Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi bajardi: X. Abduvaliyev qabul qildi: R. Arslonzoda


So‘g‘d tilidagi diniy va arxiv xujjatlari


Download 47.03 Kb.
bet4/5
Sana19.01.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1102927
1   2   3   4   5
Bog'liq
manbashunoslik. Xurshid.

So‘g‘d tilidagi diniy va arxiv xujjatlari.

So‘g‘d manbalarining katta guruhini Sharqiy Turkistondan topilgan diniy matnlar tashkil etadi. Bu matnlar asosan moniylik va buddaviylik taʼlimotlari bilan bogʼliqdir. Jumladan, Turfonda moniylik dinining yodgorligi – "Xuastiunift" ning so‘g‘d tilidagi varianti yaratilgan boʼlib, uning har bir satri ostida turkcha tarjimasi ham boʼlgan. Dunxuanda esa "Vesantara Jataka" va buddaviylikning boshqa sutralari (muqaddas kitoblari) so‘g‘d tiliga tarjima qilingan edi (bu yerda ham ayrim sutralarning satr ostidagi turkiy tarjimalari berilgan). Bundan xulosa qilish mumkinki, Sharqiy Turkistonda istiqomat qilgan so‘g‘d diasporasining bir qismi mazkur dinlarga eʼtiqod qilgan va bu taʼlimotlarni mahalliy turkiy aholi orasida yoyishda muhim rol oʼynagan.
So‘g‘d hujjatlarining katta guruhi 1932-1933-yillarda Panjikent shahri (Tojikiston Respublikasi) yaqinidagi Mugʼ togʼida joylashgan eski qalʼa xarobalaridan topildi. Fanda Mugʼ togʼidan topilgan so‘g‘d arxivi deb nom olgan ushbu majmua 80 ga yaqin hujjatdan iborat boʼlib, ulardan 75 tasi so‘g‘d tilida bitilgan. Hujjatlar Panjikent viloyati hokimi Divashtich arxiviga tegishli boʼlib, VII asrning oxiri – VIII asrning boshlarida yaratilgan. Mug‘ xujjatlarining 30 ga yaqini shu kabi tol yog‘ochlariga yozilgan. Xujjatlarning bir qanchasi esa charmga yozilgan. Ularning saqlanish darajasi har xil. Bulardan tashqari so‘g‘d yozuvining qator namunalari sopol parchalarida, idishlarning sirtida, toshda yetib kelganki ularning tarixiy va madaniy jixatidan ahamiyati beqiyosdir. Mug‘dan topilgan epigrafik yodgorliklar o‘sha paytda So‘g‘dning xo‘jalik ishlari, bir qator yuridik xujjatlar, arab noibining xatlari, Devashtich qo‘zg‘oloni haqidadir. Bizga ma`lumki, Devashtich qo‘zg‘oloni bostirilgach, dastlab u avf etildi, keyinchalik Arbinjon degan yerda 722- yilda dorga osib o‘ldiriladi. Bu haqda so‘g‘d yozuvidagi ma’lumotlar olimlar tomonidan o‘qilgan va nashr qilingan bo‘lib, juda yomon, charmning ko‘p yerini qurt yegan, chirigan, yozuvlari bir qadar o‘chib ketgan holda saqlangan. Bular orasida Devashtichning milodiy 710-718-yillarda arab xalifasi noibiga yozgan maxsus xati bo‘lgan. Unda 710-yilda G‘urak tomonidan taxtdan chetlatilgan, o‘zini o‘ldirgan So‘g‘d podshosi Tarxunning bolalariga homiy bo‘lishni noibdan iltimos qilingan edi. Bu hol arab istilosi davrida So‘g‘dda taxt uchun kurash ham davom etganini ko‘rsatsa ajab emas. Aslida Devashtich Tarxunning ikki o‘g‘liga homiy bo‘lgan va taxtning vorisi deb ana shu ikki bolani bilgan. Shuning uchun 710-yildan boshlab So‘g‘d podshosi hisoblangan Tarxunning akasi G‘urakning hayot bo‘lishiga qaramay Devashtich ham o‘zini Panjikent hokimi, So‘g‘d podshosi deb e`lon qilgan. Arablar siyosati natijasida, ko‘pchilik zodagonlar arablar tomoniga o‘tgan. So‘g‘d podshosi G‘urak ham Devashtichning taxtga da`vosidan va xalq orasida boshlangan qo‘zg‘olondan qo‘rqib arablar tomoniga o‘tib ketgan.
Mugʼ togʼidan topilgan so‘g‘d arxivi hujjatlarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: 1) yuridik hujjatlar, 2) xoʼjalik hujjatlari va 3) diplomatik hujjatlar.9
Yuridik hujjatlar orasida naus (dafn etish uyi) qurish uchun yer tilkasini sotib olish, Divashtichga tegishli uchta suv tegirmonini ijaraga berish hamda so‘g‘d qizi Dugʼdgʼunchani turk yigiti Uttakinga turmushga uzatish toʼgʼrisidagi shartnomalar diqqatga sazovordir. Yuridik hujjatlar VII asrning oxiri – VIII asrning boshlaridagi So‘g‘d va Yettisuvdagi ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
So‘g‘d arxivida xoʼjalik hujjatlaridan hisobotlar, topshiriqlar, tushuntirish xatlari, kirim-chiqim hujjatlari mavjudligini qayd etish lozim. Xoʼjalik hujjatlari So‘g‘dning xoʼjaligi, soliq tizimi, hokim mahkamasining xarajatlari xususida tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi.
Аrxivda saqlanib qolgan hujjatlar So‘g‘dda VIII asrning boshlaridagi siyosiy vaziyat va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi. Xatlardan bizga maʼlum boʼladiki, oʼzini So‘g‘d hukmdori deb eʼlon qilgan Divashtich Choch va Fargʼonaga elchi yuborib, arablarga qarshi koalitsiya tuzish va unga Turk xoqonligini ham jalb etishga harakat qilgan. Аrab bosqinchilariga qarshi kurash masalasi
Divashtichning mahalliy hokimlarga yuborgan ayrim xatlarda ham asosiy oʼrin tutadi. Аrab amiri Аbdurahmon ibn Subhning Divashtichga yozgan maktubi esa xalifalik uni rasman So‘g‘d hukmdori deb tan olsa-da, unga oʼz vassali sifatida qaraganligidan dalolat beradi.
Xullas, Mugʼ togʼidan topilgan so‘g‘d arxivi hujjatlari So‘g‘dda VIII asrning birinchi choragida kechgan jarayonlar toʼgʼrisida boy maʼlumotlar beradi. Ushbu arxiv hujjatlari oʼz vaqtida А.А.Freyman, А.V.Vasilyev, I.Yu.Krachkovskiy, M.I.Bogolyubov, V.А.Livshits, O.I.Smirnova kabi olimlar tomonidan oʼrganilib, nashr etilgan. So‘g‘d tilidagi hujjatlar qisman M.Is’hoqov va А.Otaxoʼjayevlar tomonidan oʼzbek tiliga tarjima qilingan. So‘g‘d manbalarining aksariyati tarixiy qoldiqlar boʼlganligi bois ularda keltirilgan maʼlumotlarning ishonchliligi shubha tugʼdirmaydi.
Xulosa.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, so‘g‘d yozma yodgorliklari yurtimiz tarixini o‘rganishda muhim manba hisoblanib, qadimgi davlatlar, ularning boshqaruv tizimi, qo‘shni davlatlar bilan aloqalari, ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzi, xo‘jalik hayoti to‘g‟risida qimmatli ma’lumotlar saqlangan. Ularni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish hozirgi yoshlarning burchidir. So‘g‘d tillaridagi yozma manbalar Markaziy Osiyo mamlakatlari tarxini o‘rganishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Sababi, bu manbalar orqali ilk oʼrta asrlar tarixiga doir koʼp va xilma-xil maʼlumotlarni oʼzida mujassam etadi. Ushbu manbalarni tanqidiy tahlil etish va ulardan ijodiy tarzda foydalanish Oʼrta Osiyoning V-IX asrlar tarixining koʼp sahifalarini qayta tiklashga yordam beradi.



Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling