Mavzusi: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar quyidagilar


Download 26.83 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi26.83 Kb.
#1277939
Bog'liq
Mavzusi


Mavzusi: Inklyuziv ta’limning umumiy masalalari
Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar quyidagilar:

  1. “X-strategiyasi” yordamida atamalarni tegishli ta’riflar bilan birlashtiring.

Inklyuziv ta’lim




har bir bolaga teng huquqlilik asosida bilim olish imkoniyatini yaratish

Nogiron bolalar




umumsiyosiy tamoyillarni tantanali ravishda e’lon etish

Konvensiya






bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon

Segregasiya




nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar

Zaif eshituvchi bolalar




tug‘ma yoki ilk yosh davrida eshitish qobiliyatining chuqur va turg‘un yo‘qolishi oqibatida maxsus pedagogik yordamsiz nutqni egallay olmaydigan bolalar

Inklyuziv ta’limning maqsadi




shaxsning jamiyatda qabul qilingan insoniy qadriyat, maqsad, ahloqiy me’yorlarni qabul qilishi va egallashi yo‘li bilan ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishi

Ijtimoiy moslashuv




xalqaro shartnomalarning bir turi

Deklarasiya




bolalarga maxsus ta’lim asosida, ya’ni me’yorda rivojlanayotgan bolalardan ajratilgan holda ta’lim va tarbiya berish

Kar bolalar




nutqni egallashga va nutqiy muloqot qilishga to‘sqinlik qiladigan eshitishi pasaygan bolalar

Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar






jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar



  1. Muammo” texnologoyasi asosida muammo mazmuni bilan tanishing.

Siz shahar markazidagi 3-sonli maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritasiz. Sizning sinfingizga Davron ismli zaif ko’ruvchi o’quvchi qabul qilindi. Davronni sinfdagi bolalar “to’rtko’z”, “so’qir”, “ko’zoynak” deb mazah qilishgnligi sababli u maktabga kelishdan bosh tortdi. Davronning onasi esa farzandini aynan mana shu maktabda tarbiyalanishi istaydi. Bunday vaziyatda siz (o’qituvchi) qanday yo’l tutasiz?
Quyidagi jadvalga muvofiq muammoni tahlil qiling.

Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechishda Sizning harakatlaringiz

Muammoni yechishdagi to’siqlar












“Inklyuziv ta’lim” fanidan 1-5 mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar va manbalar asosida o’rganing.


Adabiyotlar va manbalar ro‘yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni.

  2. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’grisida”gi O‘RQ-162-son Qonuni.

  1. Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V. va b. Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi. T, 2020.

  2. R.Shomaxmudova. Inklyuziv ta’lim nima? O‘quv-uslubiy qo‘llanma. T., 2015.

Download 26.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling