47
Beshinchidan, Berdaqning asarlaridagi ko’tarilgan g’oyalarni naqadar
dolzarbligini ochib berishga harkat qildik.
Berdaqning she’r va dostonlaridagi ko’tarilgan falsafiy g’oyalarida
o’sha davrga, keyingi va bugungi davrlarga ham xos dolzarb masalalar
borligini ko’rishimiz mumkin. Shuning uchun ham ushbu faylasufning
ijtimoiy- siyosiy qarashlari keyingi davr xalq ijodkorlariga samarali ta’sir
ko’rsatgan.
Berdaq shaxsini juda hurmat bilan tilga oladilar, uning falsafiy
g’oyalarini,
uning
she’r
va
dostonlarida
chuqur
ma’no-mazmun
mujassamligiga va uning falsafiy dunyoqarashi zamonidan ancha ilgarilab
ketganligiga tan beradilar.
Chunki uning falsafiy g’oyalarining asosida inson turganligi, insoniyatni
naqadar ulug’laganligi, ularni erkin fikrlashga chorlaganligi, ozodlikka
erishishga bo’lgan jasoratini ko’rsata olganganligi va insoniyatni bu dunyoda
yaxshi yashashga undaganligi bunga misol bo’la oladi.
Uning adolatli jamyat haqidagi fikrlari bizning hozirgi yashayotgan
kunimizni orzu qilganligidan dalolat beradi. U bunday zamon kelishiga
ishongandi, biz buni Berdaqning oddiy xalqning kelajagi haqidagi fikrlaridan
bilib olamiz.
Uning bunday falsafiy dunyoqarshi hozirgi kunimizdagi demokratik
tamoyillarga mos keladi. Chunki inson omili, adolatli jamiyat, odil hukumat
rahbari va dinning to’g’ri talqin etilishi ayni demokratiyaga xos bo’lgan
xususiyatlardir. Shunday ekan uning ijodini ma’naviy kamolatimizni
shakllantirish uchun, ayniqsa, barkamol avlodning axloqiy, ruhiy, diniy hamda
ma’naviy sifatlarini o’stirish uchun muhim andoza qilib olsak bo’ladi.
Qisqasini aytganda, Berdaqning ijod namunalarini hech qachon eskirmaydigan
falsafiy g’oyalar fikrlar jamlanmasi deb atasak bo’ladi.