kunda ulgurji va chakana savdo o’rtasidagi to’siq borgan sari yo’qolib bormoqda.

Mavzuning dolzarbligi. Har qanday iqtisodiyotda chakana savdo hajmining ko’lami va hajmi juda katta ahamiyatga ega. Mamlakatlar tashqi bozorda raqobatbardoshlikka erishish, ichki va tashqi talabni qondirish, qolaversa iqtisodiy rivojlanishni amalga oshirishda aynan savdo operatsiyalariga tayanishadi. Ya’ni, savdo hajmining ko’p bo’lishi davlat byudjetiga kelib tushuvchi tushumlar miqdorini ko’paytiradi, iqtisodiyotda pul aylanish tezligining oshishiga olib keladi. Aksincha, past bo’lishi esa xarajatlar miqdorining daromaddan oshib ketishiga, davriy ishsizlikka hamda bevosiya YaIM hajmining kamayishiga olib keladi. Shunday ekan, chakana savdo hajmini tahlil qilish oraqali iqtisodiyotning bir qancha boshqa faktorlariga ham baho berish mumkin.

Mavzuning obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasi regionlarida kuzatilgan chakana savdo hajmi olingan. Kurs ishining predmeti sifatida esa ushbu tendensiyalarni tahlil qilishda qo’llaniladigan ekonometrik metodlar va bashorat qilish modellari o’rganiladi.

Kurs ishini bajarishda oldimizga quyidagilar maqsad va vazifalar :



  • O’zbekiston regionlarida so’nggi o’n yilda kuzatilgan chakana savdo hajmlari haqidagi statistic ma’lumotlarni yig’ish;

  • Chakana savdo hajmiga ta’sir qiluvchi omillar, regiondagi raqobat darajasi, soliq va bojlar hamda aholining daromadlari haqidagi o’n yillik ma’lumotlarni topish;

  • Chakana savdo hajmiga eng ko’p ta’sir qiluvchi faktorni aniqlash va u bo’yicha eng yaxshi modelni qurish;

  • Tanlangan optimal model orqali keyingi uzoq yoki qisqa muddatli davr uchun bashorat qilish.

O’rganilganlik darajasi. Shu vaqtga qadar chakana savdo hajmi hamda unga ta’sir etuvchi omillar haqida bir qancha iqtisodchilar hamda olimlar ekonometrik tadqiqotlar o’tkazishgan. Jumladan, Vonogradova N.I, Zolotaryov A.B, Nazarov L. A, Dudko V.N, Bistritskaya Ya.M, Kuzmenko Y.G, Kolodin V.S, Stepulayeva L.F, Dudakova I.A, Kapelyuk Z.A, Leushina O.V, Martinova O.V, Xayrullina M.V, Navarro K., Nikishkin. V.I, Yenin M.G, Kavtaradzr L.Sh, Lebedeva I.S, Nikulina T.A va boshqalar. Vinogradov N.I. hamda Morozova A.B.lar o’zlarining ishlarida chakana savdoning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar guruhini keltirib o’tishgan, Zolotarev A.B. makroiqtisodiy faktorlarning chakana savdo hajmiga ta’sir darajasini tahlil qilgan. Bestritskaya Ya.M. PEST analizi yordamida Rossiyaning VTO tashkilotiga a’zo bo’lganidan so’nggi chakana savdosi hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatgan omillarni baholagan.

Gipoteza. Mamlakatda amalga oshiriladigan chakana savdo hajmi bir qancha faktorlarga bog’liq tarzda o’zgaradi. Masalan, mavjud hududda yashovchi aholi soni, aholi migratsiyasi, aholining daromadi, inflyatsiya miqdori, soliq hamda bojlar miqdori, iste’mol kreditlarining mavjudligi, regionning siyosiy holati, chakana savdoga davlatning aralashuvi, raqobat darajasi va boshqalar.


    1. Masalaning qo’yilishi.

Quyida O’zbekistonda 26 yil davomida kuzatilgan chakana savdo hajmlari va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi prediktorlar haqida ma’lumot keltirilgan. Berilgan material asosida chakana savdo(ChS) hajmini tushuntirib beruvchi eng yaxshi prediktorlarni tanlash va ular ishtirokida eng yaxshi modelni qurish talab etiladi.

O’zbekiston Respubikasi chakana savdo hajmining o’sishiga ta’sir etuvchi omillar (1993-2018 y.y)

1-jadval

Yillar

Chakana savdo aylanmasi hajmi(mlrd so'm)

Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar(ming so’m)

Mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni(yil oxiriga ming kishi)

Inflyatsiya darajasi(%)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi(%)

Aholi soni(ming nafar)

1993

357,3

50,5

10016,7

534,2

13,2

21925,1

1994

482,9

63,2

10438,3

1568,3

17,8

22314,8

1995

596,2

79,9

10833,5

304,6

20,3

22736,4

1996

718,3

101,2

11368,3

54

22,1

23147,2

1997

957,8

119,1

11790,6

70,9

25,2

23981,8

1998

1182,4

140,1

12185,8

29

27,7

24259,7

1999

1459,8

164,8

12720,6

29,1

30,2

24342,3

2000

1787,5

208,6

13142,9

25

31

24487,7

2001

2699,9

264,1

13563,8

27,3

33,8

24813,1

2002

3786,3

334,3

13991,3

27,3

34,6

25115,8

2003

4289,7

423,2

14433,6

11,6

35

25427,9

2004

4787,5

535,7

14859,2

6,6

35,6

25707,4

2005

5577,4

678,2

15241,3

10

38,2

26021,3

2006

7453,8

857,6

15663,9

14,2

42,1

26312,3

2007

9574,6

1234,9

16101,9

12,3

45,7

26663,8

2008

12682,3

1425,7

16543,4

12,7

48,2

27072,2

2009

16874,6

1611,1

16953,6

14,1

50,1

27533,4

2010

21872,8

1871,3

17804,7

9,4

52,5

28001,4

2011

28539

2292,1

18184,6

12,8

54

29123,4

2012

36946,4

2642,3

18517,6

11,4

54,6

29555,4

2013

46863

3142,1

18814

12

55,8

29993,5

2014

58136,6

3601,3

19044,1

11

56,1

30492,8

2015

71184,1

3998,1

19257

10

54,5

31022,5

2016

88071,6

4511,3

19440,8

11,5

57,3

31575,3

2017

102120,2

5160,9

19610,1

14,4

54,9

32120,5

2018

116347,8

5780,7

19860,4

16,5

56,5

32656,7

Manba: Davlat statistika qo’mitasi, World Global Competitiveness Report, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki saytlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.

Dastlab, ChS hajmining hech qanday omillarsiz o’zgarishi tahlilini o’tkazamiz. Buning uchun Diskriptiv statistika ma’lumotlaridan foydalanamiz:



Y(ChS hajmi) uchun diskriptiv statistikalar jadvali

Descriptive Statistics: Y

2-jadval

Variable

Total count

Mean

SE mean

St Dev

Sum

Minimum

Median

Maximum

Y

26

24821

6760

34468

645350

357

6516

116348
Kurs ishi ma’lumotlarining umumiy soni (Total Count) 26 ta bo’lib, KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi (Y)ning o’rtachasi ( KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi)= 24821 ga teng.

Tanlanma ma’lumotlari ichida eng kattasi: Max(KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) = 116348

Tanlanma ma’lumotlari ichida eng kichigi: Min(KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) = 357

Tanlanmadagi eng kichik va eng katta miqdor o’rtasidagi farq (range) 115991 ga teng.

Tanlanma ma’lumotlari yig’indisi (Sum): Sum(KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) = 645350

O’rtachaning standart xatoligi - SE mean(KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) = 6760

O’rtacha kvadratik chetlashish - St Dev (KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) = 34468

Yuqoridagi statistik ma’lumotlarga tayanib ushbu KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi grafigini hosil qilishimiz mumkin:





2.1-rasm KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi normal taqsimot egri chizig’i grafigi

Endi Y – ChS hajmi o’zgarishi uchun: o'rtacha, mediana, o'rtacha kvadratik chetlashish uchun ishonch intervallari (95% ishonchlilik darajasi bilan) ni keltirib o’tamiz.



2.2-rasm Y - ChS hajmi o’zgarishi uchun xulosaviy grafik.

Grafikdagi ma’lumotlarni ta’riflab chiqadigan bo’lsak,o’rtacha uchun ishonch oralig’i quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

(2)

Y - ChS hajmi o’zgarishi o’rtachasi (mean) uchun ishonch intervali 10899≤(KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi) ≤38743 oraliqda yotadi.

Demak, 95% ishonchlilik darajasi bilan aytish mumkinki, tanlab olingan ChS hajmi o’zgarishi o’rtachasi ( ChS hajmi o’zgarishi)= 24821 (10899; 38743) oraliqqa tushadi.

Y - KT ning eksport hajmidagi ulushining o’zgarishi medianasi uchun ishonch oralig’i:

2380≤med(ChS hajmi o’zgarishi)≤24208

Ya’ni 95% ishonchlilik darajasi bilan aytish mumkinki, bashorat qilinayotgan ChS hajmining o’zgarishi Med (ChS hajmining o’zgarishi) =6516 (2380; 24208) oraliqda joylashgan.

O’rtacha kvadratik chetlashish uchun ishonch oralig’ini esa quyidagicha formula bilan ham aniqlasa bo’ladi:

≤St Dev(Y)≤ (3)

Bu yerda, n – tanlanma hajmi; s2tanlanma dispersiyasi; - erkinlik darajasi n-1 ga teng va α ahamiyatlilik darajasi bilan olingan χ2 taqsimotning kritik qiymati. O’rtacha kvadratik chetlashish (Standart Deviation) uchun ishonch oralig’i quyidagiga teng: 27032≤St Dev(ChS hajmining o’zgarishi) ≤47579

Natijadan ko’rinib turibdiki, ChS hajmining o’zgarishining o’rtachadan standart og’ishi (o’rtacha kvadratik chetlashishi) StDev (ChS hajmining o’zgarishi) = 34468 (27032 ; 47579) oraliqqa tegishli.



Demak, bizga faqatgina ChS hajmining o’zgarishi berilgan bo’lib, unga ta’sir qiluvchi omillar berilmagan bo’lsa, u holda biz faqat ixtiyoriy tanlangan ChS hajmining o’zgarishi o’rtacha hisobda 24821 ga tengligini bashorat qila olamiz. Bundan tashqari aytishimiz mumkinki, shu olingan tanlanma uchun ChS hajmining o’zgarishi eng kamida 357 ga, eng ko’pi bilan esa 116348 ga teng bo’ladi.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling