Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li, Backend Python Django (Standard)
Download 285.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1C7JiuoLgP2zc03vSJUjlR5gmTXLGC186ZAztaHFsfDE
TA'LIM XIZMATLARI KO’RSATISH TO'G'RISIDA № S - 7196 Shartnoma ID: 18569 Toshkent shahar 16.08.2023 "NAJOT TA’LIM MARKAZI" direktori A.B.Adhamjonov (bundan keyin “IJROCHI” deb yuritiladi) bir tomondan va Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li (bundan keyin “BUYURTMACHI” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar to’g’risida shartnoma tuzdilar: 1. SHARTNOMA PREDMETI Ijrochi buyurtmachiga Backend Python Django (Standard) kursi bo’yicha ta'lim xizmatlarini (bundan keyin matnda xizmatlar deb yuritiladi) taqdim etadi va buyurtmachi xizmatlar uchun haq to'lash majburiyatini oladi. 2. IJROCHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI 2.1. Ijrochining huquqlari: 2.1.1. Guruhlarga o'qituvchi biriktirish. O’quvchilar o'qituvchi tanlash imkoniyatiga ega emas; 2.1.2. Butun o'qish davrida, o'qish dasturining davomiyligini saqlagan holda, o'qituvchilar tarkibiga o'zgartirish kiritish; 2.1.3. Qog'oz, programma va elektron shakldagi o’quv dasturlar hamda mualliflik huquqi asosidagi qo’llanma-namunalarga intellektual mulk obyekti sifatida mulkiy huquqi bo'yicha ega bo'lish; 2.1.4. Buyurtmachi tomonidan o'tkazib yuborilgan darslarning o'rnini qoplamaslik; 2.1.5. Agar darslar uchun to’lovlar o'z vaqtida, qisman yoki to’liq to'lanmagan bo'lsa, buyurtmachini darslarga kiritmaslik. To'lov sababli darsdan chiqarilgan o'quvchi to'lov qilganda boshqa guruhda o'qishni davom ettiradi. Yoki o'quvchining talabiga ko'ra o'quvchi to’lov qilguncha bo’lgan muddatda qoldirilgan darslarni onlayn tarzda yoki videodarslar orqali o'zlashtirib olish mas'uliyatini o'z zimmasiga olgan holda, o'z guruhiga qayta qo'shilishi mumkin. Bu holatda onlayn/videodarslarning qiymati oflayn darslarning qiymatiga tenglashtiriladi. 2.1.6. O'quvchilarning bilimlarini muntazam ravishda hisobga olish va nazorat qilish va voyaga yetmagan o'quvchilarning ota-onalari tomonidan talab qilingan o'rinlarda ularni o'quvchining natijalari bilan tanishtirish; 2.1.7. O’zlashtirish darajasi qoniqarsiz, o'qishga ishtiyoqi yo'q o’quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlar o'tkazish; 2.1.8. Oraliq nazorat va yakuniy imtihonlarni baholash tizimlarini, shakllarini, tartibini va davomiyligini mustaqil ravishda tanlash, hamda dastur boshlangach unga o’zgartirish kiritish; 2.1.9. Darslar jadvalini buyurtmachilarga bildirishnoma orqali, darslar boshlanishidan 1 (bir) ish kunidan kechiktirmasdan, bir tomonlama o'zgartirish; 2.1.10. Guruhdagi o’quvchilar soni 12 (o’n ikki) yoki 11 (o’n bir) kishi qolsa, ijrochi buyurtmachi bilan o'zaro kelishgan holda, guruhni ayni shu yo’nalishdagi boshqa guruhga butunlay qo’shib yuborish yoki qismlarga bo’lib taqsimlab yuborish; 2.1.11. Guruhdagi o’quvchilar soni 10 (o’n) va undan kam kishi bo'lsa, guruhni vaqtincha muzlatish yoki tarqatib yuborish va buyurtmachiga boshqa guruhlarda o’qishni davom ettirishning muqobil variantlarini taklif qilish; 2.1.12. Ta'til, O'zbekistonda nishonlanadigan bayramlar va boshqa shunga o'xshash sabablarga ko'ra (Masalan: binoga kirish ta’qiqlangan bo'lsa), sababli o’tilmagan darslar to'lovini keyingi darslar to’loviga o’tkazish orqali darslarni vaqtincha to'xtatib turish huquqini saqlab qolish. Bunday holda, o'tilmagan darslarning vaqti buyurtmachi bilan kelishilgan holda o’tiladi; 2.1.13. Agar obyektiv zarurat tug'ilsa, mashg'ulot o’tiladigan filialni o'zgartirish (ijara shartlari yoki muddatining o'zgartirilishi, ijaraga olingan bino-xonalarni ta'mirlash, bo’sh xona yoki o’qituvchi yo’qligi va hokazo sabablar tufayli); 2.1.14. Guruhning darslari qaysi filialda bo’lib o’tishini mustaqil belgilash. Bu holatda Buyurtmachiga Ijrochi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy manzillar haqida shartnoma tuzish paytida ma'lumot berilgan bo'lishi shart qilinadi. 2.1.15. Marketing maqsadida ijrochi tomonidan buyurmachining ism-familiyasi, yoshi, jinsi va ish joyi nomi kabi ma’lumotlardan foydalanish; 2.2. IJROCHINING MAJBURIYATLARI: 2.2.1. Buyurtmachini o’quv dasturi asosida sifatli ta’lim bilan ta’minlash; 2.2.2. Ta’lim xizmatlarining o’quv dasturi asosida o’z vaqtida ko’rsatilishini ta’minlash; 2.2.3. Ta’lim xizmatlari ko’rsatilish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish; 3.2.4. Buyurtmachi yoki uning nomidan murojaat qiladigan vakillarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; 2.2.5. Ta’lim xizmatlari ijrochi tomonidan dars jadvalida belgilangan soatlarda ko’rsatilishini ta’minlash. Dars vaqti 20 daqiqagacha kechikib boshlanishi yoki tugatilishi tomonlar o'rtasida moliyaviy majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. Ijrochi kursning kamchiliksiz o'tilishini o'z zimmasiga oladi. Ammo buyurtmachi tomonidan talab qilingan hollarda Ijrochi kechikib boshlangan darslarni o’sha dars kunida yoki jamlagan holda boshqa kuni qoplab berishga majbur; 2.2.6. Buyurtmachi tomonidan darslarga sog’lig’iga bog’liq jiddiy sabab tufayli qatnashmaganlikni tasdiqlovchi hujjat (tibbiy ma'lumotnoma) taqdim etilganda, buyurtmachiga darslarni onlayn tarzda yoki videodarslar orqali o’zlashtirishga ruxsat berish. Bu holatda onlayn/videodarslarning qiymati oflayn darslarning qiymatiga tenglashtiriladi; 2.2.7. Ijrochiga tegishli binolar hududida qorovul xizmati va doimiy videokuzatuv amaliyoti orqali buyurtmachining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko’rish. 2.2.8. Ijrochiga tegishli binolar hududida mast qiluvchi yoki tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinmasligini ta’minlash choralarini ko’rish. 3. BUYURTMACHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI 3.1. Buyurtmachi huquqlari: 3.1.1. Ta'lim jarayonida "co-working" hududlaridan 4.1.2 bandda ko'rsatilgan tartibda imtiyozli ravishda foydalanish; 3.1.2. O'quv xonalaridan va jihozlardan tegishli dars jadvaliga ko'ra bepul foydalanish; 3.1.3. Ijrochi hududida joylashgan kutubxona va u yerdagi o'quv materiallaridan bepul foydalanish; Kutubxona mavjudligi filialdan-filialga qarab farqlanishi mumkin. 3.1.4. Ushbu shartnomaning 5.1-bandiga muvofiq, ta’lim xizmatlari uchun belgilangan to'lovni o'z vaqtida amalga oshirishning iloji bo'lmasa, moliya bo'limiga murojaat qilgan holda 7 ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshirish sharti bilan qismlarga bo'lib to’lash imkoniyatini qo'lga kiritish; 3.1.5. Agar o'qitish jarayonida ijrochining aybi bilan bir yoki bir nechta mashg'ulotlar bekor qilingan bo'lsa, ushbu mashg'ulotlarni o'tkazishni talab qilish; 3.1.6. Buyurtmachi uzrli sabablarga ko'ra qoldirgan darslari uchun ushbu darajadagi boshqa guruhlarda oyiga 2 tadan ko'p bo'lmagan adadda qo'shimcha darslar olish; Ijrochi qo’shimcha darslarning aniq jadvalini o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. 3.1.7. Buyurtmachining xohishiga ko'ra yoki Ijrochining imkoniyati cheklanganligi sababli 3.1.6 bandda ko'rsatilgan huquqdan foydalanishning imkoniyati bo'lmagan taqdirda qoldirilgan darslarni videodarslar orqali o’zlashtirib olish; Videodarslarning qiymati oflayn darslarning qiymatiga tenglashtiriladi. 3.1.8. Uzrli sababga ko'ra surunkali dars qoldirish ehtiyoji paydo bo'lganda darslarni vaqtincha muzlatib turish talabi bilan filial menejeriga murojaat qilish; filial menejeri holatni o'rganib murojaatni qondirishi yoki uni rad etishi mumkin. 3.2. BUYURTMACHI MAJBURIYATLARI: 3.2.1. Ijrochi tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarga mas’uliyat bilan yondashish; 3.2.2. Ko'rsatiladigan xizmatlar uchun o’quv oyi boshlanishidan avval to'lovni amalga oshirish; 3.2.3. Ijrochining pedagogik jamoasi tomonidan berilgan darslar bo'yicha topshiriqlarni to'liq bajarish; 3.2.4. Ijrochining pedagogik, texnik va boshqa xodimlariga hurmatda bo’lish; 3.2.5. O’quv markazida dars vaqtida, xonada yoki co-working hududlarida darslarga kerak bo’lmagan videolar, har xil rasmlar, o’yin o’ynash kabi amallarni bajarmaslik. Agarda bir marotaba shu holat kuzatilsa, buyurtmachi bir hafta davomida co-working hududidan foydalanishi mumkin emas. Ikki marotaba takrorlansa, bu huquqdan bir oy muddatga mahrum etiladi; 3.2.6. Ijrochini darsga kelmaganlikning asosli sabablari to'g'risida xabardor qilish va surunkali (ketma-ket 3 tadan ko'p) dars qoldirilganda ularni tasdiqlovchi hujjatni o'z vaqtida taqdim etish; 3.2.7. O’quv markazi mol-mulkiga g'amxo'rlik qilish va ijrochining mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash; 3.2.8. Ta’lim markaz hududiga mast qiluvchi mahsulot ichgan holda kelmaslik, markaz hududi va uning 50 metr radiusida tamaki mahsulotlarini chekmaslik; 3.2.9. Ijrochining ichki-tartib qoidalariga rioya qilish, dars vaqtida mobil aloqa vositalaridan foydalanmaslik; 4. BUYURTMACHIGA TAQDIM ETILADIGAN QO'SHIMCHA IMTIYOZLAR 4.1 Buyurtmachiga quyidagi qo’shimcha imtiyozlar taqdim etiladi. 4.1.1 Buyurtmachiga ta’lim xizmatlari ko’rsatiladigan hududda har 12 soat uchun 1,5 GB Internet trafik taqdim etilishi mumkin. 4.1.2 Buyurtmachiga ta’lim xizmatlari ko’rsatiladigan hududda joylashgan co-working hududida bir kishilik o’rinni har kuni 2 soatgacha band qilish imkoniyati berilishi mumkin. 4.2 Ta’lim markazi quyidagi bandlarni to’liq bajargan o’quvchilarga sertifikat olgan kundan boshlab 60 kun ichida “TechJobs” kompaniyasi orqali Toshkent shahrida joylashgan 2 tagacha ish o’rni taklif qilishga 100% kafolat beradi. (Taklif qilingan ish o’rni masalasida ish beruvchiga murojaat qilish va tegishli suhbat yoki imtihonlardan o’tib ishga joylashish jarayoni uchun Buyurtmachining o’zi mas’ul hisoblanadi): 4.2.1-1 Ta’lim dasturi yakunida o’quvchining yoshi 18 va undan yuqori bo’lishi, ishlash uchun to’liq ish kuni davomida bo’sh bo’lishi, Toshkent shahrida doimiy ishlay olishi kabi shartlar topilsa; 4.2.1-2 Umumiy ta’lim dasturi davomida uzrsiz sabablarga ko’ra dars qoldirish holati 5 martadan oshmasa; Uzrli holatlar (ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan favqulodda tibbiy holat, birinchi va ikkinchi darajali yaqin qarindoshlarning o’lim holati) bundan mustasno. 4.2.1-3 Umumiy ta’lim dasturi davomida darsga kechikib kelish holati 10 martadan oshmasa; 4.2.1-4 Umumiy ta’lim dasturi davomida uyga vazifalarni o’z vaqtida topshirmaslik holati 5 martadan oshmasa; 4.2.1-5 Umumiy ta’lim dasturi davomida oraliq-nazorat, oraliq-saralash va yakuniy imtihonlarning birortasidan yiqilish holati kuzatilmasa; 4.2.1-6 Umumiy ta’lim dasturi davomida Najot Ta’lim yoki boshqa o’quv kurslarida ingliz tilini o’rganib, Najot Ta’lim tomonidan tashkil etiladigan yakuniy ingliz tili imthonidan muvaffaqiyatli o’tsa; Ingliz tili bo’yicha Najot Ta’lim yakuniy imtihonida qatnashish uchun o’quvchidan ingliz tilini kamida 6 oy qaysi o’quv markazida va qancha vaqt davomida o’rganganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etish talab qilinadi. Imtihon savollari kamida “Pre-intermediate” darajasida tuzilgan bo’ladi. Faqatgina ingliz tilini IELTS 6,5 va undan yuqori darajada biladigan va bu haqida tegishli sertifikatga ega bo’lganlar bundan mustasno. 4.2.1-7 O’quvchi ta’lim olish jarayonida “LinkedIn” ijtimoiy tarmog’ida o’z shaxsiy profilini yuritib borgan bo’lsa; Profil to’g’ri tuzilgan bo’lishi, ma’lumotlar to’g’ri kiritilgan bo’lishi va ta’limni tugatguncha bo’lgan muddatda kamida 500 ta do’stga ega bo’lishi shart qilinadi. 4.2.1-8 O’quvchi ta’lim olish davrida Najot Ta’lim tomonidan tashkillashtirilgan sohasiga oid kamida 3 ta musobaqada qatnashgan bo’lishi shart qilinadi; 4.2.2 Agar o’quvchiga ta’lim dasturi yakunida TechJobs tarafidan ish yoki amaliyot taklif qilinganda o’quvchi taklifni rad qilsa, shartnomaning 4.2 bandi o’z kuchini yo’qotadi. 4.2.3 TechJobs orqali taklif qilingan ish boshlang’ich 3 oy muddatda amaliyot ko’rinishida bo’lishi ham mumkin. 4.2.4 Agar o’quvchiga TechJobs tarafidan ish yoki amaliyot taklif qilinsa va o’quvchi ishga yoki amaliyotga muvaffaqiyatli joylashsa, 60 kun ichida ish yoki amaliyot ish beruvchi tarafidan turli sabablarga ko’ra bekor qilinsa, Najot Ta’lim o’quvchi xabar bergan kundan boshlab ish topib berishni yana 60 kun muddatga cho’zish huquqiga ega. 4.2.5 Agar o’quvchiga TechJobs orqali 2 marta ish yoki amaliyot taklif qilinsa, o’quvchi ularning barchasini rad qilsa, yoki ishga yoki amaliyotga joylashib so’ng 60 kun ichida o’z ixtiyori bilan ishdan bo’shab ketsa, bu o’rinda shartnomaning 4.2 bandi o’z kuchini yo’qotadi. 4.3 Najot Ta’limda ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlab sertifikat olgan o’quvchi IT-park rezidenti hisoblangan eksportyor kompaniyalarning biriga ishga joylashsa hamda Najot Ta’limni bitirgan kunidan boshlab 365 kun ichida o’shaa kompaniyanida rasmiy ravishda 6 oy va undan ko’p muddat davomida mehnat faoliyatini olib borganligi tasdiqlansa, Najot Ta’lim o’quvchiga pul mablag’i ko’rinishida mukofot taqdim etadi. O’quvchidan mukofotni olish uchun rasmiy faoliyat olib borilgan 6 oylik muddatdan so’ng Najot Ta’limning istalgan filialiga kelib tegishli hujjatlarni filial menejeriga taqdim etishi so’raladi. Mukofot summasi o’quvchi ishga kirgan kompaniyaning nufuzi va o’quvchining rasmiy oylik maoshidan kelib chiqqan holda 500.000 so’mdan 5.000.000 so’mgacha bo’lgan summani tashkil etadi. Mukofot summasi IT-park tomonidan o’rnatilgan mezonga ko’ra ajratiladi yoki to’liq bekor qilinadi. 5. XIZMATLAR NARXLARI, SHARTLARI VA ULARNI TO'LASH TARTIBI 5.1.1 (Bir) kishiga Backend Python Django (Standard) kursi uchun xizmatlarning umumiy qiymati 8 oy (uchun) 9 600 000 UZS so'm. To’liq kurs qismlarga bo’lib sotiladigan o’quv oylaridan iborat. Bir o’quv oyi 12 ta darsdan tashkil topgan. Xizmat narxi 1-ilovada ko'rsatilgan narxlar ro'yxatiga muvofiq belgilanadi. 5.1.2. To'lov (oyma oy to’lov orqali)har oyning birinchi dars boshlanishidan oldin har qanday to'lov shaklida amalga oshiriladi. 5.2. Ijara narxlarining keskin ko'tarilishi, soliqqa oid qonunchilikning o'zgarishi yoki milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi kabi Ijrochi ixtiyoridan tashqarida bo'lgan holatlar yuz berganda kursning narxi Ijrochi tomonidan 20% dan ko'p bo'lmagan miqdorda oshirilishi mumkin. 5.3. Shartnoma va to’lov bittada to'lov uslubida to’liq amalga oshirilgandan so'ng kurs narxi Buyurtmachi uchun to’liq o’zgarishsiz qoladi. Agar oyma-oy yoki ikkiga bo'lib to'lov uslubi tanlangan bo'lsa, bu holatda ham to'lab bo'lingan muddat uchun kurs narxi o'zgarishsiz qoladi. (Eslatma: Yuqorida keltirilgan narx oshishi holatlari nodir hisoblanadi hamda Buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgach, Ijrochi tomon kurs davomida narxlarni oshirmaslik siyosati afzal ko'radi.) 5.4 Ijrochi va Buyurtmachi o'rtasida shartnoma tuzilgach, kurs boshlanguncha yoki boshlangandan keyin ta'lim xizmatini ko'rsatish Buyurtmachi tomonidan ma’lum muddatga muzlatilsa va Buyurtmachi ta'limni davom ettirish uchun qayta murojaat qilgan paytda dastur narxi o'zgarishga uchragan bo'lsa , Buyurtmachi o’zgargan narxdagi farqni to’laydi. 5.5. Buyurtmachi har o’quv oyi boshida 1-darsga qatnashish orqali mazkur o’quv oyi uchun ta’lim xizmatlarini xarid qilgan hisoblanadi. 1-ILOVA Tarif Dars/soati Oyma-oy to'lov uslubida bir o’quv oyi yoki 12 ta dars uchun to'lov narxi (UZS) Bittada to'lov uslubida 8 oy kurs uchun chegirmadan so'ng jami to’lov narxi (UZS) Guruh 1 soat 50 daqiqa 1 200 000 UZS UZS 9 600 000 UZS UZS 6. SHARTNOMANI O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH UCHUN ASOSLAR 6.1. Ushbu shartnoma shartlari tomonlarning kelishuvi bilan o'zgartirilishi mumkin; 6.2. Ushbu shartnoma buyurtmachining iltimosiga binoan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Bu haqida buyurtmachi shartnoma bekor qilinishi kutilayotgan sanadan avval 7 ish kunidan kechiktirmasdan yoki yangi o’quv oyi boshlanishidan avval yozma ravishda xabar berishi lozim; 6.3. Ushbu shartnoma ijrochining tashabbusi bilan quyidagi hollarda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin; 6.3.1. Buyurtmachi tomonidan to'lovni o'quv oyining 2-darsigacha kechiktirilishi; 6.3.2. Buyurtmachining shartnoma 3.2.3, 3.2.4, 3.2.9 bandlaridagi harakatlari (yoki harakatsizligi) natijasida ijrochining ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarini to'g'ri bajara olmasligi; 6.3.3. Buyurtmachi tomonidan shartnoma 3.2.7. bandi qoidalarning takroran buzilishi; 6.4. Buyurtmachi ta’lim olayotgan kursidagi oraliq imtihonlardan 3 marta ketma ket yiqilsa, ushbu kursdan chetlatiladi va ijrochi ushbu kursda qayta o’qitish vakolatini olmaydi (boshqa yo’nalishdagi kursda o’qish tavsiya qilinadi); 6.5. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnomani bekor qilish uchun buyurtmachi avvalo filiallardan biriga tashrif buyurib, filial menejeriga murojaat qiladi va tegishli so’rovnomani to’ldiradi. 6.6. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnomani bekor qilishga faqat yangi o’quv oyi boshlanishidan avval yo’l qo’yiladi. Tugatilmagan o’quv oyi davomida shartnoma buyurtmachi tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda ushbu shartnomaning 5.5 bandiga asosan mazkur o’quv oyi uchun ta’lim xizmatlari buyurtmachi tomonidan xarid qilingan deb hisoblanadi va tugatilmagan oydagi qatnashmagan darslar uchun to’lov qaytarilmaydi. 6.7. Yuqoridagi 6.6. bandda keltirilgan qoidadan birinchi o’quv oyi mustasno. Buyurtmachi birinchi o’quv oyining 4-darsi boshlanishigacha bo’lgan muddatda shartnomani bekor qilish va 100% to’lovni qaytarib olish huquqiga ega. 4-dars boshlanguncha shartnomani bekor qilmagan buyurtmachi 100% to’lovni qaytarib olish huquqini yo’qotadi va mazkur buyurtmachiga to’lov qaytarish birinchi o’quv oyida faqat qatnashgan darslari uchun to’lov olib qolingan holda amalga oshiriladi. 6.8. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnoma bekor qilingandan so'ng, ijrochi buyurtmachiga ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlarni va haqiqatda qilingan xarajatlarni olib tashlagan holda, shartnomasini bekor qilgan kundan boshlab 30 (o’ttiz) bank kuni ichida plastik karta orqali to'lov miqdorini qaytaradi. 6.9. Agar ta'lim xizmatlarini ko’rsatishda, kamchiliklar aniqlansa yoki ijrochi xizmat ko'rsatish shartlarini (xizmatni ko'rsatish boshlanishi va (yoki) tugashi shartlari) buzgan bo'lsa, buyurtmachi o’z tanloviga ko’ra: ko'rsatilgan xizmat bo’yicha kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish yoki shartnomani bajarishni rad etish, agarda xizmat kamchiliklari 7 (yetti) kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilmasa, o’tilmagan darslar uchun to'lov miqdorini talab qilish; 6.10. Kursning umumiy to’lovi oldindan 50% yoki 100% to'langan holatda, shartnoma 4-o’quv oyining 1-darsi boshlanguncha bo’lgan muddatda bir yoki ikki tomonning tashabbusiga ko’ra bekor qilinsa, ko’rsatilgan ta`lim xizmatlarining narxi oyma-oy to’lov uslubiga ko’ra hisoblanadi va ortib qolgan summa buyurtmachiga qaytarib beriladi; 7. IJROCHI VA BUYURTMACHINING JAVOBGARLIGI 7.1. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar shartnoma va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha javobgar bo'ladilar. 7.2. Kurs mobaynida oraliq nazorat yoki yakuniy imtihonlardan o‘ta olmagan, darslarni yaxshi o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar, tegishli o'quv oyi yoki oylarini qayta o‘qish istagida bo'lsa, qayta o'qilayotgan muddat uchun to'lov oyma-oy to’lov uslubida qabul qilinadi. 1-marta qayta o'qiganda to'lovning 60%ni, 2-marta qayta o'qiganda 70%ni va 3-marta qayta o'qiganda esa 80%ni to'lagan holda qayta o'qishga ruxsat etiladi; 8. SHARTNOMANING MUDDATI 8.1. Ushbu shartnoma tomonlar tomonidan tuzilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 365 kun davomida yoki shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan muddatidan avval tugatilguncha amal qiladi. Bu muddat ichida tomonlardan biri o'z majburiyatlarini to'liq bajarib tugatmasa, qo’shimcha shartnoma tuziladi. 9. FORS-MAJOR VA BOSHQA HOLATLAR 9.1. Ushbu shartnoma tuzilgandan keyin tomonlar oldindan ko'ra bilmagan va oqilona choralar bilan to'sqinlik qila olmagan holda, yuzaga kelgan favqulodda hodisalar natijasida shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Favqulodda xarakterga ega bo'lgan bunday hodisalarga quyidagilar kiradi: embargo, epidemiya, zilzila, yong'in, toshqin va boshqa tabiiy hodisalar, davlat organlari tomonidan yangi qonun hujjatlari, qonun osti ko'rsatmalar, qoidalar, xatlar qabul qilinishi, shuningdek, hokimiyat organlarining aralashuvi yoki taqiqlovchi harakatlari. Bunday holda, shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati holatlar va ularning oqibatlari davomiyligiga mutanosib ravishda keyinga qoldiriladi. 9.2. Ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yuzaga kelgan tomon yuqoridagi holatlarning paydo bo'lishi, kutilayotgan davomiyligi va bekor qilinishi to'g'risida boshqa tomonga 5 kun ichida xabar beradi; 9.3. Agar ko'rsatilgan holatlar va ularning oqibatlari ketma-ket 1 (bir) oydan ko'proq vaqt davom etadigan bo’lsa, tomonlar xizmat ko'rsatishning ONLINE rejimiga o’tadilar yoki ushbu shartnomani bajarish yoki uni bekor qilishning muqobil usullarini aniqlash uchun qo'shimcha muzokaralar o'tkazadilar. Agar majburiyatlarni to'liq yoki qisman bajarish imkonsizligi 2 oydan ko'proq vaqt davomida mavjud bo'lsa, ijrochi buyurtmachining mumkin bo'lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarini) qoplash majburiyatini olmasdan shartnomani to'liq yoki qisman bekor qilishga haqlidir; 9.4. Tomonlar buyurtmachining to'lovga qodir emasligi fors-major holati emasligini tan olishadi. 10. YAKUNIY QOIDALAR 10.1. Xizmatlar tugagandan so'ng, ko'rsatilgan xizmatlar to'g'risida dalolatnoma tuzilmaydi yoki imzolanmaydi hamda qabul qilish aktlari ham imzolanmasdan amalga oshiriladi. Oxirgi pulli ta’lim xizmati tugaganidan keyin 7 ish kun ichida buyurtmachi tomonidan ta’lim xizmati sifati to'g'risida yozma ravishda e'tiroz kelib tushmagan bo'lsa, ijrochi tomonidan xizmatlar to'g'ri va to'liq taqdim etilgan deb hisoblanadi; 10.2. Ushbu shartnomada qayd etilmagan boshqa barcha holatlarda tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qoidalari va normalarini qo'llaydilar; 10.3. Tomonlar yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni faqat muzokaralar yo'li bilan bartaraf etish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshiradilar. Agar kelishmovchiliklarni muzokaralar yo'li bilan hal qilishning iloji bo'lmasa, tomonlar nizo haqida ijrochining joylashgan joyidagi sudga murojaat qiladilar; 10.4. Ushbu shartnoma, tomonlarning har biri uchun 1 (bir) nusxada tuzilgan. Barcha nusxalar bir xil kuchga ega. 11. TARAFLARNING MANZILLARI VA REKVIZITLARI IJROCHI: «Najot Ta’lim» MCHJ Buyurtmachi (F.I.SH.) Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yo’li, 72A uy. Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li (Pasport seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan) H/R: 20208000300908346001 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent Shahar filiali AC0424536 MFO: 00440 INN: 305672632 OKED: 85590 Tel: +998 78 888 98 88 Andijon viloyati MANZIL: Shaxrixon tumani Yangi maxalla MFY Ma’sul shaxs: Izztullayeva Nodira M.O’. TEL./E-mail: +998914847970 Mas’ul shaxs (F.I.SH.) Meliboyeva Maxfuzaxon TEL./E-mail: 998900223538 Shartnoma bilan tanishib chiqdim, bir nusxasini o’zimga oldim. Shartnoma shartlarini to'liqligicha qabul qildim ________________ Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li (imzo) (F.I.SH) Download 285.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling