Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

  Keltirilgan nazariy tahlillardan kelib chiqqan holda, uy xo‘jaligidan farqli 
o‘laroq, “oila xo‘jaligi“ga quyidagicha ta’rif berishni maqsadga muvofiq, deb 
topdik. 
Oila xo‘jaligi deb, faqat er-xotin va tug‘ishganlik asosida birga 
yashovchi kishilar, ya’ni oila a’zolari mehnatidan foydalangan holda, ma’lum 
7
Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev «Iqtisodiyot nazariyasi» T- «Moliya»-2002 y, 103 b 
8
Karimova D. Sektor «Domashnie xozyaystvo» v sisteme natsionalnix schyotov // Ekonomika i statistika. - № 2. – 
1997. –S. 66. 
9
Vaxobov A, Saidov.R. Respublika xonadonlarining investitsiyaviy resurslari.// Bozor, pul va kredit. 10 oktyabr 
2005. - 54 - B. 
10
Surinov A.Ye. Doxodi naseleniya. Opit kolichestvennix izmereniy. M.: «finansi i statistika» -2000. –S.125. 


10 
darajada qonuniy yo‘l bilan daromad olish maqsadida oila mulki asosida xo‘jalik 
yurituvchi mikroiqtisodiy sub’ektga aytiladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, oila 
xo‘jaligida barcha mulk bevosita oila a’zolariga qarashli bo‘lib, unda mehnat 
qiluvchilar va mehnat natijasidan bahramand bo‘luvchilar ham shu oilaga mansub 
kishilar bo‘lib hisoblanadi. Amaldagi tartib bo‘yicha oila xo‘jaligida yollanma 
mehnatdan foydalanilmaydi. Bizning fikrimizcha, oila xo‘jaligida ham vaqtincha 
yollanma mehnatdan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki ayrim mavsumiy 
ishlarda oila a’zolarining mehnati yetarli bo‘lmasligi mumkin. 
Demak, bizning fikrimizcha, mehnatni tashkil qilish nuqtai nazaridan olib 
qaraydigan bo‘lsak, «uy xo‘jaligi» va «oila xo‘jaligi» tushunchalari bir-biridan farq 
qiladi. 
Yuqoridagi tariflarni e’tirof etgan holda, biznes faoliyati “oila” da emas, 
balki “oila xo‘jaligi” da amalga oshishini hisobga olsak, oilaviy bizneska 
quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: Oilaviy biznes deganda, jismoniy 
yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan 
oila a’zolarining mehnatiga va mulkiga tayanib, qonuniy asosda daromad olishga 
mo‘ljallangan biznes faoliyati tushuniladi. Haqiqatdan ham ushbu ta’rifda, oila 
xo‘jaligining daromad olish manbai ya’ni mulki, faoliyati va unga aloqador 
shaxslar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga oilaviy biznesning qishloqda dehqon 
xo‘jaligi sifatida namoyon bo‘lishi ham nazarda tutiladi.
Ushbu ta’rifga tayanilgan holda xizmat sohasidagi oilaviy bizneska ham 
ta’rif berish mumkin. Xizmat sohasida oilaviy biznes deganda, jismoniy yoki 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, er-xotin va ularga ko‘maklashadigan oila 
a’zolarining mehnati va mulkiga tayanib, xizmat ko‘rsatish natijasida qonuniy 
daromad olishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. 
Xizmat sohalarida oilaviy biznesning qaror topishi mamlakatimizda juda 
ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Eng avvalo, u bozor 
iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy 
mulkdorlar sinfini barpo qiladi. Ikkinchidan, mamlakatimizning bozorini iste’mol 
tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ish 
bilan band bo‘lmagan aholi sonini qisqartiradi va uning faol qismini ishlab 
chiqarishga jalb etish imkonini beradi. To‘rtinchidan, esa eng muhim bo‘lgan 
muammoni, ya’ni oila daromadlarini oshirishda asosiy manbaga aylanadi. Shu 
tufayli oilaviy biznesni hozirgi zamon darajasida rivojlantirish, yuksak saviyada 
raqobatbardosh mahsulotlar (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish holatiga keltirishga 
erishish lozim. Bu esa odamlardan, butun ommadan doimiy izlanuvchanlikni, 
tashabbuskorlikni, yangi ixtirolar kashf etishni talab qiladi. Bu ham 
mamlakatimizda ortiqcha sarmoya talab qilmaydigan ommillarning, ayniqsa inson 
omilining ishga tushishi uchun asos bo‘ladi. 


11 
Oila xo‘jaliklarining turli hayotiy faoliyatlarini tahlil qilishda oila xo‘jaligi 
tarkibi, oiladan tashqarida yashovchilar, oila xo‘jaligi harajatlari va daromadlari 
to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlardan foydalanishni ham talab etadi. Zamonaviy 
oila rivojlanishining muhimligi va oila strukturasining ko‘p qirralari bugungi kun 
talab darajasida o‘rganilmasdan qolmoqda, bunga adekvat, haqiqiy va zaruriy 
ma’lumotlarning yetarli darajada emasligini sabab qilib ko‘rsatish ham mumkin. 
Bu esa o‘z navbatida oilalarning ilmiy va amaliy tadqiqotini yanada rivojlantirishni 
talab qiladi. 
Oila xo‘jaligi daromadlari tarkibida asosiy qismni mehnatga haq to‘lash (ish 
haqi) va bozor daromadlari (mulk, biznes va turli xil xizmat ko‘rsatishdan tushgan 
daromadlar) tashkil qiladi. Shu bois, oila daromadlarini tadqiq etishning ayrim 
usullarini ko‘rib chiqamiz. 
Oila xo‘jaligi daromadlarini aniqlashning iqtisodiy usullaridan biri ma’lum 
son – miqdordagi oilalarni (masalan 25, 50, 100, 250 va hokazo) tanlab olib, 
kuzatiladi. Kuzatuv jarayonida shu oilalarda istiqomat qiluvchi oila a’zolari soni, 
ularning toifasi, yoshi, turli yo‘llar bilan topilgan daromadlar, oila tomonidan oziq-
ovqat mollariga, boshqa mahsulotlarga, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy xizmat 
sohalariga, jamg‘armalarga va har xil to‘lovlarga sarf qilinadigan harajatlar 
aniqlanadi va tahlil qilinadi. Shu usulda daromad bilan harajat o‘rtasidagi 
mutanosiblik o‘rganiladi, oilaning turmush darajasi qanday holatda ekanligiga 
baho beriladi.
Barcha oilalarda moddiy farovonlikni ta’minlash masalasi kun tartibida 
turgan muhim muammolardan biridir. Ammo bu muammoni birdaniga hal qilib 
bo‘lmaydi. Buning uchun har bir oila a’zosi o‘ta biznes va aql bilan ish tutishi 
lozim. Yurtboshimizning “...bu vazifalarning negizida, amalga oshirishimiz lozim 
bo‘lgan bu g‘oyalarning poydevorida bitta narsa turibdi: u ham bo‘lsa, 
xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishdir. Bunga, avvalo, barcha jabhalarda 
boshlangan erkinlashtirish siyosatlarini amalga oshirish evaziga erishimiz mumkin. 
Nafaqat davlatning, balki har qaysi oila, har qaysi odamning daromadini ko‘tarish, 
turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha ko‘p ishlarni qilishimiz darkor”
11
degan 
ko‘rsatmasidan kelib chiqadiki, oilalardagi muammolarni hal qilish, hamda 
oilalarni tadqiq qilish zaruratining mavjudligini va uning qo‘llamini oshirishning 
muhimligini yana bir bor ko‘rsatib berdilar. Zero, oila xo‘jaliklarining iqtisodiy 
imkoniyati ma’lum darajada cheklangan. Undan faqat samarali foydalangan 
taqdirdagina ko‘zlangan maqsadga, ya’ni oila farovonligiga erishish mumkin. Bu 
farovonlikka erishish uchun esa, har bir oilada biznesni yo‘lga qo‘yish, xizmat 
11
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi nutqi. 
2004 yil 29 aprel, Toshkent shahri. 


12 
sohasida oilaviy biznesning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va uni rivojlantirishning 
ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishni taqozo etadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling