Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi. Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi
Download 186.43 Kb.
|
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi.
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILYALI MASOFAVIY TA’LIM “KOMPYUTER INJINERINGI ” 810-22-GURUH TALABASI ERGASHEVA NILUFARNING O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN “ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. Mavzu: Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi. Reja: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti. Zahiriddin Muhammad Boburning janglari va Boburiylar sulolasiga asos solishi. Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi va “Boburnoma ” asari haqida. Mustaqillik yillarida Bobur yodi. Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchunchi o'g'li Mironshoh mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug'luq Temurxonning o'g'li Xizr Xo'jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi. Tug'luq Temurxon ( 1329-1362) AMIR TEMUR KO’RAGON (1336-1405) XIZR XO’JAXON (1358-1399) MIRONSHOH MIRZO (1366-1408) MUHAMMADXON (?-1416) SULTON MUHAMMAD MIRZO (1398-1444) Sharalixon ( taxtga chiqmagan ) Uvaysxon (1418- 1425- yillarda) SULTON ABUSAID KO’RAGON (1424-1469) Yunusxon ( 1468-1487 ) OTASI : UMAR SHAYX MIRZO ONASI: QUTLUG’ NIGOR XONIM ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR Boburning onasi oʻqimishli bo'lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin Muhammad Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so'fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida 1494-yil iyunda taxtga oʻtiradi . Download 186.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling