Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Kengayuvchi olam gipotezasi. Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan
munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» kontseptsiyasiga ko’ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o’ta zich singulyar holatda bo’lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o’zgargan, maydonning egriligi to’g’rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko’ra, kengayish o’rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. SHu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig’maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko’plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko’rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida to’ologiyali (o’lchovlar miqdori har xil bo’lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yo’iq) makoni va o’z kosmologik vaqtiga ega bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Hozirgi «ko’p sonli dunyolar» kontseptsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma’nosida emas, balki materiyaning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir. Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya’ni galaktikalar taxminan o’zigacha bo’lgan masofaga proportsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy e’tirof etilgan fakt hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling