Mavzu;xx asrning 80-yillarining So’ngida Oʻzbekistonda siyosiy, itisodiy va ijtimoiy muammolar. Reja


Download 25.63 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi25.63 Kb.
#1510946
  1   2

Mavzu;xx asrning 80-yillarining So’ngida Oʻzbekistonda siyosiy, itisodiy va ijtimoiy muammolar.


Reja:
1.Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2.Farğonadigi ijtmoiy iqsodiy axvol
3.Farğona voqealari

Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 1qisim


1988-1990-yillarda О‘zbekiston barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha sobiq Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ancha orqada bо‘lib, oxirgi о‘rinlardan birini egallar edi. Markaz bosim о‘tkazayotgan tahlikali sharoitda о‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy manzarasiga tо‘g‘ri va xolis baho bergan inson Islom Karimov bо‘ldi. Shu о‘rinda Prezidentning 1990-yil 4-iyunda bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan nutqidan parcha keltirish maqsadga muvofiq: “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ham ancha orqada bо‘lib, mamlakatda oxirgi о‘rinlardan birida turibdi.
Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor idrok etmoq kerak. О‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha mamlakatda 12-о‘rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bо‘yicha kо‘rsatkich esa Ittifoqdagi о‘rtacha darajadan ikki hissa past. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xо‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish о‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi о‘rinlardan birida turibmiz. О‘zbekiston aholisi о‘rta hisobda gо‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga о‘rta hisobda 75 sо‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi SSSRda 12 foizdan sal kо‘proq bо‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda о‘zining qо‘lidan keladigan ishni topa olmayapti. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan.

Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2 qisim


Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning о‘zi kifoya. Juda о‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar rо‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni, avvalo, shundan kо‘rsa bо‘ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, kо‘pincha yashash uchun kerak bо‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti. Bunday ahvol vujudga kelganining boisi nimada? Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bо‘lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijti- moiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha mamlakatda oxirgi о‘rinlardan biriga haqli ravishda inqiroz holati, deb atalgan ahvolga tushib qolganining sababi nimada? Respublikaning taqdiri, uning kelajagi uchun qayg‘urayotgan, yosh avlod taqdiri uchun kuyunayotgan sog‘lom fikrli har bir kishi hozir о‘ziga о‘zi shu savolni bermoqda. Nazarimda, buning javobi shunday bо‘lmog‘i kerak: 30-yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g‘alaba qozonib, О‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topib bordi. Xо‘sh, bu illatlar nimalarda namoyon bо‘ldi? Avvalo shundaki, bizning respublikamiz, asosan, xom ashyo bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining mо‘may xom ashyo manbai deb hisoblanar edi. О‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmadi, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida О‘zbekiston SSRning mavqei va о‘rnini о‘zgartirishning muqobil yо‘llari e’tiborga olinmadi”1 . Boltiqbо‘yi respublikalarida о‘sha davrda yiliga aholi jon boshiga gо‘sht va gо‘sht mahsulotlari iste’mol qilish 110 kilogrammni tashkil qilganligini ham misol tariqasida keltirish mumkin.

Buning asosiy sababi barcha mahsulotlarni taqsimlashning о‘ta markazlashganligi edi. Shu yerda bir holat kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. О‘zbekiston aholi jon boshiga 64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste’moli Ittifoq bо‘yicha 41 kilogrammga, О‘zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‘lgan.


О‘sha davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik О‘zbekiston aholisining haqli e’tirozini keltirib chiqargan. Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning katta qismi paxta bilan band bо‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam yetishtirilishi natijasida aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan. G’allaning 90 foizi respublikamizga tashqaridan (ittifoqdosh respublikalardan) olib kelingan. Respublikamiz uchun о‘sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham chigallashgan davr bо‘ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin edi. Mamlakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat girdobida qolgan edi.
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.4-qism
Shu yerda bir holat kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. О‘zbekiston aholi jon boshiga 64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste’moli Ittifoq bо‘yicha 41 kilogrammga, О‘zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‘lgan. О‘sha davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik О‘zbekiston aholisining haqli e’tirozini keltirib chiqargan. Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning katta qismi paxta bilan band bо‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam yetishtirilishi natijasida aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan. G’allaning 90 foizi respublikamizga tashqaridan (ittifoqdosh respublikalardan) olib kelingan. Respublikamiz uchun о‘sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham chigallashgan davr bо‘ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin edi. Mamlakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat girdobida qolgan edi.
Shu о‘rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish о‘rinli: “... Juda og‘ir ahvolga tushib, naqd ocharchilik ostonasida turibmiz ... Xalqimizni, iqtisodiyotimizni ta’minlash masalasida juda katta xavf tug‘ildi...”1 . Bu gaplar ortida Vatan, xalq taqdiri yotardi. Ana shunday murakkab sharoitda Islom Karimov oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora-tadbirlarni kо‘rdi. Xorijdan sotib olingan g‘alla mamlakatimizga yetib kelishi uchun ma’lum vaqt talab qilinar edi.
Vaziyat juda qaltis, ya’ni mamlakatimiz g‘alla zahirasining “tagi” kо‘rinib qolgan ana shu yillarda Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini о‘zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar о‘z yechimini topdi. Jumladan: - aholini kafolatlangan tarzda don mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi; - dehqonlar uchun yangi ish joylari va qо‘shimcha daromad manbai yaratildi; - paxta maydonlarining bir qismi qisqartirilib, bu maydonlarga g‘alla ekilishi hisobiga ekinlarni almashib ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati yaratildi; - g‘alladan bо‘shagan yerlarga takroriy ekin ekish hisobiga sabzavot yetishtirish hajmi kо‘paydi, bu ham dehqonlarga qо‘shimcha daromad olish imkonini berdi; - chetdan g‘alla sotib olish uchun sarflanadigan valyuta tejab qolindi; - О‘zbekiston don va don mahsulotlari bо‘yicha о‘zga davlatlarga qaramlikdan qutula bordi; - chorva mollarining ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi. Kezi kelganda, о‘sha vaqtlarda bildirilgan ba’zi fikr-mulohazalarni ham eslash joiz. Bir qator iqtisodchi olimlar va xorijiy davlatlar vakillari “О‘zbekistonning о‘zida g‘alla yetishtirish shartmi? Undan kо‘ra, kо‘proq paxta yetishtirib, tolani eksport qilish hisobiga g‘allani arzon narxlarda chetdan sotib olgan ma’qul emasmi?
Axir, paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori-ku”, deya e’tiroz ham bildirishgan edi. Ammo ularning da’volari asossiz ekanligini ijtimoiy hayotning о‘zi kо‘rsatdi, endilikda mustaqil yurtimiz о‘z g‘allasiga ega bо‘ldi. Ma’lumki, 1960-1990-yillarda mamlakatimizda о‘tkir ijtimoiy muammolar tufayli millatimizning genofondi yomonlashib, ayniqsa, nimjon va kasalmand bolalar soni ortib ketgani xalqimizda qattiq tashvish uyg‘otar edi. I.A.Karimov О‘zbekistonning kо‘plab hayotiy muhim manfaatlariga yetkazilgan ziyon haqida afsus va nadomat bilan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan ma’ruzasida quyidagilarni bayon etgan edi: "Paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangan almashlab ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xо‘jaligiga halokatli ta’sir kо‘rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qо‘yildi va aholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengizining falokati Qoraqalpog‘iston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat bо‘ldi, endi Orolni qutqarib qolish uchun zudlik bilan favqulodda chora-tadbirlar kо‘rilishi lozim.

Download 25.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling