Suyuqlik va quruq to‘yingan bug‘ning asosiy parametrlari. Bug‘ hosil qilish issiqligi - Suvning 0S temperatura va turli bosimlardagi solishtirma hajmi v0 0,001 m3/kg ga teng
- Qaynayotgan suvning solishtirma hajmi v` bosim va temperatura ko`tarilishi bilan ortadi, ayniqsa yuqori bosimlarda 0S temperaturadagi solishtirma hajmidan ancha farq qiladi. Masalan:p=50 bar da =0,0012859 : p=220 bar =0,00269 .
- 1 kg suvni 0S temperaturadan qaynash temperaturasigacha isitish uchun (mos bosimda) zarur bo`lgan issiqlik miqdari quydagicha teng bo`ladi
- bu yerda h1 – qaynayotgan suv entalpiyasi; h1o – suvning 0S dagi entalpiyasi;
- Qaynayotgan suyuqlik entalpiyasi bosim yoki temperatura bo‘yicha aniqlanib, to‘yingan suv bug‘lari jadvallaridan olinadi.
- Qaynayotgan suyuqlikning ichki energiyasi u1 entalpiya formulasidan aniqlanadi:
- h=u+Pv yoki u1=h1-Pv1
- Qaynash temperaturasigacha isitilgan suvga issiqlik berish davom ettirilsa, u bug‘ga aylana boshlaydi. Bug‘ hosil bo‘lish jarayonida suvning oxirgi tomchisi bug‘ga aylanmaguncha temperatura o‘zgarmasdan turadi. Shu oxirgi holatda quruq to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi.
- Nam bug‘ bosim p yoki temperatura tT va quruqlik darajasi x bilan aniqlanadi.
- Nam bug‘ning temperaturasi mazkur bosimdagi suyuqlikning qaynash temperaturasiga teng. Nam bug‘ning solishtirma hajmi vx quruq bug‘ va suvdan iborat aralashmaning hajmi kabi aniqlanadi:
- vx=vIIx+(1-x)vI
- Qozon agregatlarida bug‘ning quruqlik darajasi 0,90-0,96 ga teng bo‘ladi. Shu sababli suv hajmini aniqlovchi had (1-x) vI 0 ga teng bo‘ladi. U holda
- vxvIIx
- Nam bug‘ning entalpiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
- hx=hI+rx
Do'stlaringiz bilan baham: |