Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
asarlarini o`qish, o`rganish yosh avlodni barkamol o`sishida, teran
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
asarlarini o`qish, o`rganish yosh avlodni barkamol o`sishida, teran
fikrlashida, ruhan tetik shakllanishida yetakchi vosita bo`lib xizmat qilishi tabiiy. Xususan, xalq tomonidan yaratilgan ertaklar vatanparvarlik, insoniylik, olijanoblik, do`stlik, birodarlik singari bir qator milliy va umumbashariy qadriyatlar hamda o`zbekona marosim, urf-odatlar, rasm-rusumlar majmuasini tashkil etadi. Shuningdek, ertaklarda ham izzat-hurmat, axloq-odob, mehnatga muhabbat, vafo-sadoqat, adolat, haqiqat, yaxshilik kabi fazilatlarni ulug`lanishi hamisha kelajak avlodning yetuk inson bo`lib ulg`ayishiga xizmat qilib kelayapti. Ertaklarni bola kichik yoshdanoq his qiladi. Bolalar tabiatan ertaklarga qiziqadilar, ularni yod olishga, ertak qahramonlaridek jasur, mard, zukko bo`lishga harakat qiladilar. Shu bois, bolalarning yoshidan qat‘iy nazar, ular uchun chop etilayotgan maxsus adabiyotlarda xalq og`zaki ijodiga ertaklarga katta o`rin berilgan. Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan ―O`qish kitobi‖da ham folklor asarlari namunalariga, jumladan ertaklarga keng sahifa ochilgan. Chunki, xalq ma`naviy boyligining yuksalishi, ta‘lim-tarbiyaning mustahkamlanishi kelajak 6 avlodning komil inson bo`lib shakllanishida ertakning o`rni beqiyosdir. Zero, xalq ertaklarida elatning ozod va baxtiyor ona yurt, farovon hayot uchun kurashi, orzu- umidlari, ezgu niyatlari, milliy qadriyatlari va axloqiy omillarning o`ziga xos xususiyatlari mujassam etilgan. Asrlar davomida yaratilgan xalq og`zaki ijodi o`zbek adabiyotining, pedagogikaning shakllanishi va taraqqiyotiga asosiy manba bo`lib xizmat qildi. Bolalar kitobxonligining boy manbai ertaklardir. Ertaklar bolalar adabiyotini yaratishda yozuvchi va shoirlar uchun muhim material bo`lib xizmat qiladi. Ertaklar bolalar tafakkurini o`stirishda, milliy qadriyatlarni anglashida mustaqil, ongli o`qishlari uchun tayanch bo`ladigan tarbiyaviy ahamiyatga ega ma‘naviy ozuqadir. Shu bois ―O`zbek xalq ertaklari qahramonlarining antroposentrik tahlili‖ni olib borish bitiruv malakaviy ishning muhim jihatini ko`rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling