(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI: Xarbiy texnikalarga nimalar kiradi? Bilasizlarmi bolajonlar!
(Bolalar javoblari)
ТARBIYACHI: Judayam to’g’ri, tank, samolyot,vertolyot, xarbiy mashinalar va x.k. Kim menga askarlar haqida sherlar aytib beradi?
Bola: Chegaramiz saqlagan oq sutini oqlagan
Kechalar uxlamagan bizning askarakalar.
Bola: Sizga qildik havaslar omon bo’ling askarlar
Tinch bo’lsin yurtim deya bo’ldingiz bizga soya.
Bola:Qo’lingizda avtomat sizda dur to’la qomat
Yasha deysiz istiqlol yovlar bo’lib qolar lol.
Bola: Parashutlar uchasiz bulutlarni quchasiz
Tinch oqqan daryolarda mazza qilib suzasiz.
Bola:Yugurasiz tinmayin saxar kanda qilmayin
Sizda bordir zo’r bardosh men o’zim sizga qondosh.
ТARBIYACHI:Bolajonlar bo’lmasam biz sizlar bilan xozir ikki guruxga bo’linib olamizda xarakatli o’yin o’ynaymiz. Bu o’yin sizlardan chaqqonlikni, epchillikni talab qiladi. Chaqqon va epchil bo’lsak har qanday dushmanni yengamiz. Bu o’yinda kim birinchi bo’lib bayroqchani yetkazib olib kelsa shu komanda yutgan hisoblanadi.
Xarakatli o’yin “Bayroqchani kim birinchi olib kelish”
ТARBIYACHI: Endi bolajonlar, hamma o’zining havo sharlarini olsinda va mening komandamga binoan xavo sharlarini yorasizlar. Bu salyutdir! Bu havo sharlaridan taralgan Salyut Vatanimizning 27-yillik tug’ilgan kuniga bag’ishlanadi. Urraaaaaaaaa! Urraaaaaaaaaaaaa!
“Xavo sharlarini yorish o’yin- SALUT”
M ashg’ulot davomida yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi. Kamgap, bo’sh qatnashgan bolalarni faollikka undab mashg’ulot yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |