Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................................
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bu 
farovonlikka erishish yo‘llaridan biri oilada tadbirkorligi va oila biznesini yo‘lga 
qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq. Chunki oilada tadbirkorlikning rivojlanishi, 
uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, ya’ni oilalar 
farovonligini ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini 
yaratadi. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish Respublika hukumatining doimo 
diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: 
“Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim 
yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur”
1
. Oilaviy biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz 
uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shu sababli, oilalarning muhim daromad 
manbai va tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish 
bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi. 
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ushbu dolzarb vazifani hal 
qilish borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirgi kunda ham 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini 
takomillashtirish, ular faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va shu asosda 
oilalar 
farovonligini 
oshirish 
masalalari 
o‘z 
yechimini 
kutayotgan 
muammolardandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqararilgan mahsulot 
yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri – tashkil etish, normalash va shular asosida ishlab chiqarish 
samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish katta ahamiyatga ega. 
Shu tufayli oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni tashkil etish bo‘yicha 
o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib, ularning samaradorligini oshirish uchun 
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Oilaviy 
biznes sohasida hal qilinishini kutayotgan muammolarning mavjudligi mehnatni 
ilmiy jihatdan tashkil etish asoslari va yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan 
tadqiq qilishning zarurligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar, 
№13. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling