Mavzu:”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari” Reja


Pulning funksiyalari va ularga tavsif


Download 47.1 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi47.1 Kb.
#1350562
1   2   3
Bog'liq
”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari”

Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud:
-Evropa maktabi.
-Amerika maktabi.
-Evropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan:

Qiymat o‘lchovi funksiyasi. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo‘lgan pulda o‘lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan qog‘oz va kredit pullari bu funksiyani bajarmoqda.


Qog‘oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo‘lgan kupyuralar AQSH G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo‘q. Bu vazifani AQSH G‘aznachiligi bajaradi.
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi.
O‘zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi.
Muomala vositasi funksiyasi. Bunda tovar-pul yoki pul-tovar operatsiyasi bir vaqtning o‘zida yuz beradi, ya’ni tovarlar nasiyaga sotilmaydi.
To‘lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to‘lov muddati kechiktirlib sotiladi. SHuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to‘lovlar ham pulning to‘lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to‘lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to‘lovlarini to‘laydilar.
Jamg‘arish vositasi funksiyasi. Bunda naqd va naqd bo‘lmagan pullar jamg‘ariladi. Aholi, korxonalar o‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli yoki jamg‘arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo‘lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ham to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi.
Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog‘liq va ular birbirini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog‘liqligi va birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi.

2.Банкларнинг функциялари.


Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 15 bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 16 asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Download 47.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling