Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1436287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
II-BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH 
HOLATI TAHLILI 
2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va 
daromadlarning shakllanishi 
 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oilalar o‘z mulki, ishlab chiqarish va 
oilaviy biznes vositalari hisobidan daromadlarini ko‘paytirish maqsadida faol 
foydalanishga intilishi hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, oila xo‘jaligi 
ixtiyoridagi mavjud mulkdan daromad olish maqsadida foydalanish hamisha ham 
muvaffaqiyatli kechavermaydi. 
Oilalar iqtisodiy axvoli, bandlik va oila daromadi ko‘p jihatdan umumiy 
makroiqtisodiy muhitga ham bog‘lik deb o‘ylaymiz. Chunki islohotlar davomida 
respublikamizdagi makroiqtisodiy vaziyatning dinamik o‘zgarib borishi, 
oilalarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi shart-sharoitlarini ham o‘zgartirib 
bormoqda.
O‘zbekistonda oila xo‘jaliklarida mavjud mulklarning umumiy qiymati 
bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha taxminan 38,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil 
etmoqda. Bu mulklar tarkibida oila xo‘jaliklarining shaxsiy uy-joylari salmoqli 
o‘rin egallaydi. Respublikamizda deyarli barcha oilalar shaxsiy uy-joylariga ega. 
Biroq, ularning oilaviy biznes va ishlab chiqarish vositalari shaklidagi mulklari 
o‘ta kichik (2.1-jadval). Hozirgi iqtisodiy vaziyat asosiy e’tiborni mulkni 
tadbirkorlikka invistitsiyalashga qaratishni talab etmoqda. 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaliklari asosan 
daromad keltirmaydigan mulklar bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lgan. Daromad 
keltiradigan mulklardan biri shaxsiy tomorqa. Bu mulk turi 83,2 % aholida 


20 
mavjud. Yirik shohli mollar aholining 47,7 %da bor xolos. Yuk va yengil 
avtomashinalar kuzatilgan oilalarning 9,0 %dagina mavjud. Ko‘rinib turibdiki, 
oilalar mulkining asosiy qismini daromad keltirmaydigan mulklar tashkil etadi. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling