Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


II. Borliq va yo’qlik dialektikasi mavzuning ikkinchi masalasi bo'lib uning turlari va dialektikasini


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/44
Sana18.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1099115
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
II. Borliq va yo’qlik dialektikasi mavzuning ikkinchi masalasi bo'lib uning turlari va dialektikasini 
falsafiy tahlil etadi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish 
imkonini beradi. «Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha 
tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... 
(ya’ni amalda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni shu 
ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.
Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa 
mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. 
Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida 


namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda unda aktual 
tarzda hech narsa yo’q
1
.
Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtayi nazaridan biz 
yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli 
Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to’adi. SHu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat 
kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay 
u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va 
o’zining «ikkinchi» borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obraz bo’lib qoladi.
Shunday qilib, o’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud 
bo’ladi, u faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo’lish imkoniyatiga 
ega bo’lsa, agar u potentsial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo’lishi ob’ektiv rivojlanish 
mantig’i bilan belgilangan bo’lsa. Amalda yo’q bo’lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. 
Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O’tmishga tatbiqan 
biz borliq haqida faqat shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma’noda biz g’oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o’zimizga yaqin odamlar to’g’risida 
so’z yuritamiz, bunda ular yo’qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o’zgacha borliq kasb 
etganini nazarda tutamiz.
Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon 
bo’lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o’z xususiyatlari, 
xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo’lmish insonni bilish yo’lidagi bu 
muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko’rsatkichlari, ramz-
alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning 
uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar 
muomalaga kiritiladi.
Inson o’zi va umuman dunyo haqida o’ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish 
ko’radi. Ayni zamonda u o’zini qurshagan dunyoni sinchiklab o’rganish va uning butun rang-barangligini tushunib 
etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd 
etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat 
elementlari, o’rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlaya’man, demak, mavjudman», degan ongli inson 
amal qilganini ko’ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to’xtab qolmagan va o’zini qurshagan borliqning ko’p sonli 
turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni 
shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi 
kunda insoniyat borliqning ko’p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo’lgan bir nechtasini farqlash 
imkonini beradigan tajriba va bilim to’pladi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling