Mavzusida yozgan
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Download 1.22 Mb.
|
Jo`rayev Imomlali
2.3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Aholi daromadlarining mazmuni va tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan o`zgardi. Chunki, oldin daromadi asosan mehnat daromadidan tarkib topgan bo`lsa, endilikda bu manba yetarli bo`lmasdan qoldi. Shu tufayli, har bir oila endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishini xayotning o`zi taqozo etadi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida biznes korxonalari xisasini oshirishga ko`plab shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsabu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojjatmoasida «xususiy tarmoqning jadal rivojlanishi, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko`payishini ta‘minlaydi» – deb ta‘kidlaydi. Ushbu yig`ilishda kichik biznes sub‘ektlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maksadida, bu sohadagi eng muxim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilab qo‘yildi: 1. Davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko`proq cheklash. 2. Xo`jalik sub‘ektlariga nisbatan qo`llaniladigan jazo choralari tizimini to`liq qayta ko`rib chiqish. Qasddan sodir etilmagan va katta bo`lmagan qoida buzarliklar uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkorlar yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda to`liq qoplagan hollarda jazoni qo`llashdan voz kechish kerak. 3. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o`z maxsulotini sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, birja va auktsion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va xajmini kengaytirishga qaratilgan qat‘iy chora-tadbirlar ko`rish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga bo`lgan har qanday o‗rinishlarga barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 4.Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shubhasiz, bu sohaga moliyaviy ko`mak, qo`shimcha soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berishni taqozo etadi. Bu yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi orqali, ishlab chiqarish korxonalariga foiz stavkalari uncha yuqori bo`lmagan kreditlar ajratish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Mikrokreditlash tizimini kengaytirish, bu ishni Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jaxon banki, Osiyo banki kabi xalqaro moliya tashkilotlari yordamida amalga oshirish talab etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan ham qo`llab quvvatlanyapti. Shu maqsadda vazirlik va idoralarga kichik biznes uchun qo`shimcha kafolat va imtiyozlar berish bo`yicha xukumat qarorlari loyixasini tayorlash vazifasi topshiriladi. Bunda quyidagi masalalar ko`zda tutilishi zarurligi ta‘kidlangan: 1. Soliqqa tortish tizimida qo`shimcha imtiyozlar va proferentsiyalar berish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta‘minlash, soliqlarni xisoblash va to‗lashning oshkora, soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish. 2. Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‗ullanish uchun ruxsat berish tartiblarini qisqartirish va soddalashtirish, kichik biznesni ariza berish asosida ro`yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 3. Yirik korxonalarning buyurtmalari asosida mayda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bilan shug‗ullanadigan yangi korxonalar tashkil etish, xonadonlarda mayda xususiy tsexlar ochishni rag`batlantirish. 4. Kichik korxonalarda ishlaydigan, ayniqsa, qishloq joylarda kasanachilik bilan shug`ullanadigan fuqarolar uchun moddiy-texnik ta‘minot bo`yicha xizmat ko`rsatadigan va ular tomonidan tayorlangan maxsulotlarni sotishga ko`maklashadigan tuzilmalar yaratish. Xizmat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi uchun yana bir muhim tadbirlardan biri, ularga soliq imtiyozlarining berilishi bo`ldi. Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo`llab-quvvatlashda bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega. Bozor infratuzilmasini yaratish, tadbirkorlarni o`qitish, imtiyozlar berish, tadbirkorlik sub‘ektlarini ro`yxatga olishning huquqiy asosini takomillashtirish va ularning faoliyatiga aralashishni cheklash kabilar davlat tomonidan xususiy tadbirkorlikni rag`batlantirish bo`yicha ko`rilayotgan choralarning faqat bir qismidir. Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo`llab-quvvatlash tizimlarini tahlil qilish quyidagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi: - infratuzilma rivojlanmagan qishloq joylarda ayollarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish bo`yicha resurs imkoniyatlarni aniqlash; - yirik sanoat korxonalari tomonidan uyda bajariladigan ishlar va xizmatlarga buyurtma berish hisobiga uy mehnati ishchi o`rinlarini yaratish parametrlarini aniqlash. Jahon tajribasining ko`rsatishicha, barqaror iqtisodiy o`sishga ega bo`lgan ko`plab davlatlarda xizmat ko`rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag`batlantirish va quvvatlash, intensiv omillar va mehnat unumdorligining o`sishi hisobiga xizmat ko`rsatish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi. Xizmat ko‘rsatish soxasining yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - Respublikaning olis tumanlarida, borish qiyin va ish topishga talab haddan ortiq ko`p bo`lgan qishloq punktlari aholisiga har qanday xizmat ko`rsatayotgan tadbirkorlarga 3-5 yilgacha soliqlarning bir qismi yoki barchasidan ozod qilish. Bu tadbirkorlarning o`z mablag`lari bilan xizmat ko‘rsatish yoki boshqa faoliyat turlarini kengaytirish imkonini beradi. Soliqdan imtiyozlar berish hozirgi davrda juda muximdir. Chunki, ko`pchilik tadbirkorlar bozor qonuniyatlariga ko`nikma hosil qilmaganlar. Bu holat, albatta tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta‘sir ko`rsatadi. Shu tufayli, xizmat soxasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilarga soliq stavkasini pasaytirish hamda, byudjetdan tashqari jamg`armalarga to`lanadigan majburiy ajratmalarni kamaytirish lozim; - Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlarini to`g`ridan to`g`ri moliyalashtirish va yengil shartlar bilan kredit va qaytimsiz grantlar berish; - Ish bilan bandlikni ta‘minlash maqsadida yirik sanoat korxonalari o`rtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar (kasanachilik) bo‘yicha hamkorlikka yanada keng sharoitlar yaratish; - Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlariga axborot maslahatlarini berishda ko`maklashish; - Xizmat soxasi tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayorlash va ularning malakasini oshirish. Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizda xizmat soxasini rivojlantirish va davlat tomonidan qo`llab – quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu borada xorijiy ilg‗or tajribaga respublikaning o`ziga xos milliy xususiyatlari hisobga olinib yondashilsa maqsadga muvofiqdir. Amalga oshirilgan tadqiqotlarimizda Respublikada xizmatlar sohasini rivilantirishning kelgusi istiqbollari haqida so‘z yuritdik hamda buni amalga oshirish uchun amaliy tavsiyalar berishga harakat qildik. Izlanishlar natijasida bir qancha xulosalarga ega bo‘ldik. Xususan: - Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo`llab-quvvatlashda bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega. - Jahon tajribasining ko`rsatishicha, barqaror iqtisodiy o`sishga ega bo`lgan ko`plab davlatlarda xizmat ko`rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag`batlantirish va quvvatlash, intensiv omillar va mehnat unumdorligining o`sishi hisobiga xizmat ko‗rsatish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi. - xizmatlar eksporti tovarlar eksportiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Buning asosiy sababi, xizmatlar ko‘rsatishga katta kapital qo‘yilmalarning talab etilmasligidir.[31] ХULОSА Amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida quyidagi xulosalarga muvaffaq bo‘lindi: - Xizmatlar sohasi rivojlangan davlatlar aholisining 60 foizidan yuqori qismini bandligini taʼminlaydi. Xizmatlar sohasining АQSh yalpi ichki maxsulotidagi salmogʼi 75%, Аngliyada 64% va Yevropaning yetakchi davlatlarida esa 50%dan yuqoriligi qayd etilgan. - Iqtisodiyotning yalpi ichki maxsulotidagi xizmatlar ulushi bozor va nobozor xizmatlarining salmogʼini xisoblash orqali aniqlanadi. Nobozor xizmatlar bu ijtimoiy sohaga yoʼnaltirilgan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan xizmatlar. - Davlat tomonidan xizmatlarni tartibga solinishining asosiy sababi bu ijtimoiy sohaga yoʼnaltirilgan xizmatlarning, yaʼni sogʼliqni saqlash, taʼlim va ularning quyi tarmoqlarida koʼrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va ragʼbatlantirish asosida iqtisodiyotdagi xizmatlar salmogʼini kengaytirish. - Ichki bozordagi xizmatlar sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi orqali bandlik sohasidagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal yetash, xizmat koʼrsatishning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha mahalliy tadbirkorlarni qoʼllabquvvatlash, ichki investitsiyani ragʼbatlantirish va boshqa maqsadlar ilgari suriladi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan ma‘lumotlardan tashqari, ilmiy tadqiqot izlanishlarimiz davomida ayni kunlarda O‘zbekiton Respublikasida xizmatlar sohasida bir qator kamchilik va muammolar borligini aniqlandi: - xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi malakali xodimlar tayyorlashda bir qancha kamchiliklar mavjud, jumladan kasb-hunar kollejlarida darsliklar hozirgi zamon talablariga javob bermaydi, oliy ta‘lim muassasalarida umumiy xizmatlar sohasi to‘g‘risida darsliklar mavjud emas(faqat uning tarmoq va sohalari bo‘yicha darsliklar mavjud). Soha bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyot soatlari kam; - Respublikaning qishloq hududlarida, ayniqsa chekka joylarda xizmatlar bozori va uning infratuzilmasi talab darajasida rivolanmagan; - Respublika hududida bozorlar soni yetarli emas, yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi shahobchalar, tibbiyot maussasalari hamda boshqa bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud talabni qondira olmaydi va boshqa bir qator muammoar mavjud. Biz bu muammolarni hal etish maqsadida quyidagilarni amalga osyirish lozim: – Birinchi navbatda Respublika miqyosida xizmat turlariga bo‘lgan talab asosida dasturlarni shakllantirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishimiz lozim.: 1-bosqichda Mahalla/qishloq fuqarolar yig‘ini tomonidan aholi uchun talab etiladigan xizmat turlarini aniqlanadi va tuman iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya bo‘limlariga taqdim etiladi. 2-bosqichda tuman iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya bo‘limlari talab etiladigan xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlagan holda hududiy dasturlarni shakllantiradilar hamda ularni markaziy boshqaruv apparatidan tasdiqdan o‘tkazadilar. 3-bosqichda hududiy iqtisodiyot va sanoat hamda investitsiya boshqarmalari tasdiqlangan dastur asosida monitoring olib borish va loyihalarni amalga oshirishda vujudga keladigan muammolar yuzasidan choralar ko‘rish vazifalarini bajaradilar. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling