Mavzu"rahbarlik va liderlik" Reja: Menejer: tipologiyasi va psixologik talablari Yetakchilik nazariyasi va turlari


Download 0.73 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#242836
Bog'liq
Rahbarik va liderlik


MAVZU"RAHBARLIK va liderlik"

Reja:

Yetakchilik nazariyasi va turlari
  • "liderlik sifatlari nazariyasi" yoki xarizmatik nazariya
  • liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasi
  • liderlikning sintetik nazariyasi

Liderlik sifatlari nazariyasi yoki xarizmatik nazariya

Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo'la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig'indisi tug'ma mavjud bo'lib, bu sifatlar majmui uning guruhda lider bo'lishini ta'minlaydi.

Liderlikning vaziyatga bog'liqligi nazariyasi

Bu yerdagi asosiy g'oya–lider vaziyatning mahsuli degan g'oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o'zlarini ko'rsatishlari, lider bo'lishlari uchun qulay hisoblanadi.

Liderlikning sintetik nazariyasi

Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo'lgan. Bu nazariya liderning guruhiy munosabatlarinig bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ro'yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.

Liderlik turlari
  • ishbilarmon liderlik
  • his-tuyg'ularga asoslangan liderlik
  • axborotga asoslangan liderlik (guruh miyyasi)

Yetakchilik modellari

Tannenbaum-Shmidt yetakchilik modeli

Yetakchilikning Tannenbaum-Shmidt yetakchilik modeli (xatti-harakati kontiliumi)da yetakchilikning uch faktori munosabati ta’sir kuchiga bog’liq ravishda yetakchi yetti xatti-harakat namunasidan birini tanlab oladi (yetakchining o’zi, uning izdoshlari va yuzaga kelgan sharoit).

Fidlerning sharoitiy yetakchilik modeli

Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U kamroq afzal ko'radigan ishchi xarakteristikasi shkalasini ishlab chiqdi.Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma'qul vaziyatlar: rahbar va jamoa a'zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real hokimiyat, rag'batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi. Bu model bo'yicha ishi kamroq muvaffaqiyat keltiradigan shaxsni aniqlash mumkin.

Xauz va Mitchellning yetakchilik yoki „Yo'l-maqsad” modeli.

bu usul asosiga xodimlar kuch-g’ayratlari va mehnat faoliyatlari natijalari kutishni asoslagan, shuningdek, bu natijalarga muvofiq rag’batlantirish o’zaro qat’iy bog’liq degan qoida qo’yilgan (izdoshlarda bo’lgan, yetakchilik samaraliligi darajasi bilan va kutishning asoslangan kuchi darajasi o’rtasida to’g’ri bog’lanish bor). Ana shu ta’minlangan holdagina xodimlar o’z ishlaridan qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi.

Stinson-Djonson sharoitiy yetakchilik modeli

Uning mohiyati shundaki, ishga qiziqish darajasi izdoshlarning xarakteristikasi va ular bajarayotgan ishning o’zini xarakteriga bog’liq ravishda aniqlanishi kerak.

Vrum-Iston-Yago sharoitiy modeli

Uning o'ziga xosligi - qo'l ostidagilarning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishga jalb qilishga yo'naltirilganligidir. Yetakchilikni o'rganishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqishga ehtiyoj, yetakchilikni o'rganishga an'anaviy yondashish yetakchining belgilari va xatti-harakati yo u o'zi tanlagan usul sharoitiga zo'r bergani uchun kelib chiqqan edi.

E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling