Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Mif - dastlabki dunyoqarash shakli


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/44
Sana18.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1099115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha “mythos” so‟zidan kelib chiqqan bo‟lib, 
afsona, rivoyat degan ma‟noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, 
fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga 
solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e‟tiqodlar, ma‟naviy madaniyatning turli elementlari, san‟at, ijtimoiy hayot kurtaklari 
birlashgan bo‟lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma‟lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo 
haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar
afsonalar, rivoyatlar bo‟lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa to‟plangan bilimlar va tajriba keyingi 
avlodlarga o‟tishi ham ta‟minlanadi.
Mifologik va diniy dunqarashning o’zaro aloqasi va farqi. Mifologik dunyoqarashning o‟ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og‟zaki «muqaddas» 
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‟sir ko‟rsatuvchi muayyan borliq 
sifatidagi in‟ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‟zaro munosabatlarini 
tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‟z 
ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va 
hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega 
bo‟ladi.
Shunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‟tmish sarqiti» emas, balki shunday bir o‟ziga xos tilki, 
inson uning yordamida qadim vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan, o‟zining o‟sib borayotgan tarqoq bilimlarini 
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan an‟analar ayniqsa muhim rol o‟ynaydi. Rivoyat va uning 
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‟tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik 
dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‟lib, unda shubhaga o‟rin yo‟qdir.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‟liq emas. Oddiy 
ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‟atda aniq-ravshan yoki pardalangan ko‟rinishda mavjud bo‟lgan miflar 
bugungi kunda ham (kim uchundir ko‟proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol 
o‟ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‟lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal 


sur‟atlarda o‟sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari 
vositasida ba‟zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish 
vositasi sifatida qo‟llanilmoqda.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling